Ma’ruza rejasi
1. Lirik asarlarni janr xususiyatlariga ko‘ra o‘rganish.
Lirik asarlarni qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Poetik matnni tahlil qilish yo‘llari. 4. Lirik asarlarni maktabda o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlari.
5. Lirik asarlarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Tayanch so‘zlar: Lirika, lirik asarlar, barmoq, aruz, janr xususiyatlari, poetik matn, tahlil qilish yo‘llari, konkret individual kechinmalar, tipik kechinmalar, badiiy umumlashtirish, lirik asarlarni maktabda o‘rganish, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘rganish.
.
Dars maqsadi: O‘quv mashg‘ulotining ta’limiy maqsadi: Lirik asarlarni tahlil qilish yo‘llari, lirik qahramon, lirik kechinmalar haqida ma’lumot berish.
O‘quv mashg‘ulotining tarbiyaviy maqsadi: Lirik asarlarni tahlil qilish orqali o‘quvchilar ma’naviyatini yuksaltirish yo‘llari haqida ma’lumot berish.
O‘quv mashg‘ulotining rivojlantiruvchi maqsadi: Lirik asarlarni o‘qiydigan, uqadigan, tahlil qilib badiiy so‘zdan zavq oladigan o‘quvchi kitobxonni tarbiyalash usullarini o‘rgatish.
Adabiyotlar ro‘yxati:
Boboyev T. She’r ilmi ta’limi. Toshkent, O‘qituvchi, 1996.
Bobometov S. Aruz vaznidagi she’riy asarlarni ifodali o‘qish – // Til va adabiyot ta’limi. 1992, 2-son.
Bogdanova O. Y., Leonov S. A., Chertov V. F. Metodika prepodavaniya literaturi. Pod redaksiey O.Y. Bogdanovoy. Uchebnik dlya studentov ped. vuzov. M.: Izdatelskiy sentr «Akademiya», 2-e izdanie, stereotipnoe, 2002, - s.136.
4.Jamol Kamol. Lirika. – // Adabiyot nazariyasi. Ikki tomlik, II tom, Adabiytarixiy jarayon, Toshkent, Fan, 1979, 237-238-betlar.
5.Karimov N., Mamajonov S., Nazarov B., Normatov U. Sharafiddinov O. XX asr o‘zbek adabiyoti, Toshkent, O‘qituvchi, 1999, 147-bet.
6.Karimov N., Nazarov B., Normatov U. XX asr o‘zbek adabiyoti, Toshkent, O‘qituvchi, 2002, 147-bet.
Lirikaning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Dastlab shu savolga javob berib ko‘raylik. Buning uchun nazariy kitoblarni varaqlashga to‘g‘ri keladi. Biz «Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati, adabiyotshunoslikka kirish, adabiyot nazariyasiga oid darsliklardagi ta’riflar bilan qiziqamiz. Mana ular:
Do'stlaringiz bilan baham: |