Ergashev Do’smamat


– 33-DARS: RANGTASVIR YOKI GRAFIK USULDA PORTRET ISHLASH


Download 226 Kb.
bet32/34
Sana09.03.2023
Hajmi226 Kb.
#1256295
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
Dars ishlanma tas san

32 – 33-DARS: RANGTASVIR YOKI GRAFIK USULDA PORTRET ISHLASH.
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarning rangtasvir va grafikaga oid bilimlarini oshirib portret chizishga o’rgatish. Ranglarning xilma – xilligi, kompozisiyasi, yechim va uning ahamiyati, ranglash texnikasi, buyoqlar tuyinganligi, issiq va sovuq ranglar, turli portretlarning kurinishini tasvirlashga o’rgatish.
b) Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni estetik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, odamlarga nisbatan mehrini o’yg’otish, tasviriy san’atning portretlardagi go’zal kurinishlaridan zavqlanish xislarini tarbiyalash.
v) Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning portret janriga oid bilimlarini rivojlantirish.
Darsning jihozi:
a) O’qituvchi uchun: O’zbekiston xalq rassomlari Abdulhaq Abdullayev, Ro’zi Choriyev, Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov asarlari reproduksiyasi, o’qituvchining o’zi tayyorlagan, o’quvchilarning ishlaridan kurgazmali suratlar, foto rasmlar va b.
b) O’quvchilar uchun: rasm daftar, qalam, akvarel, suv, qil qalam, toza latta va b.
Darsning rejasi:
Tashkiliy qism. 2-3 daqiqa.
O’tilgan mazuni baholash va mustaxkamlash. 7-10 daqiqa.
Yangi mavzuning bayoni. 10-13 daqiqa.
O’quvchilarning mustaqil ishlari. 15-20 daqiqa.
Uyga vazifa va darsni yakunlash. 2-3 daqiqa.
Darsning birinchi soatida grafik usulda portret ishlanadi, ikkinchi soatida esa rangtasvirda portret bajariladi.
Darsning borishi: Tashkiliy qismni o’quvchilarning darsga qanday tayyorlanganligini ko’ramiz hamda sinfda kim bor yoki yo’qligini navbatchidan belgilab olamiz. Darsga oid bo’lgan rasmlardan o’quvchilarning olib kelganligini ham o’rganamiz. Borlarini yig’ib olamiz.
O’tilgan mazuni baholash va mustaxkamlash chog’ida o’quvchilar oldingi darsda berilgan topshiriqni qanday bajarib kelganligi o’rganiladi va baholanadi. Har kim o’zlari yoqtirgan qahramonlar siymosini chizib kelish topshirilgan edi. Bu masalani kim qanday bajarib kelganligini ko’rib chiqiladi va baholanadi.
Hamma bajargan ishlarini partalar ustiga qo’yib qo’yadi. Suratlarning hammasini o’qituvchi birma-bir ko’rib chiqadi. Yaxshi, o’rtacha va yomon chizilgan ishlardan bir qanchasini olib chiqib o’quvchilarning o’zlarini ishtirok ettirib tahlil qilinadi.
Tahlil davomida rag’batlantirish, qisman jazolash, to’g’ri yo’llarni ko’rsatish talab qilinadi. Chunki keyingi darslarimiz ham xuddi shu kabi portretlar ishlash darsi bo’lmoqda. Shuning uchun ham har bir darsda turlicha ko’rinishdagi portretlarni ishlaymiz deb yangi dars mavzusini e’lon qilinadi.


Yangi mavzuning bayoni rangtasvir yoki grafik usulda portret ishlash talab qilinmoqda. Shuning uchun biz birinchi darsimizda qalam tasvir ishini bajaramiz va ikkinchi darsimizda rangtasvirda ishlaymiz. Shuni ham yaxshi bilib olishingiz kerakki agar kim juda to’g’ri va chiroyli bajaradigan bo’lsa bir usulda ya’ni grafikada yoki rangtasvirda ham ishlashi mumkin. Faqat uning bajaradigan ishi oxiriga yetkazilgan portret ko’rinishini beradigan bo’lsin.

Endi hamma doskaga qarab portret chizishga oid ma’lumotlarni olsin – deb grafik usulda va rangtasvirda bajarilgan portret asarlarni tahlili hamda ishlanish yo’llari o’rgatiladi. Bunda o’quvchilarning oldingi yillarda bajarilgan ishlaridan namunalar, rassom asarlarining reproduksiyalari, o’qituvchining o’zi ishlab kelgan ko’rgazmali materiallari ko’rsatilib tahlil qilinadi.
Doskadi portret chizishning bosqichlari birma –bir chizib qursatiladi. Ba’zi xollarda o’quvchilarning o’zlarini chizdirib ko’rish ham mumkin.
Portretni birinchi bosqichi qog’oz varag’iga joylashtirib olishdan boshlanadi. Chetki chiziqlar belgilanadi. O’q chiziqlarning o’tish joyi, odamning qarab to’rgan tomonidan qoldiriladigan joy aniqlanadi.
Ikkinchi bosqichni ishlaganda esa portretning qosh, kuz, og’iz, soch va boshqa qismlarini bajarish tartibi tushuntiriladi. Har bir a’zo odamda bir – biriga mutonasib joylashishini o’quvchilar bilishi lozim.
Uchunchi bosqichni bajarishda portretning kimni ishlayotganligiga uxshash taraflari bajariladi. Hamma a’zolari uxshatib chiziladi va endi qalamda bo’lsa shtrixlanib soya va yorug’liklarga ajratiladi.
Turtinchi bosqichda ham oldingiga uxshagan ko’rinishlar amalga oshiriladi va ranglash bosqichlari ham beriladi. Qalamda chizilganda ham, rangda bajarilganda ham uning hamma ko’rinishlari shu chizilayotgan odamning xarakteri bilan mos bo’lishi kerak.
Beshinchi bosqichda ancha tugallangan ko’rinish bo’lib hamma joylar, kiyimlar, soch, kuz, burun, quloq, og’iz, iyak, qorash xolatlari bilinib tursin. Suratda mazmun, xarakter bilinsin. Shunday ko’rinishli portret suratlardan ko’rsatib o’tilganligi va uning chizilishdagi yutuqlar sanab o’tiladi. Tushuntirib bo’lingandan keyin o’quvchilarning mustaqil ishni bajarishlariga ruhsat beriladi. O’quvchilarning mustaqil ishlari mustaqil ishlash davomida o’quvchilarning o’zlari kamida besh daqiqa tinch qo’yilib o’qituvchi tomonidan ko’tiladi. Keyin partalar aylanib ularning ishlarini ko’rib chiqiladi. O’qituvchi tushuntirganidek ishlar ketayotgan bo’lsa indamay qo’yiladi. Aks holda indivedual tushuntirishlar olib boriladi. Oldinda ketayotgan o’quvchilarning ishlarini ko’rsatib rag’batlantiriladi.
Agarda o’quvchilarning ko’pchiligi xatolarga yo’l qo’ygan bo’lsa hammani tuxtatib qaytadan tushuntirish kerak. Endi hamma gaplar oldingidek emas balki, kim qanday xatolarga yo’l qo’yganligi hisobga olinadi. Tez – tez o’quvchilarning ishlarini ko’rsatib borish ham xatolarning to’g’rilanishiga yordam beradi. O’quvchilar portretni bajarib bo’lgandan keyin agar chala bo’lsa yoki ko’tgandek natija bermasa bu keyingi darsda ham davom ettirilishi mumkinligi ogohlantirib o’tiladi.
Uyga vazifa va darsni yakunlashda xuddi shu kabi portretlardan ishlab ko’rish kerakligi hamda keyingi darsga rassomlar yaratgan asarlaridan olib kelishi shart qilib qo’yiladi.




Download 226 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling