30-DARS: PLASTILIN YOKI LOYDAN XARAKTERLI KAYFIYATDAGI PORTRET ISHLASH.
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarning loy yoki plastilinda turli kayfiyatdagi odimni tasvirlay olishni, kompozisiyani, kurinishini tasvirlashni va haykalchani yasashni o’rgatish.
b) Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni estetik ruhda tarbiyalash haykaltaroshlik san’atining go’zal jihatlaridan zavqlanishni tarbiyalash.
v) Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning haykaltaroshlikka bo’lgan muosabatini, bilimlarini, tushunchasini rivojlantirish.
Darsning jihozi:
a) O’qituvchi uchun: O’zbekiston xalq ustalari H.Rahimova, X.Xaqberdiyev, A.Muxtorov, G.Ul’ko asarlari reproduksiyasi, o’qituvchining o’zi tayyorlagan, o’quvchilarning ishlaridan kurgazmali suratlar, foto rasmlar, slayd va b.
b) O’quvchilar uchun: rasm daftar, qalam, loy, plastilin, stek, akvarel, toza latta va boshqalar.
Darsning rejasi:
Tashkiliy qism. 3 - 5 daqiqa.
O’tilgan mazuni baholash va mustaxkamlash. 7-10 daqiqa.
Yangi mavzuning bayoni. 8-10 daqiqa.
O’quvchilarning mustaqil ishlari. 20-25 daqiqa.
Uyga vazifa va darsni yakunlash. 2-3 daqiqa.
Darsning borishi: Tashkiliy qismda o’quvchilarni qanday qilib darsga tayyorgarlanib kelganligini ko’riladi va yo’qlama qilinadi. Navbatchi o’quvchi bunga to’liq yordam beradi. Suv bo’lishi bilan taminlanadi. Loy va plastilinni solib qo’yadigan idish, qo’lni yuvish uchun kerakli narsalar bo’lishi kerak. Taxtacha loy qo’yish uchun bo’lsa yaxshi bo’ladi.
O’tilgan mazuni baholash va mustaxkamlash oldingi darsda noan’anaviy tarzda «men yoqtirgan qahramon» mavzusida rasm ishlagan edik. Shunga kim rasm ishlab kelgan bo’lsa partalar ustiga qo’ysinlar – deb o’quvchilarning chizib kelgan suratlarini baholanadi. Yaxshi va yomon chizilganlaridan bir nechasini olib chiqib tahlil qilinadi. Tahlilni o’quvchilarning o’zlari bilan birgalikda bajarish kerak. Shuning bilan birga o’quvchilar suratlarning uxshash va to’g’ri taraflarini ham ajrata olishi hisobga olinsin. O’quvchilarni baholashda tahlilda yaxshi ishtirok etganlar ham hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |