Ergashev Do’smamat


-DARS: YIL DAVOMIDA BAJARILGAN ISHLARNING TAHLILI VA YAKUNI


Download 226 Kb.
bet33/34
Sana09.03.2023
Hajmi226 Kb.
#1256295
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
Dars ishlanma tas san

34-DARS: YIL DAVOMIDA BAJARILGAN ISHLARNING TAHLILI VA YAKUNI
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga yil davomida o’rganganlarini qayta esga tushurish bo’yicha bilimlarini mustahkamlash.
b) Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarning tasviriy san’atdan olgan bilimlari asosida ma’noli, estetik, ma’naviy dunyosini boyitib, vatanparvarlik tushunchalarini tarbiyalash.
v) Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilar duyoqarashini shakillantirib, ularning tafakkur olamini rivojlantirish.
Darsning jihozi:
a) O’qituvchi uchun: Natyurmort, portret, manzara, animal, tarixiy, batal, miniatyura, maishiy janrlarda bajarilgan rassomlarning asarlari, turli xil test, kartochkalari, tezkor uyinlar uchun materiallar.
Dars turi: Amaliy, nazariy, interfaol.
Dars tipi: Aralash.
Tashkiliy qism;
Darsda o’rganiladigan janrlarga oid reja bilan tanishtiriladi. Kirish so’zi orqali o’quvchilar dikkatini o’ziga jalb etadi va ularning diqqatini oldin olgan bilimlarini takrorlashga tayyorlaydi.
Darsning rejasi:
1.Darslarda o’quvchilarning o’zlari bajargan ishlaridan turli janrlarga oidlarini alohida qilib ajratish mashqi.
2.O’zlari bajargan ishlarni tushuntirib berish.
3.Qanday rassom asarlaridan shu kabilarni tanlab olish mumkin.
4.Mustaqil testlar tuzish mashqi.
5.Ko’rgazma tashkil qilish va uni sharhlash.
Bu vazifalarni o’qituvchining nazorati ostida o’quvchilarning o’zlari bajaradilar.
Shuningdek, bu oxirgi yakuniy dars bo’lganligi uchun yil davomida bajarib kelgan ishlarining ko’rgazmasini ham tashkil etiladi. Bu darsga boshqa predmet o’qituvchilarini taklif etish ham mumkin.
Qo’yida tasviriy san’at bo’yicha yil oxiridagi darsni ochiq qilib o’tkazishning senariysini keltirib o’taman.
Ma’lumki, ochiq hisobat darslari maktablarda tashkil etiladigan bo’lganiga ham ancha vaqt bo’ldi. Har bir fan o’qituvchisi o’z faniga oid har chorakda rejalashtirgan mavzular bo’yicha umumlashtirilgan dars o’tishlari ham kerak. Bunday dars noan’anaviy tarzda, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib tashkil etilishi nazarda tutiladi. Bunday darsda o’qituvchi o’rganilgan mavzularni o’quvchilar qay darajada o’zlashtirganliklarini bilishlari uchun foydali. Ochiq darslar test, anketa, bahs-munozara, referat, teatirlashtirilgan, savol-javoblar, ko’rgazmali va xakoza ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
5-sinf tasviriy san’at darsida o’quvchilar materiallarni qanday o’zlashtirganliklarini bilib olish uchun birinchi chorakdan boshlab o’tilgan mavzular bo’yicha bu darsda javob beradilar. Birinchi darsimiz «Tasviriy san’atning ifoda vositalari», «Grafik usulda rasm ishlash», «Grafik usulda harakatdagi odam figurasini ishlash», «Loy va plastilindan portret ishlash», «Rangtasvirda portret» va boshqalar. (Bunday darsga 90 daqiqagacha vaqt ajratish mumkin).

Download 226 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling