Ergasheva xursanoy


III bob. Interfaol usulda mavzuni o‘qitish metodikasi, pedagogik tajriba-sinov natijalarini tahlili


Download 0.58 Mb.
bet17/23
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1621201
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
Ergasheva X BMI

III bob. Interfaol usulda mavzuni o‘qitish metodikasi, pedagogik tajriba-sinov natijalarini tahlili.
3.1. Interfaol usulda “Elektroliz” mavzusini o‘qitish metodikasi.
Darsning maqsadi:

  1. Elektroliz haqida tushunchaga ega bo‘lishni ta’minlash.

  2. Suyuqlanmada boradigan elektroliz.

  3. Eritmaning elektrolizi.

  4. Faradey qonunlari

  5. Elektrolizning ahamiyati.



Dars materiallari va jixozlari:

  1. 9-sinf kimyo darsligi.

  2. 9-sinf fizika darsligi.

  3. Suyuqlanma va eritmani elektroliz qilishga oid rasm (elektrolizyor)

  4. Metallarning kuchlanishlari (oksidlanish potensiallari) qatoriga oid jadval.



Tarqatma materiallar:
Oldin o‘tilgan va darsda o‘rganilgan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar [24].


Asosiy tushuncha va atamalar:

  1. Elektroliz jarayoni

  2. Oksidlanish –qaytarilish reaksiyalari

  3. Katod va anod

  4. Standart elektrod potensiallar qatori

  5. Erimaydigan anod

  6. Eriydigan anod

  7. Faradey soni

  8. Elektrolizning tok bo‘yicha unumi.

Darsning blok chizmasi:
2-jadval



Dars bosqichlari

Vaqt (minut)

1.

Tashkiliy qism

2

2.

O‘tilgan darsni so‘rash

3

3.

Guruhlarda ishlash

15

4.

O‘qituvchining tushuntirishi

3

5.

Yangi o‘tilgan mavzuni mustahkamlash

15

6.

Dars yakunini chiqarish

5

7.

Uyga topshiriqlar

2



Darsning borishi:
1. Tashkiliy ishlar
Darsning mazmuni:
1. Elektrolizning mohiyati
2. Katod va anodda boradigan jarayonlar
3. Standart elektrod potensiallar qatori
4. Eriydigan anod, erimaydigan anod
5. Tuzlarning suyyuqlanmalari va eritmalarini elektrolizi.
6. Elektrolizning qo‘llanilishini bilib oladilar.
II. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash.
1. Tashkiliy ishlar.
1. Metallarning fizik va kimyoviy xossalari va metallar korroziyasiga oid tez so‘rab bilish uchun namunaviy savollar:
a) ishqoriy metallar qatoriga qanday elementlar kiradi?
b) metallurgiya nima?
c) kimyoviy korroziyani qanday tushunasiz?
d) metallarning fizik xossalari nima?
e) oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deb qanday reaksiyalarga aytiladi?


Darsni o‘qituvchi interfaol ma’ruza usulida o‘tishi tavsiya etiladi.
Metallar va ularning fizik, kimyoviy xossalari, olinishi, qotishmalar, korroziya turlari, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari oldingi darsda o‘rganilgan.
O‘quvchilarga elektrolizni mohiyatini izohlaganda, albatta oldingi darsdagi bilimlarga tayanish kerak.
Ayniqsa metallarning kuchlanishlar qatori, standart elektrod potensiallar qatori, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishlari zarur bo‘ladi. Va shu asosda elektrolitning suyuqlanmasi, yoki eritmasi orqali toki o‘tganida elektrodlarda sodir bo‘ladigan oksidlanish-qaytarilish jarayoniga elektroliz deb atalishi aytiladi.
Elektrolizyorning tuzilishi haqidagi ma’lumotlar chizmalar, jadvallar, kompyuter tenikasidan foydalangan laboratoriya ishlariga bag‘ishlangan multimedialardan foydalanish mumkin.
Faradey qonunlariga asoslanob elektrolizga oid masalalar yechib mustaxkamlanadi. Mavzuga oid savollar berilib, mavzu mohiyatini o‘rganilganlik darajasi aniqlanadi.
Qiziquvchi o‘quvchilar uchun qo‘shimcha adabiyotlar tavsiya qilinadi.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling