Ergasheva xursanoy


Download 0.58 Mb.
bet2/23
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1621201
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Ergasheva X BMI

1.Mavzuning dolzarbligi. Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi shundaki, kimyo fani amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘quv predmetlari qatoriga kiradi. Shuning uchun o‘quvchilarga kelgusida biron kasbni egallashda elektroliz va elektroliz qonunlarini ochib berishda o‘qituvchi kimyo darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kimyoviy tajribalardan ko‘proq foydalanish orqali ma’lum maqsadga erishishi mumkin. Mazkur bitiruv ishining dolzarbligi ham, fan va texnika shiddatli rivojlanayotgan bir davrda nazariyani doimo amaliyot bilan bog‘lab o‘rgatish yo‘llarini ochib berishga qaratilganligi bois dolzarbdir.
2. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Ushbu mavzuga oid tadqiqotlar kimyoni ayrim mavzularini o‘rganishda ma’lum darajada bajarilgan bo‘lsada, aynan ushbu mavzu bo‘yicha ishlar kam bajarilgan mazkur ishga mavzuni chuqur o‘rgatishda kimyoviy tajribalar tanlash va uni o‘tkazish yo‘llari to‘liq ochib berilgan.
3. Adabiyotlar taxlili. Mazkur bitiruv ishini tayyorlash mobaynida juda ko‘p adabiyotlar jumladan o‘quv darsliklari, ma’rifat gazetasi, ta’lim taraqqiyoti jurnali, maktabda kimyo jurnali, ta’lim taraqqiyoti jurnali, ta’lim texnologiyalari jurnali, umumta’lim fanlari metodikasi jurnali shuningdek Davlat ta’lim standarti va ta’limga oid xujjatlar va farmonlardan foydalanildi.
Adabiyotlar ro‘yxatida jami 27ta foydalanilgan manbalar ko‘rsatilgan.
4. O‘rganishning ahamiyati. Elektroliz va elektroliz qonunlari mavzusi ahamiyati nuqtayi nazardan aloxida ahamiyatga molikdir. Shu nuqtai nazardan bu bilimlar o‘quvchilar uchun hayotda, turmushda zarurligi ko‘rsatilgan. Maktab o‘quvchilari, kollej va akademik litsey o‘quvchilari kelgusida biror kasb egasi bo‘lishlari uchun ushbu mavzuga oid bilimlar muhimdir. Mazkur ishda keltirilgan nazariyalar. tavsiyalar, maktab kimyo, fizika fani o‘qituvchilari, talabalar o‘quvchilar uchun muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilish mumkin.
5. Tadbiq etilishi. Bajarilgan bitiruv malakaviy ishimda keltirilgan ma’lumotlar, uslubiy tavsiyalar, ishlanmalar, kimyoni chuqur o‘rganuvchi talabalari, abituriyentlar, o‘qituvchilar uchun, fizik, biologik, ekologik bilimlarni kimyo fani bilan bog‘lab o‘rganishda ya’ni fanlararo bog‘lanishni amalga oshirishda o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatlarida bevosita foydalanishlari mukin.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling