Ergasheva xursanoy


“Elektroliz va uning amaliy ahamiyati” mavzusi bo‘yicha axborot texnologiyasini joriy etish


Download 0.58 Mb.
bet9/23
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1621201
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
Ergasheva X BMI

2.4. “Elektroliz va uning amaliy ahamiyati” mavzusi bo‘yicha axborot texnologiyasini joriy etish.
Ta’lim jarayoni yildan yilga rivojlanib bormoqda. Dars jarayoniga axborot texnologiyalarining joriy qilinishi o‘quvchilarda darsga bo‘lgan qiziqishning ortishiga, olgan bilimlarini bemalol tasavvur qila olishlariga va buning oqibatida ularning o‘zlashtirish darajalarining yuqori bo‘lishiga olib keladi.
Elektroliz jarayonini o‘rganishda yangicha uslubiyat ishlab chiqdik va uni axborot texnologiyalari vositasi bilan o‘qishga tadbiq etish mumkin.
Elektrolit eritmasidan yoki suyultirilgan elektrolitdan elektr toki o‘tkazilganda sodir bo‘ladigan oksidlanish- qaytarilish jarayoni elektroliz deb ataladi. Elektrolizning mohiyati shundan iboratki, katodda qaytarilish, anodda oksidlanish jarayoni boradi, ya’ni elektrolit eritmasidan elektr toki o‘tkazilganda eritmadagi musbat ionlar katodga tomon borib elektronlar qabul qiladi va neytral atomlarga aylanadi, manfiy ionlar esa anodga tomon borib, zaryadsizlanadi, elektronlarini beradi. Fikrimizni isbotlash uchun mis (II) –xlorid CuCl2 suvdagi eritmasining elektrolizini ko‘rib chiqaylik. Eritma orqali elektr toki yuborilsa, eritmadagi Cu2+ va Cl - ionlari tegishli elektrodlarga tomon yo‘naladi va ularda quyidagi jarayonlar sodir bo‘ladi:
Katod Cu2++2e = Cu0
Anod 2Cl- -2e = Cl2
Anodlar ikki hil – eruvchan va erimaydigan bo‘ladi. Eruvchan anodlar elektroliz vaqtida yemiriladigan, ya’ni eritmaga ion holida o‘tadigan elektrodlardir.
Erimaydigan anodlar odatda Au, Pt yoki grafitdan tayyorlanadi. Erimaydigan anod elektroliz paytida ionlar holida eritmaga o‘tmaydi. Bu holda anod sirtida yoki kislota qoldig‘i ionlari yoki suv molekulalari oksidlanadi [15].
Ko‘pincha elektrolitlar suyuqlantirilgan holda elektroliz qilinadi. Hozirgi vaqtda sanoatda ko‘pgina metallar (Al, Mg, Ca, Na va boshqalar) suyuqlantirilgan birikmalarni elektroliz qilish yo‘li bilan olinadi. Vodorod, kislorod, ftor, xlor, ishqorlar ham elektroliz orqali olinadi.
Olingan metallarni tozalashda, bir metallga ikkinchi metal niqoblashda (nikellash, xromlash, oltin qoplash) ham elektrolizdan keng foydalaniladi. Nikel, xrom, oltin qoplama buyumlarga nafaqat chiroyli ko‘rinish beradi, balki ularni kimyoviy yemirilishdan (korroziyadan) ham saqlaydi.
Elektroliz qonunlari. Elektroliz qonunlarini ingliz olimi M. Faradey kashf etgan.

  • Faradeyning birinchi qonuni: elektrodda ajralib chiqadigan moddalarning miqdori faqat birgina omilga – eritmadan o‘tayotgan elektr miqdoriga proporsionaldir.

  • Faradeyning ikkinchi qonuni: turli moddalarning eritmasidan bir xil miqdorda elektr toki o‘tganda, elektrodlarda ekvivalent og‘irliklariga proporsional miqdorda moddalar ajraladi.

Istalgan moddadan bir gramm modda ajralib chiqishi uchun 96500 kulon elektr miqdori kerak bo‘ladi. Bu Faradey soni deyiladi.
1. Metallarning aktivlik qatorida alyuminiygacha bo‘lgan metallar birikmalarining eritmalari elektroliz qilinganda katodda H2 ajralib chiqadi .
Katod CaCl2 Anod
“-“ ↑↓ “+”
Ca2++2Cl-
2H++2e=↑H2 2H++2OH- 2Cl- -2e=↑Cl2
Ca2+ Ca2++2OH- =Ca(OH)2 2OH-
2. Metallarning aktivlik qatorida alyuminiydan keyin turgan metallar birikmalarini eritmalari elktroliz qilinganda katodda metall ajralib chiqadi. Metall ajralib chiqishi temperaturaga bog‘liq. Agar elektroliz jarayonida sistemaning harorati yuqori bo‘lsa metal suv bilan ta’sirlashib, uning o‘rniga H2 ajralib chiqadi.
3. Kislorodsiz kislota qoldig‘i tutgan tuzlarning eritmalari elektroliz qilinganda anodda kislota qoldiqlari oksidlanadi. Bunga yuqoridagilar misol bo‘ladi.
4. Kislorodli kislotalar va ularning tuzlari eritmalari elektroliz qilinganda anodda OH- ionlari oksidlanadi va kislorod ajralib chiqadi. 4OH- - 4e = 2H2O +O2
MnSO4 eritmasining elektrolizi:
MnSO4 + H2O = Mn2+ + SO42- +H2O(H++OH-)

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling