Ergasheva xursanoy
Pedagogik texnologiyaning ta’lim tizimidagi ahamiyati
Download 0.58 Mb.
|
Ergasheva X BMI
2.3. Pedagogik texnologiyaning ta’lim tizimidagi ahamiyati.
Innovatsion ta’limning asosiy maqsadi ta’lim oluvchilarda kelajakkka mas’uliyat hissini va o‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirishdir. J.Botkin boshchiligidagi olimlar guruhi ―Rim klubi ma’ruzasida innovatsion ta’limni an’anaviy, ya’ni ―normativ ta’limga muqobil sifatida bilimlarni egallashni asosiy turi sifatida tavsifladi. Normativli ta’lim ―takrorlanuvchi vaziyatlarda faoliyat xulq-atvor qoidalarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, innovatsion ta’lim yangi vaziyatlarda birgalikda harakatlanish qobiliyatini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Ilm-fan va ishlab chiqarishning jadal rivojlanishi jamiyatni iqtisodiy taraqqiy ettirish bilan bir qatorda ijtimoiy munosabatlar mazmunida ham tub o‘zgarishlarning ro‘y berishiga zamin yaratmoqda. Shuningdek, iqtisodiy sohada bo‘lgani singari ijtimoiy, shu jumladan, ta’lim sohasida ham texnologik yondashuvni tatbiq etishga katta ahamiyat qaratilmoqda [14]. ―Texnologiya yunoncha so‘z bo‘lib, ―techne–mahorat, san’at va ―logos–tushuncha, ta’limot, fan ma’nosini anglatadi. ―Ta’lim texnologiyasi iborasining ma’nosi –(inglizcha ―An educational technology) ta’lim jarayonini yuksak mahorat bilan san’at darajacida tashkil etish to‘g‘risida ma’lumot beruvchi fan, ta’limot demakdir. Ayni vaqtda mazkur tushunchaning ta’rifi hamda uning mohiyati borasida yagona g‘oya mavjyd emas. Bu nazariya mohiyatining yoritilishiga nisbatan turli yondashuvlar mavjud. Bugungi kunda ko‘p ishlatiladigan YuNESKO ta’rifini misol tariqasida keltirish mumkin: ―Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini jadallashtirish vazifasini ko‘zlagan o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida va ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tatbiq etish va belgilashning izchil metodidir‖ (YuNESKO). Pedagogika sohasiga katta hissa qo‘shgan olimlar M.V.Klarin, G.K. Selevko, B.T.Lixachev, V.M.SHepelь, V.M.Manaxov, M.O.Ochilov, N.Saidaxmedov, O‘.Q.Tolipovlar ham pedagogik texnologiya atamasiga o‘z ta’riflarini berib o‘tganlar. Yuqorida keltirib o‘tilgan fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, pedagogik texnologiyaning ahamiyati avval o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar bilan yangi o‘zlashtiriladigan bilimlar orasida mustahkam bog‘lanishlarning yuzaga kelishi bilan belgilanadi. Mazkur jarayonda quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi: teng qiymatli (ekvivalent) amaliyot qoidasi: ta’lim oluvchilarning ta’lim jarayonidagi xatti-harakatlari test o‘tkazish yoki imtihon davrida ta’lim oluvchi tomonidan tashkil etilishi kutiladigan xatti-harakatlarga to‘la mos keladi; - o‘xshash amaliyot qoidasi: ta’lim oluvchilar sodir etilishi kutilayotgan xatti-harakatlarini tashkil etish majburiyatiga ega bo‘lmay, balki mohiyatan shunday bo‘lgan shapoitlarda mashq qilish imkoniga ega bo‘ladilar; - natijalarni aniqlash qoidasi: ta’lim oluvchiga uning har bir xatti-harakatining mazmunini baholash natijalari bo‘yicha ma’lumot berish, mazkur shartga aksariyat hollarda joriy nazoratni tashkil qilish jarayonida rioya etiladi; - rag‘batlantirish qoidaci: talabaning maqbul xatti-harakatlarini rag‘batlantirib borish, pedagogik faoliyat japayonida talaba tomonidan sodir etilgan salbiy xatti-hapakatlar uchun unga tanbeh berilmaydi, balki ulapni bartaraf etish istagini yuzaga keltiruvchi amaliy ko‘rsatma beriladi. Masalan, ―yana bir marta urinib ko‘r, ―yanada chuqurroq o‘ylab ko‘r, ―masalani hal etishning yanada osonroq yo‘li bor, uni topishga urinib ko‘r va hakozolar. Ta’lim amaliyotida ―pedagogik texnologiya tushunchasi uch darajada qo‘llaniladi: Umumpedagogik (makro) daraja. Mazkur darajaga muvofiq keladigan texnologiyalar yaxlit pedagogik jarayonga tegishli bo‘lib, ta’lim tizimining barcha turlarida qo‘llash imkonini beradi. Xususiy-metodik (mezo) daraja. Ushbu daraja o‘zida ma’lum bir o‘quv fani, alohida ta’lim oluvchilar guruhi, ma’lum ixtisoslikka mansub pedagoglarga yo‘nalganlikni aks ettiradi. Lokal daraja (mikro). Mazkur darajaga tegishli texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayonining alohida tarkibiy qismi, alohida shaxs sifatlarini shakllantirish, maxsus o‘quv ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Real ta’lim amaliyoti ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishini to‘liq tasdiqlamoqda. Biroq ilg‘or pedagogik texnologiyalarni oliy ta’lim jarayoniga qo‘llash bilan bog‘liq bir qator muammolar ham ko‘zga yaqqol tashlanmoqdaki, ularni e’tiborga olish va hal etish ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Bunday dolzarb muammolar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: - ta’limda qo‘llash uchun mo‘ljallangan interfaol metodlar tasnifi va ularning mazmun-mohiyatini yoritib beruvchi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning yetarli emasligi. Garchi respublikamizda pedagogik texnologiyaga doir qator o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan bo‘lishiga qaramasdan, mazkur o‘quv qo‘llanmalarda oliy ta’lim jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan interfaol metodlar va ularni qo‘llashga doir metodik ko‘rsatmalar aniq o‘z ifodasini topmagan. Mazkur holat ta’lim professor-o‘qituvchilarining interfaol metodlarni qo‘llashga doir ma’lumotlardan to‘la xabardor bo‘lmasligiga olib kelmoqda. Ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonini kuzatish professor-o‘qituvchilar keng qo‘llaydigan interfaol metodlar juda kamchilikni tashkil etishini ko‘rsatadi. Bunday metodlar sifatida klaster, B-B-B chizmasi, aqliy hujum, ―Baliq skeleti‖ chizmasi, ―Qanday? diagrammasi‖ kabilarni aytib o‘tish mumkin; Ta’lim jarayonida o‘qituvchilar interfaol metodlarni qo‘llashda metodik qoidalarga to‘liq rioya etishlari lozim. Boshqacha aytganda, interfaol metodlar fanning o‘ziga xos xususiyati, mavzuning maqsad va vazifalari, talabalarning yosh xususiyatlari, mashg‘ulot shakli, auditoriyada maqbul shart-sharoitning mavjudligi kabi jihatlarni aniq hisobga olgan holda qo‘llash lozim. Oddiy bir misol: professor-o‘qituvchilar, ayniqsa, yosh o‘qituvchilar deyarli har bir mashg‘ulotida klaster metodini qo‘llaydi. Eng qizig‘i, mazkur metod orqali o‘quv maqsadiga erishish mumkin yoki mumkin emasligidan qat’iy nazar undan foydalanish holati ko‘p uchraydi. Bundan tashqari, uch-to‘rt doirani chizish orqali tarmoqlar hosil qilish ham mumkin emas. Mazkur metod talabalarning ma’lum bir narsa-hodisa, jarayon yoki tushunchaga oid fikrlarini umumlashtirish, ularni tizimlashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Ana shu asosdan kelib chiqqan holda, klaster metodidan o‘tilgan materialni mustahkamlash bosqichidagina foydalanish mumkin. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytganda, interfaol metoddan noo‘rin foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga emas, aksincha mashg‘ulot sifatini pasaytirishga olib keladi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling