Ergasheva xursanoy


Download 0.58 Mb.
bet10/23
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1621201
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
Ergasheva X BMI

Katodda Mn2++2e =Mno Anodda 2OH- - 2e = H2O + O0
2Oo → O2
2H++SO42-, ya’ni H2SO4 qoladi.
Elektroliz jarayonlarini yaqqol tasavvur qilish maqsadida sistemadagi oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarini animatsiyalar qilib ko‘rsatildi. Animatsiyada elektroliz jarayonlarini ko‘rsatuvchi harakatli va tovushli electron darslik tayyorlandi.
Shunisi ahamiyatliki, bu jarayonlarni takroran namoyish etish va istalgan vaqtda axborot texnologiyalari vositasi yordamida qayta ko‘rsatish mumkin. Mavzuga doir masalalar, testlar va krossvordlar ishlab chiqildi hamda ularni programmalashtirib kompyuterga kiritildi.
Istalgan o‘quvchi o‘z bilim va ko‘nikmalarini ushbu topshiriqlar orqali bemalol avtomatik ravishda tekshirib olsa ham bo‘ladi.
Shu bilan birga, o‘quvchilarga O‘zbekistonda Cu, Zn kabi rangli metallarni qanday qilib elektroliz usulida olinishi va tozalanish usullarini o‘rganib kelish uyga topshiriq qilib berildi.
Xulosa qilib aytganda, dars jarayoniga axborot texnologiyasining joriy qilinishi darsning samaradorligini keskin orttirdi va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini yuqori bo‘lishiga olib keldi.
2.5. Elektroliz va elektroliz qonunlari mavzularini o‘qitishda fizikaviy bilimlardan foydalanish.

Elektroliz mavzusini o‘rganish jarayonida fizika kursidagi suyuqliklarda elektr toki, Faradey qonunlari mavzularida yoritilgan bilimlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Tabiatdagi hamma moddalarni elektr tokini o‘tkazuvchilarga va o‘tkazmaydiganlarga-dielektriklarga ajratish mumkin. Bizga kimyo kursidan ma’lumki, kovalent bog‘lanish tufayli metallmaslar bir-biri bilan bog‘lanib ion bog‘lanish orqali metallar, metallmaslar bilan birikadi. SHularga o‘xshash kovalent va metall bog‘lanishlar mavjudki, ularda tarkibi ancha murakkab bo‘lgan birikmalar hosil qiladi.


Fizika kursidagi quyidagi bilimlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Kimyo kursidan ma’lumki, suvning molekulalari qutblangan kristall suvga tushirilganda natriyning musbat ionlariga suv molekulalari o‘zining manfiy qutblari bilan tortiladi. Xlorning manfiy ionlariga suv molekulasi o‘zining musbat qutbi bilan birikadi. Bu esa kristalldagi natriy va xlor ionlarining o‘zaro elektrostatik ta’sirining susayishiga olib keladi. Bunday sharoitda ionlarning issiqlik harakati shunga olib keladiki, ular kristall yuzasidan uzila boshlaydi. Eritmada tokning erkin tashuvchilari atrofida qutblangan suv molekulalari bilan o‘ralgan natriy va xlor ionlari paydo bo‘la boshlaydi. Elektrolitning qarshiligi temperatura ortishi bilan kamayadi. Bu temperatura ortganda molekulalarning issiqlik harakati yanada intensiv bo‘lishi natijasida eritmada ionlar soni va ularning kontsentratsiyasi ortishi bilan bog‘liqdir.
O‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, elekrolitlar uchun ham OM qonunidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Elekrolitdan elektr toki o‘tganda, u qiziydi. Bunda Joul-Lens qonuni bajariladi.
Elektroliz hodisasi hozirgi zamon texnikasida keng qo‘llaniladi. Texnik qurilmalarning detallari, maishiy xizmat buyumlarining ba’zi qismlari ba’zan asl metallarning yupqa pardasi bilan qoplanadi. Bu bezatish maqsadida va konstruktsiyaning qismlarini korroziyadan saqlash uchun qilinadi. Texnikada korroziyadan saqlash uchun ba’zi qurilmalarning ayrim detallari nikel, xrom, kadmiy bilan qoplanadi. Hozirgi davrda bunday qoplash odatda galvanik usulida amalga oshiriladi. Detalni oldindan sinchiklab tozalanadi va kerakli metall tuzining suvdagi eritmasi bilan to‘ldirilgan idishga tushirilib, tok manbaining manfiy qutbiga ulanadi. Anod sifatida shu metalldan qilingan plastik xizmat qiladi. Elektroliz natijasida detal yuzasida tuzdan ajralgan metall o‘tiradi.
Elektroliz vaqtida hosil bo‘lgan modda massasini atomlar soniga bo‘lib, har bir atomning massasini aniqlashimiz mumkin bo‘ladi.
Elektrolizdan fan va texnikaning turli sohalarida, meditsinada, poligrafiya sanoatida juda ko‘p foydalaniladi. Ko‘pgina metallar tabiatda faqat birikma holida uchraydi. Bu birikmalarda metallar musbat zaryadlangan ionlar holida, metalmaslar esa manfiy zaryadlangan ionlar holida bo‘ladi. Birikmalardan bunday metallarni va metallmaslarni ajratib olish uchun sanoatda elektrolizdan keng foydalaniladi. Demak, elektroliz va elektroliz qonunlari mavzusini o‘qitishda fizikaviy tushunchalardan foydalanish kimyoviy bilimlarni chuqur egallashda asosiy omil bo‘la oladi. CHunki kimyo va fizika fanlari bir-biriga yaqin tabiat hodisalarini o‘rganishda har ikkala fan birgalikda bir-birini to‘ldiradi. SHuning uchun har bir darsda fanlararo bog‘lanishga katta e’tibor bermoq zarur.
Bu mavzularni o‘rganganda fizika kursidagi suyuqliklarda elektr toki, Faradey qonunlari mavzularida yoritilgan bilimlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Tabiatdagi hamma moddalarni elektr tokini o‘tkazuvchilarga va o‘tkazmovchilarga-dielektriklarga ajratish mumkin. Bizga kimyo kursidan ma’lumki kovalent bog‘lanish tufayli metallmaslar bir-biri bilan bog‘lanib ion bog‘lanish orqali metallar metallmaslar bilan birikadi. SHularga o‘xshash kovalent va metall bog‘lanishlar mavjudki, ularda tarkibi ancha murakkab bo‘lgan birikmalar hosil qiladi.
Fizika kursidagi quyidagi bilimlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Agar quruq osh tuzi (NaCl) kristallini elektr zanjiriga ketma-ket ulasak, zanjirda tok bo‘lmaydi. Demak, bu kristall yoki umuman elektrni o‘tkazmaydi, yoki uning elektr o‘tkazuvchanligi kam. Ion bog‘lanishli boshqa kristall moddalar Ca Cl2, Ag Cl, Ag NO3 ham shunga o‘xshash xossaga ega.
Osh tuziga tekkizilgan elektrodlarni olib, uni distillangan H2O da yuvamiz va elektrodlarni disstirlangan suvga tushuramiz. Distillangan suv ham elektr tokini o‘tkazmaganligini ko‘ramiz.
Endi osh tuzi kristallini distillangan suvga solamiz va uni biroz aralashtiramiz va elektrodlarni eritmaga tushurib, zanjirni berkitamiz. Zanjirga ulangan lampochka yonganini ko‘ramiz. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, osh tuzining suvdagi eritmasi elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. Demak, tuz suvda eriganda erkin elektr zaryad tashuvchilari hosil bo‘ladi. Ularning hosil bo‘lish momentini aniqlaylik.
1-rasm
K imyo kursidan ma’lumki, suvning molekulalari qutblangan kristall suvga tushurilganda natriyning musbat ionlariga suv molekulalari o‘zining manfiy qutblari bilan tortiladi. Xlorning manfiy ionlariga suv molekulasi o‘zining musbat qutbi bilan birikadi. Bu esa kristalldagi natriy va xlor ionlarining o‘zaro elektrostatik ta’sirining susayishiga olib keladi. Bunday sharoitda ionlarning issiqlik harakati shunga olib keladiki, ular kristall yuzasidan uzila boshlaydi. Eritmada tokning erkin tashuvchilari atrofida qutblangan suv molekulalari bilan o‘ralgan natriy va xlor ionlari paydo bo‘la boshlaydi. Tasvirlab berilgan bu hodisa elektrolitik dissotsiatsiya deb ataladi.
Elektrolit eritmalarning qarshiligi elektrolit eritmalar va erigan moddalar qarshiligiga ega. Bu hodisani batafsil o‘rganaylik. Quyidagi rasmda keltirilgan zanjirni yig‘aylik. Elektrodlar orasidagi masofani o‘zgartirib, ulardagi doimiy kuchlanish (I) ni o‘zgartirmay saqlasak, elektrolit orqali o‘tuvchi tok kuchi elektrodlar orasidagi l masofaga teskari proportsional ravishda o‘zgaradi.

Rasm – 1


Eelektrodlardan birini bir oz ko‘tarsak, tok kuchi o‘zgarganligini ko‘ramiz. Bu elektrolit aktiv qismining ko‘ndalang kesimi yuzasi S ning o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. I~S ekanligini aniqlash qiyin emas. Agar elektrolit kontsentratsiyasini o‘zgartirsak, tok kuchi ham o‘zgaradi. Sinchiklab o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, elektrolitning qarshiligini o‘tkazgichlar qarshiligi uchun yozilgan ma’lum formula bilan hisoblash mumkin ekan.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling