Ergasheva xursanoy


Bunda p-solishtirma qarshilik


Download 0.58 Mb.
bet11/23
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1621201
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
Ergasheva X BMI

Bunda p-solishtirma qarshilik.
Elektrolitning qarshiligi temperatura ortishi bilan kamayadi. Bu temperatura ortganda molekulalarning issiqlik harakati yanada intensiv bo‘lishi natijasida eritmada ionlar soni va ularning kontsentratsiyasi ortishi bilan bog‘liqdir.
Sinchiklab o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, elekrolitlar uchun ham Om qonuni o‘rinli ekan.
Elekrolitdan elektr toki o‘tganda, u qiziydi. Bunda Joul-Lens qonuni bajariladi.
Elektroliz hodisasi. Faradey qonuni. Elektroliz.
CuCl2 ning suvdagi eritmasiga ikkita ko‘mir elektrodni tushiraylik. Elektrodlarni tok manbaiga ulab, biroz kutsak, katodning qizil mis qatlami bilan qoplanganligini, anodda esa gaz pufakchalari ajralib chiqayotganligini ko‘ramiz. Hidi gazning xlor ekanligidan darak beradi. SHunday qilib, elektrolit eritmadan tok o‘tishi elektrodda modda ajralishi bilan birga boradi. Bu hodisa elektroliz degan nom oldi. Elektroliz paytida boradigan jarayonlarni ko‘raylik.
Suvli eritmada mis (II) xlorid, Cu2+ va Cl- ionlarga dissotsatsiyalangan

Kuchlanish manbaiga ulanganda ionlar elektr maydon ta’sirida tartibli harakatga keladi: misning musbat ionlari katod tomon, xlorning manfiy ionlari esa anod tomon harakatlanadi.
Katodga yetib borgan mis ionlari katodda mavjud bo‘lgan ortiqcha elektronlar bilan neytrallashadi. Misning neytral atomlariga aylanib katodga o‘tiradi.
Cu2++2yo → Cu
Xlor ionlari anodga yetib borib, unga bittadan elektronlarini beradi va neytral atomlarga aylanib, juft bog‘lanishga kirishadi va xlor molekulasini hosil qiladi.
2Cl2yo → Cl2
Xlor anodda pufakchalar shaklida ajraladi. Xlorid kislotaning suvli eritmasidan tok o‘tganda boradigan jarayonlarni qaraylik. NCl ning molekulalari eritmada musbat zaryadlangan N+ va manfiy zaryadlangan Cl- ionlariga dissotsialanadi:

Anodga borgan Cl- unga ortiqcha elektronlarini beradi va xlor atomiga aylanadi. So‘ngra shu zaxoti juftlashib, molekulaga birlashadi.
Cl-+ Cl2yo→ Cl2
Vodorod atomlari katodda neytrallashib, juft holda molekulaga birlashadi:
N++N++2yo→N2
Xlorid kislotaning suvli eritmasidan elektr toki o‘tishi natijasida katotda vodorod, anodda xlor ajraladi.
Nihoyat, elektrodlari misdan, elektroliti mis sulfatning eritmasidan tayyorlangan sistemadan elektr toki o‘tganda boradigan jarayonlarni ko‘raylik.
Mis sulfat molekulalarini dissotsialanishi quyidagi sxema bo‘yicha boradi:

Neytrallangan mis atomlari katodda qattiq cho‘kma holida ajraladi. Neytral radikal SO42- ning suvga nisbatan, mis bilan reaktsiyaga kirishishi quylayroq. SHu sababli reaksiya anod moddasi bilan bo‘ladi.
SO42-+ Cu0 → CuSO4
Hosil bo‘lgan mis sulfatning molekulasi eritmaga o‘tadi. SHunday qilib, elektrodlari misdan, elektroliti CuSO4 eritmasidan iborat bo‘lgan sistemadan elektr toki o‘tganda, anod eriydi va katodda Cu cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Bunda CuSO4 eritmasining kontsentratsiyasi o‘zgarmaydi.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling