Ergashov jaloliddin +998911595353 Sana Sinfi 10


kuzatish uchun prujina uchiga mahkamlangan yukning tebranishlari bilan tanishaylik (5.1-rasm). Bu


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/63
Sana22.01.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1108700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
10-sinfFizika3-chorak

kuzatish uchun prujina uchiga mahkamlangan yukning tebranishlari bilan tanishaylik (5.1-rasm). Bu 
rasmdagi prujinaga mahkamlangan yuk gorizontal sterjenda ishqalanishsiz harakatlana oladi, chunki 
sharchaning og‘irlik kuchini sterjenning reaksiya kuchi muvozanatlaydi. 
Yuk muvozanat vaziyatiga yetib kelgach, uning siljishi (x) nolga
teng bo‘lganligi uchun elastiklik kuchi nolga teng bo‘lib qoladi. Lekin yuk inersiyasi tufayli chap tomonga 


ERGASHOV JALOLIDDIN +998911595353 
qarab harakatlana boshlaydi. Prujinada hosil bo‘lgan elastiklik kuchining moduli ham orta boradi. Lekin 
elastiklik kuchi doim yukning siljishiga teskari yo‘nalganligi uchun, u yukni tormozlay
boshlaydi. Natijada yukning harakati sekinlasha borib, nihoyat u to‘xtaydi. Endi yuk siqilgan prujinada hosil 
bo‘lgan elastiklik kuchi ta’sirida yana muvozanat holati tomon harakat qila boshlaydi. 
 
Davriy ravishda tebranayotgan tizimning vaqt davomida qaysi qonun bo‘yicha o‘zgarayotganligini 
aniqlash uchun voronkaga qum to‘ldirib, uni ip bilan osib, tebrantirib yuboraylik. Voronkaning tebranish 
jarayonida uning tagidagi karton qog‘ozni bir tekis torta boshlasak, qumning qog‘ozidagi izning sinusoida 
shaklida ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi: Davriy tebranayotgan jismning 
siljishi vaqt o‘tishi bilan sinuslar yoki kosinuslar qonuni bo‘yicha o‘zgaradi. 
 
Vaqt davomida parametrlari sinus yoki kosinuslar qonuni bo‘yicha o‘zgaradigan tebranishlar 
garmonik tebranishlar deyiladi.Demak, muvozanat vaziyatidan chiqarilgan prujinali mayatnik garmonik 
tebranar ekan. Sistema garmonik tebranishi uchun: 1) jism muvozanat vaziyatidan chiqarilganda unda 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling