Ergashova Marjona Izatullayevna Mirzo Ulug`Bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti Bakalavriat. +99894 511 66 26 ko’kpatas ma’danli maydonining geologik tuzilishi va mineral tarkibi


Download 100.47 Kb.
bet2/3
Sana21.04.2023
Hajmi100.47 Kb.
#1372124
1   2   3
Bog'liq
Ergasheva M

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
Golovanov I.M., Divaev F.K. O’zbekistondagi konlarining geologik va sanoat turlari. «Qatlangan mintaqalarning metadologiyasi va magmatik birikmalari». Universitet, 2000
Golovko A.V. va boshq. Karashohinskiy murakkab lamproites Janubiy Bukantau (Markaziy Qizilqum ). Geologiya va mineral resurslar, 2005
Golovko A.V. «Foydali qazilma konlarining shakllanish shartlari, taqsimlanishi va prognozi» xalqaro konferentsiyasi materiallari, Toshkent, 2006 yil.
Jo’raev A.D., Scriabin V.F. O’zbekistonda geokimyoviy qidiruvlarning samaradorligi. Prognoz va qidiruvlar. 2002 yil.
Tadqiqot metodologiyasi: Maydon qanotlarida Ko‘kpatas ma’danli maydonining oltin-sulfidli formatsiyasi uchun xos bo‘lgan oltin-ma’danli formatsiya namoyondalari ma’lum bo‘lib, ularning istiqbolliligini o‘rganish ishlari hozirgi paytda Ko‘kpatas GQE tomonidan olib borilmoqda. Ilgari o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lumki, Ko‘kpatas ma’danli maydonining ma’danli uchastkalaridagi sanoatbop ma’dan tanalari faqat qorashox svitasa jinslarida joylashgan bo‘lib, uning quyi qismlari ahamiyatga molik ekanligi kuzatiladi. Qalinligi 300-400m bo‘lgan yotqiziqlar ma’dan hosil bo‘lishi uchun juda qulay bo‘lib, (garchi ba’zi bir ma’dan tanalari ushbu satxdan yuqorida yoki pastda joylashgan bo‘lsada) cho‘kindi brekchiyalarning birinchi pachkasi ustida yotuvchi svita kesmasining bir qismi hisoblanadi.
To‘rtquduq ma’dan maydoni mineral tarkibi va assotsiatsiyalariga ko‘ra: kvars - pirit –arsenopirit – sheyelit -oltin paragenetik assotsiatsiyalarga ajratiladi. Bu kabi ma’danlarning hosil bo‘lishidagi dastlabki bosqichda yuzaga kelgan minerallar yuqori haroratda paydo bo‘ladi. Ushbu jarayonda yuzaga kelgan oltin yuqori sifatli (890-920 o‘rtacha 850) to‘q sariq rangli, izometrik kristall shakliga ega bo‘ladi.
Tahlil va natijalar. Tadqiqot xududidagi asosiy geostruktura bo‘lgan To‘rtquduq maydoni Kokpatos ma’danli maydonining tabiiy strukturaviy-litologik davomidir. Shuning uchun ham Kokpatos ma’dan maydoni uchun qo‘llanilgan qidiruv belgilari ushbu xududda xam qo‘llanilgan.
Kokpatas ma’dan maydonida aniqlangan barcha eng yirik oltin sulfidli konlarning stratigrafik jixatdan Qorashoxo svitasiga, ayniqsa uning uchinchi pachkasiga va to‘rtinchi pachkaning ustki qismiga to‘g‘ri kelishi ma’lum bir jihatdan qidiruv xududini chegaralovchi omildir.
Birlamchi pirit-arsenopiritli uyumlarning litologik jixatdan nazorat qilinishi regional metamorfizm natijasida turli darajada uglerodlashgan kvars-xloritli, kvars-seritsit-xloritli va kvars-seritsitli slanetslarga asosli va o‘rta tarkibli vulkanitlar bilan bog‘langandir. Qorashoxo stratigrafik birligining boshqa litologik qismlari metasomatik ma’dan qatlamlarini o‘zida qamrashi jixatidan yuqorida ta’kidlangan slanetslar turlariga qaraganda tobe ahamiyatga egadir
Ma’danlashuvning joylashuvi va ma’dan tanalar shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy strukturaviy omil sifatida diz’yuntktiv strukturalarning tik yotishida xosil bo‘lgan klivajlar, yer yorig‘i bo‘ylab yuzaga kelgan darzlanish zonalari va ustsurilma strukturalarning formatsiyalararo ajralishi kabilar birinchi planga chiqadi. Uzilmali strukturalarning mayda burmalanishlar bilan, ayniqsa qatlamlarning fleksurasimon bukilishlari bilan muvofiq kelishi metasomatik jarayonlarning joylashishida ham muhim omil rolini o‘ynaydi.
Intruziv tog‘ jinslari roli biroz cheklangan, ayrim xollarda metasomatik oltin sulfidli ma’danlashuvning qayta taqsimlanishida ma’lum bir darajada katalizator rolini o‘ynashi mumkin. Geoximik tadqiqotlar jarayonida aniqlangan oltin va margimushning geoximik oreollari To‘rtquduq maydonidagi asosiy qidiruv belgilari ekanligi ma’lum bo‘ldi. Oltinning keskin oreollari Kokpatos va Qorashox svitalarining kontakt zonasi bo‘ylab rivojlanganligi ma’lum bo‘ldi. Polimetallar hamda molibden, vofram va kobaltlarning uncha keskin bo‘lmagan oreollarini yuqori kontrastli magnit anomaliyalari bilan birgalikda Alitintov granidiorit shtokining ekzokontaktidagi rivojlanishi zonasi bilan bog‘liqdir.
Kvars tomirlarida sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan ma’danli minerallar sof oltin va kumush, elektrum hamda ularning telluridlari hisoblanadi. Iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lmagan, lekin tarkibida oltin va kumush to‘planadigan minerallardan pirit va arsenopirit ko‘p uchraydi. Ikkinchi darajali, kam tarqalgan minerallardan galenit, sfalerit, antimonit, sheyelit, volframit va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.


Download 100.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling