1 – rasm. Kanava madan tanasi qisman oksidlangan temirli va tomir ko‘rinishda sulfid minerallarining joylashuvi1
Xulosa. To’rtquduq ma’dan maydonida aniqlangan barcha eng yirik oltin sulfidli madanlarning stratigrafik jihatdan ko‘kpatas va qorashoxo svitasiga to‘g‘ri kelishi ma’lum bir jixatdan qidiruv xududini chegaralovchi omildir.
Birlamchi pirit-arsenopiritli uyumlarning litologik jixatdan nazorat qilinishi regional metamorfizm natijasida turli darajada uglerodlashgan kvars-xloritli, kvars-seritsit-xloritli va kvars-seritsitli slanetslarga asosli va o‘rta tarkibli vulkanitlar bilan bog‘langandir. Ma’dan shakllanishining gidrotermal bosqichida foydali komponentlar, shu jumladan oltin xam, qamrovchi jinslardan ajralib chiqadi va ma’dan tanalarida qayta yotqiziladi.
Janubiy Bukantovning istiqbolli maydoni sifatida To’rtquduq maydoni oltin ma’danlashuvi ma’dan kamrovchi jinslari hosil bo‘lishiga ko‘ra o‘rtacha chuqurlik sharoitida hosil bo‘lib, magmatik gidrotermal tipga tegishli va paragenetik xossalari kokpatas intruziv kompleksi bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Kamrovchi jinslardaa oltin va kumush munosabatlarining yuqori meyyoriy xolati, shuningdek Qarashaxo svitasining jinslarida oltin miqdorining yukoriligi, ma’dan qamrovchi jinslar tasirida gidrotermal qorishmaning boyishiga olib kelgan.
Xududning oltin konlarini va oltin ma’danlashuviga istiqbolli bo‘lgan uchastkalarni o‘rganish natijasida shundan dalolat beradiki, oltin ma’danlarining hosil bo‘lishida asosiy ma’dan nazorat qiluvchi omillar bo‘lib strukturaviy, magmatik va litologik omillar xizmat qiladi. Ma’dan qamrovchi jinslar bo‘lib Qorashoxo svitasining vulqonogen cho‘kindi jinslari - tufli qumtoshlar, alevrolitlar va slanetslardan hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Bobrov A.V., Litvinov Yu.A., Divaev F.K. Chig’atoy kompleksining karbonat-silikatli jinslarida fazoviy aloqalar va olmos sintezi: P = 4-7 GPa T = 1200-1700 o S da tajriba natijalari // Geokimyo, 2004,
Golovko A.V. «Foydali qazilma konlarining shakllanish shartlari, taqsimlanishi va prognozi» xalqaro konferentsiyasi materiallari, Toshkent, 2006 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |