Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Yangi tovar ishlab chiqish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet81/163
Sana23.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1717572
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163
Bog'liq
Marketing

9.4.Yangi tovar ishlab chiqish 
Firmaning samarali tovar siyosatini olib borishi ikki yirik muammo bilan 
bog‘liqdir. Birinchidan, firma mavjud tovar nomenklaturasi chegarasida yashash 


159 
davri bosqichlarini hisobga olgan holda ishni oqilona tashkil etishni tashkil etishi 
lozim, ikkinchidan, yangi tovar ishlab chiqarishni o‘z vaqtida amalga oshirish kerak. 
Firma doimo tovar strategiyasini takomillashtirib borishi zarur. Bu barqaror 
assortiment tuzilishiga, doimiy sotuvga va foydaga erishishga imkon beradi. 
Tovar strategiyasi istiqbol uchun ishlab chiqariladi va firmada mavjud tovar 
miksni jalb etuvchanligini yaxshilash bo‘yicha 3 ta strategik yo‘nalishni o‘z ichiga 
oladi: 
1. Tovar innovatsiyasi 
2. Tovar variatsiyasi 
3. Tovar eliminatsiyasi. 
9.2-rasm. Firmaning tovar strategiyasi
16
 
Variatsiya deganda birinchi navbatda tovarning tashqi shakli va stili, uning 
o‘rovi va tovar markasini o‘zgartirishni, tovar holatining emas, balki mavjud tovar 
shakli va texnik jihozlanishning o‘zgarishini tavsiflar texnik eksplatatsion 
xususiyatlarini o‘zgartirishni tushunadi.
Modifikatsiya tovar sifatini yaxshilanishidan tashqari, uning funksional 
tavsifnomalarini 
takomillashtirishni 
nazarda 
tutadi, 
bu 
esa 
tovarni 
differensiatsiyasiga, ya’ni uning innovatsiyasiga mansubdir. 
16
Ergashxodjaeva Sh.J. Strategik marketing. Darslik. -T.: Ozbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2014. - 240b. 
Tovar innovatsiyasi 
strategiyasi
Tovar differansiasiyasi
Tovar diversifikasiyasi
Tovar variasiyasi 
strategiyasi
funksional xususiyatlar 
variasiyasi
tabiiy xususiyatlar 
variasiyasi
tovar dizayni variasiyasi
imidj variasiyasi
marka va nom 
variasiyasi
qo'shimcha samarani 
ta'minlash variasiyasi
Tovar eliminasiyasi
ixtisoslashtirish
navni o'zgartirish


160 
Tovar eliminatsiyasi – samarali tovar siyosati korxonaning tovar nomenklaturasi 
va ishlab chiqarish dasturini doimiy ravishda nazorat qilish va tartibga solib borishni 
nazarda tutadi. 
Tovar eliminatsiyasi strategiyasining vazifasi – bozorda jozibadorlik nuqtai 
nazaridan shubhali va qayta tekshiruvdan o‘tishi lozim bo‘lgan tovarlarni aniqlashdan 
iborat. 
Tovar variatsiyasi – ishlab chiqarilayotgan va bozorda mavjud bo‘lgan tovarni 
uning ayrim 
xususiyatlari 
yoki ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish yo‘li bilan 
modifikatsiyalash. 
Variatsiya – bozorda mavjud bo‘lgan tovarlarni zamonaviylashtirish. 
Eliminatsiya – ishlab chiqarish dasturidan bironta tovarni ishlab chiqarishni 
chiqarib tashlash. 
Tovar innovatsiyasi strategiyasi yangi tovarni ishlab chiqarish va tatbiq etish 
dasturini aniqlaydi. Biroq «yangi tovar» tushunchasini turli talkinga ega va 
takomillashtirishni asoslash sifatida ishlatiladi, mavjud tovarni yangilash uchun 
ishlatiladi. 
Mavjud nazariya va amaliyotda innovatsiya «yangilik kiritish» va «yangilik» 
tushunchalari bilan sinonim hisoblanadi. 
Bozor innovatsiyasi deganda mavjud mahsulot bo‘yicha yangi g‘oyani olish, 
shuningdek yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va bozorga chiqarish tushuniladi. 
Tovar innovatsiyasi yangi tovarni ishlab chiqish va qo‘llashni ko‘zda tutadi va 
amalga oshirish shakli bo‘yicha tovar differensiatsiyasi va tovar diversifikatsiyasiga 
bo‘linadi. 
Tovar diversifikatsiyasi o‘zida raqobatchi tovarlardan ajralib turuvchi qiladigan 
bir 
qator 
asoslangan 
tovar 
modifikatsiyasini 
ishlab 
chiqish 
jarayonini 
mujassamlashtiradi. 
Bozorni modifikatsiyalashda sotish hajmini oshirish, iste’molchilar ishonchini 
kozonish, yangi bozor segmentlariga tovarni chiqarish, mijozlar e’tibori va qiziqishini 
ushbu firma chiqarayotgan tovarlarga qaratish, xaridorlarni tovarni intensiv 
iste’molini rag‘batlantirish orqali amalga oshiriladi. 


161 
Tovarni modifikatsiyalashda tovar sifatini oshirish, tovar xossasini yaxshilash, 
tovarni bezash va tashqi dizaynini yaxshilash ko‘zda tutiladi. 
Marketing-miksni modifikatsiyalashda esa marketing elementlaridan to‘liq 
ishlatishni nazorat qilish optimal maqsadda marketing elementlarini shakllantirish va 
qo‘llash ko‘zlanadi. 
Maqsadli bozorni o‘zlashtirish yo‘llarini qidirishda muqobil strategiyalarni 
aniqlash uchun I.Ansoff tomonidan 1966 yilda taklif etilgan «tovar-bozor» matritsasi 
ishlatiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling