Kelajakda yangi ishga tushirilishi kutilayotgan stansiyalar - Yashil energetikani rivojlantirish insonlarni nafaqat energiya bilan taʼminlashda, balki ekologiyani asrashda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Shu bois O‘zbekistonda mazkur sohani qo‘llab-quvvatlash doimgidanda dolzarb.
- Masalan, 2026-yilga borib respublikada quyosh va shamol elektr stansiyalari quvvati 8 ming MVtga yetkazilishi va buning natijasida yiliga qariyb 3 milliard kub metr tabiiy gazni tejash imkoni yaratilishi rejalashtirilgan.
- 2023-yilda Navoiy, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami quvvati 1 ming 100 MVt bo‘lgan 4 ta, 2023—2024-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 1 600 MVt bo‘lgan 4 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi.
- O‘zbekistonda quyosh stansiyalarini qurish orqali jami 600 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Bu Respublikaning hozirda energiyaga bo‘lgan jami ehtiyojidan 8 barobar ko‘p degani.
- 2030-yilga borib mamlakatda quyosh elektr stansiyalari quvvatini kamida 5 ming, shamol elektr stansiyalarini 3 ming megavattga yetkazish reja qilingan. Shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqarish tarkibida qayta tiklanuvchi manbalar ulushi 30 foizdan ortishi ko‘zda tutilmoqda.
- Yuqoridagi rejalar va loyihalar amalga oshsa, soni tobora o‘sib borayotgan aholi va tadbirkorlik subyektlarini to‘laqonli elektr energiyasi bilan taʼminlash imkoni paydo bo‘ladi.
- Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” 2020 yilda O‘zbekiston hukumati bilan Markaziy Osiyodagi eng yirik loyiha bo‘lgan Zarafshon shamol elektr stansiyasini loyihalashtirish, qurish va ishlatish bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar imzoladi. Loyiha 600 million AQSH dollaridan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishi kutilmoqda va O‘zbekistonning 2030 yilga qadar elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining 25 foizini qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan qondirishga qaratilgan saʼy-harakatlarining bir qismi bo‘lib hisoblanadi.
- 2024 yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan mazkur 500 MVt quvvatga ega Zarafshon shamol elektr stansiyasi yiliga 1,1 million tonna zararli chiqindilarni chiqishini oldini oladi, shu bilan birga 500 mingta xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlaydi.
- Zarafshon shamol elektr stansiyasi
- “Shamol Zarafshan Energy” tomonidan 500 MVt quvvatga ega Zarafshon shamol elektr stansiyasining birinchi turbinasini oʻrnatish ishlari yakunlandi. Balandligi 97 metr, parraklari uzunligi 77 metr boʻlgan ushbu turbinaning quvvati 4,7 MVt.ni tashkil etadi.
- E’tiboringiz uchun
- rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |