Eritib payvandlash tarixi va turlari Himoya gazlari muhitida payvandlash usullari va jihozlari


Download 337.63 Kb.
bet3/10
Sana22.04.2023
Hajmi337.63 Kb.
#1378429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Eritib payvandlash

Impuls yoyli payvandlash.
Bu usulning mohiyati navbatchi yoyga katta tok impulslarini berishdan iborat. Eriydigan elektrod bilan impuls yoyli payvandlashda elektrod metalini payvand vannasiga o`tkazishning boshqarishni ikki xil usuli qo`llaniladi.
Birinchi usulda elektrod uchida sim erib kerakli o`lchamdagi tomchi hosil bo`lishi, bazaviy tokning oqishida sodir bo`ladi. Yoyga qo`shimcha tok kuchini impuls shaklida berilishi oldindan hosil bo`lgan tomchini uzilishiga hizmat qiladi.
Ikkinchi usulda tomchining erishi va uzilishi bitta impuls bilan amalga oshiriladi. Bunda Asosiy bazaviy tok asosan impulslar orasida yoyni turg`un ushlab turishga hizmat qiladi, amalda payvandlash simini deyarli eritmaydi.
Boshqariluvchi impulslarning payvandlash jarayoniga kiritilishi, Yoydagi gaz oqimlariga tomchilarni o`tishi bilan bog`liq bo`lgan elektromagnit, issiqlik va boshqa aktiv dog`larni chalg`ituvchi tasirlarni kamaytirib payvandlash jarayonini sezilarli darajada turg`unlashtiradi. Lekin payvandlashning asosiy quvvat manbalari bo`lgan kattaliklar, o`rtacha elektr toki kuchi va kuchlanish payvand yoyida tebranib turadi. Bu o`zgarishlar yoyga bo`ladigan tashqi tasirlar(tarmoq kuchlanishining tebranishi, uzatish mexanizmlarining nosozligi tufayli sim uzatish tezligini tebranishi, payvandchi qo`lini qaltirashi) va tabiiy payvandlash paytida elektrod simining erishi bilan bog`liq ravishda sodir bo`ladi. Natijada jarayonning turg`unligi buzilishi va chok geometrik o`lchamlarining o`zgarishi mumkin. Bularning barchasi pirovardida payvandlash sifatni yomonlashtiradi, payvandlash unumdorligini pasaytiradi, shuningdek barcha fazoviy holatlarda payvandlash jarayonini olib borish imkoniyatini bermaydi. Magnit-impulsli payvandlash – bosim bilan payvandlash bo‘lib, bunda impulsli magnit maydon ta’siri oqibatida hosil bo‘lgan payvandlanayotgan qismlarning to‘qnashishi hisobiga bajariladi.
Payvandlanayotgan «uloqtirilayotgan» (1) va harakatsiz (2) detallar tirqish bilan induktorning ishchi xududiga (3), kiritiladi, u C kondensatorlarning quvvatli batareyalaridan (tok) ta’minlanadi. Kondensatorli batareyalarning zaryadsizlanishida, induktor orqali oquvchi tok, tashkil etib turgan muhitda elektr-magnit maydon hosil qiladi, u esa o‘z navbatida harakatlanuvchi detalda uyurmalangan tok yuboradi. Ikkita bir-biriga yo‘naltirilgan toklar to‘knashuvi «uloqtirilayotgan» detalni harakatga keltiradi, u esa o‘z navbatida oniy tezlik bilan harakatsiz detal bilan to‘qnash kelmasdan oldin siljib ularni payvandlashini sodir etadi.


Magnit-impulsli payvandlash sxemasi:
1 – uloqtiriladigan detal; 2 – harakatlanmaydigan detal; 3 – induktor-konsentrator; 4 – markazlovchi metall qisqich; ZQ – zaryad qurilmasi; C – kondensator; Z – zaryadsizlantirgich.
Magnit-impulsli payvandlash bilan 100 mm diametrgacha bo‘lgan quvurni, hamda 0,5–2,5 mm qalinlikdagi tekis detallarni payvandlash mumkin. Magnit-impulsli payvandlash bilan aluminiy, ularning qotishmalari, mis, zanglamas po‘latlar va titan qotishmalarni payvandlash mumkin.



Download 337.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling