Eritmalarni hosil bo‘lishi va ularning konsentratsiyalari. Dispers sistemalarning umumiy xarakteristikasi va sinflanishi. Geterogen va gomogen dispers sistemalar. Eritmalar va ularning hosil bo‘lish jarayonlari


Download 341.98 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi341.98 Kb.
#1560207
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-M (2)


Eritmalarni hosil bo‘lishi va ularning konsentratsiyalari. Dispers sistemalarning umumiy xarakteristikasi va sinflanishi. Geterogen va gomogen dispers sistemalar. Eritmalar va ularning hosil bo‘lish jarayonlari.
9.1. Dispers sistema. Eritmalar

Ikki yoki undan ortiq tarkibiy qismlardan tarkib topgan gomogen sistemalarga eritmalar deyiladi. Eritmalardagi har bir komponent butun hajmda molekula, atom yoki ionlar ko’rinishida teng (bir xil) taqsimlangan bo’ladi. Eritmalar ham aralashmalar singari o’zgaruvchan tarkibli bo’ladi. Eritmalar erituvchi va erigan moddalarning agregat holatlariga ko’ra uch turga bo’linadi:



Tabiatda keng tarqalgani suyuq eritmalardir. Ular erituvchi (suyuq) va erigan
modda (gazsimon, suyuq, qattiq) dan iborat:
Eritma ↔erituvchi + erigan modda
Erigan modda sifatida kislotalar, asoslar, tuzlar va shunga o’xshash moddalar ishlatiladi. Suyuq eritmalar ham o’z navbatida 3 ga bo’linadi:


Suyuq eritmalar suvli va suvsiz bo’lishi mumkin. Suvli eritmalarda erituvchi sifatida suv, suvsiz eritmalarda esa erituvchi sifatida suvdan boshqa erituvchilar (benzol, spirt, efir, atseton, kerosin va boshqalar) ishlatiladi. Erish murakkab fizik-kimyoviy jarayondir. Erigan modda kristall panjarasining buzilishi natijasida hosil bo’lgan zarrachalar (molekula, ion va atom)ning erituvchi molekulalarida taqsimlanishi fizikaviy jarayondir. Erituvchi molekulalari bilan erigan modda zarrachalari o’zaro ta’sirlashuvi natijasida kimyoviy jarayon sodir bo’ladi. Bu ta’sirlashuv natijasida solvatlar (erituvchi sifatida suv ishlatilgan bo’lsa gidratlar) hosil bo’ladi. Shunday qilib eritma deganda erituvchi va erigan moddalarning o’zaro ta’sirlashuv mahsulotlarini tushunish kerak. Masalan, Na2SO4 ning suvli eritmasi deganda tarkibida Na+ ∙ 6H2O, SO · H2O, Na2SO4 va H2O dan iborat gomogen sistemani tushunamiz. Bularning barchasi chin eritmalar uchun xos xususiyatdir.
Ikki yoki undan ortiq tarkibiy qismdan iborat bo’lgan o’zgaruvchan tarkibli gomogen sistema chin eritma deyiladi. Chin eritmalarda erigan modda zarrachalarining o’lchami 1 nm dan kichik bo’ladi.
Chin eritmalar dissotsilanishiga ko’ra 2 ga bo’linadi: Noelektrolitlar-suvda eriydi, ammo ionlarga ajralmaydi. Shuning uchun ularning eritmalari elektr tokini o’tkazmaydi (shakarning suvdagi eritmasi va boshqalar). Elektrolitlar-suvda eriydi va ionlarga ajraladi. Shuning uchun ularning eritmalari elektr tokini o’tkazadi.


Download 341.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling