Эржар мағлубиятидан сўнг Романовский қўлига 22 турли калибрдаги тўп, 670 пуддан зиѐд порох, 220 мингта патрон ва


фабрикаларининг хом ашѐ базаси сифатида куч билан ушлаб


Download 0.55 Mb.
bet4/5
Sana15.01.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1093633
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hujjat (1)

фабрикаларининг хом ашѐ базаси сифатида куч билан ушлаб
турилди
88
Turkiston jadidlarining ma’rifatchilik faoliyatlari faqatgina maktablarda emas, balki jonli matbuotchilik faoliyatida, jumladan, ro‘znomalaming
ko‘plab vujudga kelishida ham ko‘rindi. Chunonchi, 1906-yilda Ismoil Obidovning muharrirligida “Xurshid”, 1907- 1908-yillarda Abdulla Avloniy
muharrirligidagi “Osiyo” ro‘znomalari chop etildi. Lekin tez orada chor
ma’muriyati ashaddiy shovinist N.P.Ostroumov bildirishnomasiga asoslanib
bu ro‘znomalar chiqishini man etdi.
0 ‘zbek ziyolilari yetakchilaridan biri Asadullaxo‘ja o‘g‘li Ubaydullaxo‘ja
1913-yilda “Taraqqiyparvar” nomli ziyolilar firqasini tuzib, 1914-yildan
uning “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg‘ona” gazetalari ham chiqa boshlaydi. Shuningdek, ma’rifatchilikning yangi to‘lqinida 1913 - 1915-yillarda “Samarqand”, “Buxoroi sharif”, “Turon”, 1917-yilda esa “Е1 bayrog‘i”,
“Kengash”, “Hurriyat”, “Ulug‘ Turkiston” gazetalari kabi ommaviy axborot
vositalari hamda jadidlaming “Oyna” jumali paydo bo‘ldi. Bu gazeta-jumal
sahifalarida e’lon qilingan maqolalar xalq ommasini mustamlakachilikka qarshi qo‘zg‘alishga chorladi.
Jadidlar o‘z milliy teatriga ham asos soldi. 1913-yilda Munawarqori
Abdurashidxonov rahnamoligida musulmon drama san’ati havaskorlari jamiyati - “Turon” guruhi tuzildi. 1914-yil 27-fevralda Toshkentda o‘zbek milliy
teatri ochilib, unda M.Behbudiyning “Padarkush” pyesasi namoyish etildi.
Jadidlar matbuotida ham, sahna asarlarida ham xalq ommasini milliy va
diniy birlikka, jipslashishga, xalqning ijtimoiy ongini ko‘tarishga muhim
e’tibor qaratilgan edi.
Turkistonda jadidchilik harakati rivojida Mahmudxo‘ja Behbudiyning
xizmati beqiyos. “Turkiston jadidlarining otasi” deb nom olgan Behbudiy
1874-yil Samarqand viloyati Baxshitepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Tog‘asi muftiy mulla Odildan arab tili va boshqa ilmlarni o‘rganib, Istambul va Qohira
shaharlaridan yangi usul maktablari, yuqori va quyi bilim yurtlari, yangi arab,
turk adabiyoti va matbuoti tajribalarini o‘rganib qaytadi. 1903 - 1904-yillarda Peterburg, Moskva, Qozon, Orenburgda yangi usul maktablari, ta’limtarbiya tizimi va Boqchasaroyda LGaspiralining “Tarjimon” gazetasi bilan
tanishadi va Samarqandda yangi usul maktablari ochadi;

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling