Эржар мағлубиятидан сўнг Романовский қўлига 22 турли калибрдаги тўп, 670 пуддан зиѐд порох, 220 мингта патрон ва
фабрикаларининг хом ашѐ базаси сифатида куч билан ушлаб
Download 0.55 Mb.
|
Hujjat (1)
фабрикаларининг хом ашѐ базаси сифатида куч билан ушлаб
турилди 88 Turkiston jadidlarining ma’rifatchilik faoliyatlari faqatgina maktablarda emas, balki jonli matbuotchilik faoliyatida, jumladan, ro‘znomalaming ko‘plab vujudga kelishida ham ko‘rindi. Chunonchi, 1906-yilda Ismoil Obidovning muharrirligida “Xurshid”, 1907- 1908-yillarda Abdulla Avloniy muharrirligidagi “Osiyo” ro‘znomalari chop etildi. Lekin tez orada chor ma’muriyati ashaddiy shovinist N.P.Ostroumov bildirishnomasiga asoslanib bu ro‘znomalar chiqishini man etdi. 0 ‘zbek ziyolilari yetakchilaridan biri Asadullaxo‘ja o‘g‘li Ubaydullaxo‘ja 1913-yilda “Taraqqiyparvar” nomli ziyolilar firqasini tuzib, 1914-yildan uning “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg‘ona” gazetalari ham chiqa boshlaydi. Shuningdek, ma’rifatchilikning yangi to‘lqinida 1913 - 1915-yillarda “Samarqand”, “Buxoroi sharif”, “Turon”, 1917-yilda esa “Е1 bayrog‘i”, “Kengash”, “Hurriyat”, “Ulug‘ Turkiston” gazetalari kabi ommaviy axborot vositalari hamda jadidlaming “Oyna” jumali paydo bo‘ldi. Bu gazeta-jumal sahifalarida e’lon qilingan maqolalar xalq ommasini mustamlakachilikka qarshi qo‘zg‘alishga chorladi. Jadidlar o‘z milliy teatriga ham asos soldi. 1913-yilda Munawarqori Abdurashidxonov rahnamoligida musulmon drama san’ati havaskorlari jamiyati - “Turon” guruhi tuzildi. 1914-yil 27-fevralda Toshkentda o‘zbek milliy teatri ochilib, unda M.Behbudiyning “Padarkush” pyesasi namoyish etildi. Jadidlar matbuotida ham, sahna asarlarida ham xalq ommasini milliy va diniy birlikka, jipslashishga, xalqning ijtimoiy ongini ko‘tarishga muhim e’tibor qaratilgan edi. Turkistonda jadidchilik harakati rivojida Mahmudxo‘ja Behbudiyning xizmati beqiyos. “Turkiston jadidlarining otasi” deb nom olgan Behbudiy 1874-yil Samarqand viloyati Baxshitepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Tog‘asi muftiy mulla Odildan arab tili va boshqa ilmlarni o‘rganib, Istambul va Qohira shaharlaridan yangi usul maktablari, yuqori va quyi bilim yurtlari, yangi arab, turk adabiyoti va matbuoti tajribalarini o‘rganib qaytadi. 1903 - 1904-yillarda Peterburg, Moskva, Qozon, Orenburgda yangi usul maktablari, ta’limtarbiya tizimi va Boqchasaroyda LGaspiralining “Tarjimon” gazetasi bilan tanishadi va Samarqandda yangi usul maktablari ochadi; Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling