Erkaklar kiyimlarning bichilgan bo’laklariga ishlov berish, kiydirib ko’rishga tayyorlash. Mundarija: kirish


II.BOB. KIYIM ISHLAB CHIQARISH UCHUN ISHLATILADIGAN MATERIALLAR


Download 1.84 Mb.
bet15/18
Sana18.12.2022
Hajmi1.84 Mb.
#1031189
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
ERKAKLAR KIYIMLARNING BICHILGAN BO’LAKLARIGA ISHLOV BERISH, KIYDIRIB KO’RISHGA TAYYORLASH.

II.BOB. KIYIM ISHLAB CHIQARISH UCHUN ISHLATILADIGAN MATERIALLAR.
Kiyim ishlab chiqarishda har xil materiallardan foydalaniladi. Ularning assortimenti xomashyosi, ishlab chiqarish usuli, ishtatilishi bo‘yicha xilma-xil bo‘lib, asosiy, qo‘shimcha (astar, qotirma, tugma, piston va sh.k.), issiq tutadigan (sovuq o‘tkazmaydigan), qismlarni birlashtiradigan materiallarga bog‘liq bo‘ladi. Asosiy materiallarga har xil tola tarkibli gazlama, trikotaj, mato, noto‘qima material, tabiiy va sun’iy charm, mo‘yna, plyonka, rezina va plyonka qoplangan gazlamalar kiradi.
Qo‘shimcha materiallarga bortli va tukli gazlamalar- doka; qotirish uchun noto‘qima material, kolenkor; issiq tutadigan materiallarga- vatin, paxta, porolon, tabiiy va sun’iy mo‘ynalar; qismlarni birlash-tiruvchilarga- tikish ipi, yelimli hamda termoplastik materiallar; kiyim-kechak ashyolariga – tugma, ilgak, halqa, knopka va boshqalar kiradi. Bu materiallarga ishlatilishiga qarab har xil talablar (gigiyenik, mustahkamlik, estetik va boshq.) qo‘yiladi. Asosiy materiallar kiyimlarning yuza qismi va astari; qo‘shimcha materiallar - karkas tuzish, qattiq shakl berish hamda qismlarni yanada mahkamlash; issiq tutadigan materiallar sovuq o‘tkazmaslik; kiyim-kechak ashyolari va pardozlovchi materiallar qo‘shimcha pardozlar uchun ishlatiladi.



2.1.Trikotaj matosi.
Halqalash yo‘li bilan olingan to‘qimachilik matosi yoki buyumidir. Shuning uchun har qanday trikotaj materiali ko‘ndalang va uzunasiga birlashgan halqalar tizimidan iborat bo‘ladi. Trikotaj tuzilishining birlamchi elementi halqa hisoblanadi. Halqalar ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin. Ochiq halqalar matoga yaxshi cho‘ziluvchanlik, elastiklik, yopiq halqalar yuqori shakl saqlashlik xususiyatini beradi. Halqalar gorizontal bo‘yicha bir-biri bilan bog‘lanib ular qatorini, vertikal bo‘yicha halqalar ustunini hosil qiladi. Halqa hosil qilish jarayoni halqa hosil qiluvchi mashinalaryordamida amalga oshiriladi. Trikotaj matosi olishda har xil qarmoqli va tilchali ignalardan foydalaniladi. fgnadonga mahkamlanadi. Ular qancha zich joykshsa, matolar shuncha zich bo‘ladi. Ignalar ignadon uzunligidagi ignalar soni bo‘yicha halqalovchi mashinaning sinfi aniqlanadi. Ignalar ninadonlar yassi va aylana bo‘lishi mumkin.Trikotaj to‘qilish turlari. Matolarda halqalarning ma’lum bir tartibda joylashishi va o‘zaro bog‘lanishidir. Trikotaj to‘qilishlarining turlari juda xilma-xil bo‘lib, ikki sinfgabo‘linadi: ko‘ndalang vao‘rib (bo‘ylama) to‘qilish. Har bir to‘qilish sinfi o‘z navbatida uch guruhga bo‘linadi: 1. Bosh to‘qilishlar. 2. Hosila to‘qilishlar. 3. Gulli to‘qilishlar.Bosh to‘qilishlar deb, halqalari bir shakl va o‘lcham bir xil xom-ashyodan bo‘lgan to‘qilishga aytiladi. Bular tuzilishi bo‘yicha oddiy, hosila va gulli to‘qilishlarni hosil qilishda asos bo‘lib hisoblanadi. Ikki yoki bir necha bosh to‘qilishlardan hosila to‘qilishlar paydo bo‘ladi. Gulli to‘qishlarda halqachalarning o‘lchamlari, ranglari va shakllari bir-biridan farq qiladi. Natijada, trikotaj matosining yuza sathida naqshlar paydo bo‘ladi. Ko‘ndalang to‘qilishning bosh guruhiga glad, lastik to‘qilishlari kiradi.
Hozirgi vaqtda trikotaj buyumlarining aksariyat qismi gulli to‘qilishlar bilan ishlab chiqarilmoqda. Bosh to‘qilishlar mustaqil ravishda ko‘p ishlatilmasa ham hosila va gulli to‘qilishlarni olishda asos bo‘lib hisoblanadi.Zanjir to‘qilish oddiy bo‘lib, gulli to‘qilishlarning tarkibiy qismidir. U mustaqil ravishda ro‘mol va sharflarning hoshiyasini hosil qilishda qoilaniladi.Triko to‘qilish bir fanturli vertelka va rashel mashinalarda balarilib, bir o‘lchamli hamda bir tomonga yo‘nalgan halqalardan iborat bo‘ladi. Triko gulsiz va guldor (ko‘ndalang yo‘li) bo‘lishi mumkin. Triko to‘qilishi mustaqil ravishda kam ishlatilib, boshqa murakkab to‘qilishlarni olishda asos bo‘lib xizmat qiladi.Atlas to‘qilish bilan mato tayyorlashda birinclli ip halqa hosil qilgandan so‘ng ikkinchi halqa ikkincllj qatordagi ignada halqalanadi. Shu tartibda davom etib, ignada halqalar hosil bo‘ladi, ya’ni iplar navbatma-navbat bir necha ustunchada halqa hosil qiladi hamda h tartibda orqaga qaytadi. Bir ipdan bir yo‘nalishda halqa hosil  qilishda qainashgan ignalar soniga ko‘ra atlas tolqilishi uch, to‘rt, olti, sakkiz va ko‘p qaiorli bolishi, yo‘1-yo‘l ehiziqlarining mavjudligi hamda eniga qarab cho‘ziluvchanligi bilan tavsiflanadi.
Atlas to‘qilishi, asosan, ichki va ustki trikotaj buyumlari uchun mo‘ljallangan matolar hosll qilishda qo‘llaniladi hamda maxsus yassi mashinalarda to‘qiladi. Ikki fanturli mashinalarda o‘rib to‘qish usuli bilan olingan bosh to‘qilishlarga interlokli triko va atlas kiradi. Bu matolar rashel mashinalarida to‘qilib. ustki trikotaj buyumlari (kostyumlar, ko‘ylaklar, jaket va djemferlar) ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling