Erkaklar kiyimlarning bichilgan bo’laklariga ishlov berish, kiydirib ko’rishga tayyorlash. Mundarija: kirish
Trikotaj kiyimlarni bichishning o‘ziga xosligi
Download 1.84 Mb.
|
ERKAKLAR KIYIMLARNING BICHILGAN BO’LAKLARIGA ISHLOV BERISH, KIYDIRIB KO’RISHGA TAYYORLASH.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kiyimlarga qo‘shimcha pardoz berish.
- Trikotaj buyumlari tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari.
2.2.Trikotaj kiyimlarni bichishning o‘ziga xosligi.
Bichilgan trikotaj buyumlarining (bular trikotaj buyumlari assortimentining 60% dan ko‘prog‘ini tashkil qiladi) hajmli shakli konstruktiv yo‘l bilan, ya’ni choklar va zaxira choklar hisobiga olinadi. Trikotaj buyumlarining konstruksiyasi birgina qaddi-qomat o‘lchovlarini e’tiborga olib qolmasdan, balki buyumlarni ishlatish va tayyorlash paytida paydo bo‘ladigan trikotajning o‘ziga xos xususiyatlariga qarab yaratiladi. Trikotajning bunday xususiyatlariga ularning cho‘ziluvchanligi, elastikligi, kirishishi (usadka), qalinligi, chekkasining o‘ralib qolishi, tarqalib va teshilib ketishi kiradi.Trikotaj polotnolari uzunasiga mustahkam va kamroq cho‘ziluvchan bo‘ladi. Shuning uchun konstruksiyalashda barcha detallari halqa qatorlariga qarab uzunasi bo‘yicha to‘shaladi. Trikotaj buyumlarini tikish va bichish paytida namli-issiq, mexanik ta’sirlar natijasida ularning ayrim detallarida trikotajning qisqarishi paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun konstruksiyalangan andoza o‘lchamlariga qisqarish mumkinligini e’tiborga olgan holda aniqliklar kiritiladi.Kiyimlarni ommaviy ishlab chiqarish. Kiyimlar ommaviy, turkumli yoki individual holda tikilishi mumkin. Ommaviy ishlab chiqarishda bir turdagi buyumlar ko‘p miqdorda, turkumli ishlab chiqarishda uncha katta bo‘lmagan partiyalar va yakka tartibda kiyimlar atelyelarida tikiladi. Kiyim ishlab chiqarish standartlar va texnik shartlarning talablari, namuna (etalon) va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan model bo‘yicha texnik yozuvlar asosida amalga oshiriladi. Kiyim tayyorlash jarayoni materiallarni bichish hamda tikish operatsiyalarini o‘z ichiga oladi.Materiallarni bichish. Bu operatsiyaning maqsadi bichimlarni tayyorlash, ya’ni buyumning tuzilishi bo‘yicha gazlamalarni alohida bo‘laklarga (detallarga) kesishdan iborat. Buyumning shakli va o‘lchami bo‘yicha qomatga mos kelishi bichimning aniqligiga bog‘liq bo‘ladi. Bichish tayyorlov va asosiy operatsiyalarga bo‘linadi.Kiyim modelini tanlash - barcha materiallarni texnik yozuvlar va savdo tashkilotlarining buyurtmalari asosida hamda artikuli, rangi, gazlamaning gullari bo‘yicha har bir modelga (usti, astari, issiq saqlovchanligi, pardozi, furnituralari va boshqalar uchun) ajratib olishdir.To‘shash uchun materiallarni navlarga ajratishda rangi, guli, eni, tola tarkibi va fizik-mexanik xususiyatlari bir xil bo‘lgan gazlamalar birlashtiriladi. Gazlama bo‘lagini hisoblashda uzunligidan qoldiq qolmasligi uchun oldindan o‘lchanadi. Buning uchun har bir bo‘lak gazlama alohida-alohida hisoblanadi. Taxlashga ketadigan gazlama bo‘laklarini hisoblashda har xil turdagi, o‘lchamdagi, uzunlik va to‘lalikdagi buyumlarga sarf bo‘ladigan gazlamalar me’yorini bilish kerak. Bo‘rlash (obmelovka)da to‘shab taxlangan gazlamalar ustidagi andozalarning chekkasi chizib chiqiladi. Gazlamalarning sarfi ko‘p bo‘lmasligi uchun andozalar zich qo‘yiladi. Bo‘rlash modeli tez-tez o‘zgarib turadigan buyumlar tayyorlashda qo‘llaniladi. Fasonlari uzoq muddat o‘zgarmaydigan buyumlar tayyorlashda (maktab formasi, ichki kiyimlar va boshq.) gazlamalarni bichishda trafaretlardan foydalaniladi. Trafaret - andozalarining chekkasi teshilgan kleyonka yoki zich-qalin qog‘ozdir. Bichish jarayonining asosiy operatsiyalari. Bichishning asosiy operatsiyalariga gazlamalarni taxlash, ularni kesish, bichimlar sifatini tekshirish va bichilgan qismlarini to‘plash kiradi. Taxlangan (to‘shalgan) gazlamalar harakatlanuvchi va statsionar mashinalarda kcsiladi. Stabil tuzilishdagi buyumlarning qismlari presslarda kesiladi. So‘ngra bu qismlar sifati bo‘yicha tekshiriladi hamda to‘planadi. Kiyimlarni tayyorlash. Kiyimlarni tayyorlash jarayoni bichilgan qismlarga oldindan ishlov berish, ulardan buyumlar yig‘ish, hajmli shakl va tovarli ko‘rinish hosil qilishdan iborat. Bu jarayonda kiyimlarning tashqi ko‘rinishi, qaddi-qomatga o‘tirishi hamda uzoqqa chidamliligini belgilovchi muhim xususiyatlar shakllanadi. Kiyimlarni tayyorlash (tikish) jarayoni qismlarni birlashtirish, namli-issiq, ishlov berish va yakunlovchi pardozlash operatsiyalaridan iborat. Kiyimlarning qismlarini birlashtirish ipli, yelimlash va payvandlash usullarida amalga oshiriladi. Buyumlar qismlarining biriktirilgan joyi chok deb ataladi.Kiyim detallarini ipli biriktirish choklar, baxyalar va qaviq (stejok)lar vordamida amalga oshiriladi. Qaviq- ignaning ikki marta sanchib teshilgan teshigining orasidagi iplarning materialdagi to‘qilishidir. Baxya - takror qaytariladigan qaviqlar qatori. Ipli qaviqlar, baxyalar va choklar tikish mashinalari qo‘lda bajarilishi mumkin. Qo‘lda balarligan baxyalar. qaviqlar va choklar detallarni vaqtincha biriktirish, issiq ishlov berish oldidan buyum chekkalarini to‘g‘rilash uchun ishlatiladi.Baxyalar chiziqli, shaklli va ko‘klab tagidan yoki ichidan tikiladigan (obmyotochno-podshivochniy) bo‘lishi mumkin. XULOSA Xulosa qilib aytganda men shuni tusshundimkiy chiziqli baxyalar detallarni tikish va buyumlarni pardozlash uchun ishlatiladi.Birlashliruvchi choklar baxyali, shu asosda yopishtirilgan, ustma-ust baxyali, ikki qavat va uchma-uch bo‘ladi. Chetki choklar odaida buyum va qismlarning chekkasidan o‘tkaziladi. Pardozlovchi choklar har xil buklamlar, burmalar va boshqa shunga o‘xshash ishlarni balarishda qo‘ltaniladi. Bularga hoshiyali, bo‘rtma naqshli choklar kiradi.Kiyim qismlarini yelimli birlashlirish uncha sezilmaydigan yon tomonlari ichki astarlarini, qism chekkalarini, etaklari va boshqalarni birlashtirishda qo‘llaniladi. Kiyimlarni tayyorlashda yelimlar plyonka, poroshok, ip yoki dona-dona ko‘rinishda ishlatiladi. Ular ichki astarbop gazlamalar (byaz, mitkal, bortovka va boshq.)ga surtiladi. Qismlar ma’lum bir tartibda presslarda yoki dazmollar yordamida yelimlanadi. Qismlarning yelimli birlashmalari yuqori darajada shaklni saqlashlik xususiyatini beradi.Kiyim qismlarini payvandlash materiallari plyonkali va u bilan qoplangan hamda sintetik termoplastik tolali gazlamalardan bo‘lgan buyumlar olishda qo‘llaniladi. Uch usulda payvandlash mumkin: termokontaktli, yuqori chastotali tok va ultratovush bilan. Payvandlash choklarining tashqi ko‘rinishi chiroyli, qalinligi uncha katta bo‘lmagan hamda germetik bo‘ladi.Kiyimlarga namli-issiq ishlov berish. Kiyimlarga namli-issiq ishlov berish ulardan foydalanishda muhim rol o‘ynaydi. Bu usulda ishlov berish qismlar yelimli birlashtirilganda, oxirgi pardoz va buyumga tovar ko‘rinish berishda o‘tkaziladi. Buning mohiyati shundan iboratki, nam, issiq, dazmol va presslar bosimi ostida materiallar yuqori elastik holatga o‘tadi, natijada ularni cho‘zish, qisqartirish, yupqalashtirish hamda kerakli shakl berish mumkin. Bu jarayonda buyumlar kerakli hajmli shaklga ega bo‘ladi, g‘ijimlar, buklamlar va yaltiroq dog‘lar (laslar), notekisliklar to‘g‘rilanadi.Yakunlovchi pardozlash operatsiyalari. Buyumlarai to‘la bezatish va ularga tovar ko‘rinishi berish uchun amalga oshiriladi. Bu operatsiyalarga quyidagilar kiradi: halqa va qistirgichlar tayyorlash, oxirgi namli-issiq ishlov berish va buyumlarni bug‘lash. Kiyimdagi ilmalar xilma-xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: baxyalangan, yo‘rmalangan, qadama, shnurli va ipli.Qistirgichlar izmalar oxirini cho‘ntakning kesilgan joylari va qaytarma yoqalarning burchaklarini mahkamlash uchun qo‘llaniladi. Tugmalar, ilgaklar va knopkalar qo‘lda yoki yarim avtomat-mashinalarda tikiladi. Buyumlar maxsus mexanizatsiyalangan cho‘tkalarda tozalanadi. Oxirgi namli-issiq ishlov berish presslar va gaz-havoli manekenlarda balariladi.Kiyimlarga qo‘shimcha pardoz berish. Bu kiyimning estetik xususiyatini yaxshilash maqsadida amalga oshiriladi. U o‘ziga xos xususiyatlariga qarab, ikki guruhga bo‘linadi: konstruktiv-texnologik va bezakli. Bezakli pardozlash buyumlarning tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lmasdan, balki kiyimlarni bezash maqsadida balariladi, xolos.Konstruktiv-texnologik pardozlashda quyidagilar qo‘llaniladi: buklamlar, qat-qatlar (gafrerovka), plisseravka (dazmol urib qat-qat qilingan), burmalar, to‘lqinlar, jabolar (burma hoshiyalar), mag‘izlar, beykalar, yoqacha va manjetlar (olib qo‘yiladigan) va boshqalar.Bezak pardozlar (bezash)ga kashtalar, applikatsiyalar, popuklar, to‘rlar va boshqalar kiradi.Trikotaj buyumlari tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari. Bunda matoning tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlari (cho‘ziluvchanligi, elastikligi, kesilgan joylari bo‘yicha tarqalib ketishi) e’tiborga olinadi. Oxirgi xususiyatlari bichilgan va yarim muntazamli trikotaj buyumlari tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.Buyumlar tayyorlashda ularning qismlari iplar yordamida birlashtiriladi. Yelimlash usullari esa applikatsiyalarda va ustki kiyimlarning chekkalarini qaytarishda qo‘llaniladi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling