Erkaklar Nega "yomon"


Nega moliyaviy mustaqillik sizga kuch beradi?


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/92
Sana16.07.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1660591
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92
Bog'liq
11 labaratoriya

Nega moliyaviy mustaqillik sizga kuch beradi? 
Bashanglik yangi kiyimda emas 
KOKO Shannel 
Moliyaviy mustaqillik: Hayotingizni kim nazorat qiladi? 
Shahsiy munosabatlarning yana bir jihati borki undan ko`z yumib bo`lmaydi.Men 
pul haqida gapiraypman.Ko`pchilik ayollar hamma to`lovlarni to`laydigan oq otdagi 
shahzodani orzu qilishadi. Agar bu shahzoda qasrdagi barcha to`lovlarni to`lasa unda u 
yerda yangraydigan musiqani ham o`zi buyuradi. Ana shunda malika ortiq malikalardek 
bo`la olmaydi balki o`zini hizmatkordek his etadi. 
Bu bobda siz o`zingizni unutganingizda va o`z o`zingizni ta`minlash imkonidan 
mahrum bo`lganingizda nima bo`lishi haqida gaplashamiz. 
Maftunkorlik omili 76 
Moliyaviy jihatdan ikki oyog`ingizda qattiq tura olmas ekansiz u sizni shahs 
sifatida hurmat qilmaydi. 
Mashina sotib olib siz uni rasman egasiga aylanasiz, va buni tasdiqlovchi hujjatga 
ega bolasiz. Qo`lingizda bu hujjat bilan mulk egasi ekaningizni tasdiqlashingiz mumkin. 
U sizni boshqa biror burchingiz yoki hali to`lanmagn to`lovlaringiz yoqligini ko`rsatadi. 
Siz ana shu transport vositasini mutlaq va yagona egasidirsiz. Va u sizni ihtiyoringizda, 


123 
nima hohlasangiz shuni qilasiz. Qachonki ayol o`z hayotini aynan shunday mutlaq egasi 
bo`lganida shahsiy munosabatlarga boshqacha kirishadi. 
Ko`pgina onalar qizlariga aynan shuni ta`kidlashadi: O`z mustaqilligini qurbon qilib 
erga moliyaviy qaram bo`lgan ayol tanlash huquqini yo`qotadi.U butunlay va mutlaq 
boshqalar ehtiyoji va hohishiga tobe bo`ladi.Mana nega ayol o`z mustaqilligini saqlab 
o`z hayotiga o`zi egalik qilishi kerak. 
Ish =pul=mustaqillik=tanlash huquqi= qadr qimmat 
 Erkak o`ziga Iqtisodiy qaram bo`lgan ayolga qanday munosabatda bo`lishini 
onalar juda yhshi bilishadi. Ayol eri uchun quvonch emas balki og`ir yukka aylanadi. 
Buni anglagan er bu munosabatni ortiq kurashish zarur bo`lgan imtiyoz deb qabul 
qilmaydi. 
Bu farzand tarbiyasi bilan mashg`ul ayollarga taaluqli emas.Gap oila haqida 
borganda ayol o`z burchlarini ado etishi kerak. Bu holda erkak uni yuk deb 
hisoblamaydi, chunki ayolning vazifalari unikidan kam emas. Erkak uy ishlaridan ko`ra 
ko`chadagi yumushini afzal bilgani uchun ham ayolga hurmat bilan qaraydi. 
Shart sharoitni tanlash imkoniga ega ekansiz, o`z hayotingizga o`zingiz 
bekaligingizcha qolasiz. Kuch va hokimiyatni ham saqlab qolasiz. Agar ketgingiz kelsa 
buyumlaringizni yug`asizu ketasiz. Sizning mustaqilligingiz erkakni sizni ketishingizni 
istamsligiga majbur etadi. Sizni behurmat qilishlariga toqat qilib o`tirmaysiz. Butun 
dunyo maftunkorligi yig`ilsada shu birgina o`zini hafa qildirib qo`ymaslik imkonini 
o`rnini bosa olmaydi. 
O`z hayotingiz ma`suliyatini erga topshirganingizda u o`zini qopqonga tushgandek 
his etadi. Siz bilan birgaligidan quvonchni emas, siz uchun masul ekanini his etadi. Va 
bu yukni tortishga uni qurbi yetmay qolishi mumkin. Endi u ikkita odam uchun oziq 
ovqat topishga, ikkta odam uchun uy topishga va ikki hissa to`lov to`lashga mahkum. U 
juda tez ikki baravar ma`suliyatning bosimini his etadi. 
Yomon qiz odatda o`z mustaqilligini saqlab qolishga intiladi. U munosabatga 
shunday kirishadiki uni hech kim yuk deb qabul qilmaydi. U hecham o`z oyoq qo`lini 
bog`lab bermaydi. 
Siz o`z qadr qimmatingizni har narsadan ustun qo`yishingizni erkak anglashi kerak, 
hatto u judaym boy bo`lsada. U shuni bilsinki bordiyu sizga yetarlicha hurmat bilan 


124 
munosabatda bo`lmasa siz yuklaringizni yig`asizu uni shohona qasridan hech o`ylab 
o`tirmay o`zingizni bir honali kvartirangizga chiqib ketasiz. Bordiyu qimmatbaho 
mashinada hurmatsizlikka toqat qqilishingizga to`g`ri kelsa siz “Mersedes Bens” o`rniga 
“Fiat Puntoda” yurishni ma`qul ko`rasiz. Siz o`zingizga yoqmagan narsalarga toqat 
qilishga majbur emassiz. U hayotingizda paydo bo`lishidan avval ham juda yahshi 
yashaganingizni bilishi zarur. 
Odatda siz buni unga o`z hatti harakatingiz bilan ko`rsatasiz, ammo lozim bo`lib 
qolsa bularni so`z bilan ham ifoda etishingiz mumkin.Masalan siz serial ko`rayapsiz va u 
yerda bahtiqaro ayol erdan qayta qayta kaltak yeyapti.Fursatdan foydalanib yoringizga 
tarbiyaviy suhbat uyishtirishingiz mumkin. Shunchaki unga o`giriling va ko`zlariga tik 
boqib : “ Men bunday erkakni joyida o`ldirardim!” deng 
Maftunkorlik omili 77 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling