Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
Birinchidan, xorijiy investorlar tomonidan xarid qilinishi mumkin bo„lgan
ko„pgina mahalliy resurslar mamlakatda kamyob hisoblanadi. Xorijiy investorlarning bozorga kirib kelishi natijasida talabning o„sishi esa vaziyatni yanada keskinlashtirishi mumkin. Agar gap yaqin istiqbol to„g„risida ketayotgan bo„lsa, xorijiy investorlar o„z shaxsiy manfaatlariga bo„ysunib, resurslar evaziga yuqoriroq narhlar to„lab ushbu tanqislikni bartaraf etishlari mumkin. Lekin, bu inflyasiya jarayonlari rivojlanishini tezlashtirishi va mamlakatda faoliyat ko„rsatayotgan boshqa firmalar uchun resurslar tanqisligi muammosini keskinlashtirishi mumkin. Uzoq 59 muddatli rejada EIHda faoliyat yuritayotgan firmalar tomonidan qo„shimcha talab mahalliy tovar yetkazib beruvchilarni ushbu yangi talabni qondirish uchun ishlab chiqarish quvvatlarini ko„paytirishga majbur etadi. Lekin, bunday jarayon bir necha yil davom etadi. Ikkinchidan, mahalliy resurslarning sifati va texnologik darajasi xorijiy firmalar tomonidan ushbu resurslarga bildirilayotgan standartlarga mos kelmasligi mumkin. Ushbu muammoga xorijiy investorlar mahalliy resurslardan foydalangan barcha hollarda duch keladilar. Vaqt o„tishi bilan mahalliy tovar yetkazib beruvchilar asta-sekin o„z ishlab chiqarishining texnologik darajasini ko„tarib boradilar. Biroq, ushbu texnologik takomillashtirish avtomatik ravishda ro„y bermaydi. Agar texnologiya darajalari o„rtasidagi tafovut kattta bo„lsa, xorijiy investorlar mahalliy tovar yetkazib beruvchilar bilan aloqalarni uzishga va zonadagi faoliyatini o„zining an‟anaviy yetkazib beruvchilariga tayangan holda davom ettirishga qaror qilishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, EIHlardagi xorijiy firmalar va undan tashqarida faoliyat yuritayotgan mahalliy korxonalar o„rtasida iqtisodiy va texnologik aloqalarni o„rnatish usullari, rag„batlari va tashkiliy shakllari tizimi zarur. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling