Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- “BERI” (business environment risk index)
Tayanch iboralar:
Investitsiya muhiti, iqtisodiy tuzilma, investitsiya loyihasi, risk, investor, valyuta, Jahon banki, investitsion jozibadorlik. Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1. Investitsiya muhitini baholash uning investitsyalarni jalb etish uchun qanchalik jozibali ekanligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan ham har bir davlat o„z investitsiya muhitini baholash va uning natijasi asosida investitsiya muhitining yanada qulayligini oshirishga doimo alohida e‟tibor qaratib keladi. 2. Investitsiya muhitini baholashda har bir davlatda e‟tiborga olinadigan alohida mezonlar ishlab chiqilgan. Shuning bilan birga jahonda turli xalqaro tashkilotlar, reyting agentliklari tomonidan ham davlatlar investitsiya muhitini baholash amaliyoti mavjud. Bu esa investitsiya muhitining xolis subyektlar tomonidan xorijiy investorlar uchun jozibadorligini haqqoniy baholash ishonchini uyg„otadi. 3. Xalqaro tashkilotlar va reyting agentliklari tomonidan investitsiya muhitini baholashda turli omillar hisobga olinib, ularning investitsiya muhitiga ko„rsatuvchi ta‟siridan kelib chiqib turlicha balllarda baholash tizimi ishlab chiqilgan. Jumladan, dunyoning bir qator rivojlangan davlatlari, masalan, Shveytsariya, Germaniya kabi qator mamlakatlarning nufuzli axborot xizmatlari davlatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy xolatini baholash uchun har biri 0 – qoniqarsiz va 4 – o„ta qulaygacha bo„lgan balli shkala bo„yicha baholanadigan 15 ta muhim ko„rsatkichni hisobga oladigan “BERI” (business environment risk index)ni qo„llaydi. Nazorat uchun savollar: 1. Investitsiya muhitini baholashning obyektiv zarurligi nimalardan iborat? 2. Investitsiya muhitini baholashda tez o„zgaruvchan va nisbatan barqaror omillar nimalardan iborat? 3. Qaysi xorijiy davlatlarning investitsiya muhitini baholash tizimini bilasiz? 4. “Xalqaro tashkilotlar va reyting agentliklari tomonidan investitsiya muhitini baholashning zarurligi nimalardan iborat? 5. Investitsiya muhitini baholash bo„yicha qanday xalqaro tashkilot va reyting agentliklarini bilasiz? 6. “Investitsiya muhitini baholashda qanday ko„rsatkichlardan foydalaniladi, 123 “BERI” va ICOR ko„rsatkichlari nima maqsadla qo„llaniladi? Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling