Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
Tayanch iboralar:
Logistika, tijorat logistikasi, san‟at. Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1. Logistika yuzaga kelish sababi va tarixiga ko„ra juda katta qiziqish uyg„otuvchi soha hisoblanadi. Bugungi kunda iqtisodiyotni va uning tarmoqlarini, jahon iqtisodiyotini logistikasiz tasavvur qilib bo„lmaydi. Logistika o„ziga xos tizimda ishlovchi soha sifatida yangidan-yangi qirralari nomayon bo„lib kelayotgan iqtisodiyotning ajralmas bir tarkibiy qismidir. Buni uning yuzaga kelish va qo„llanishi tarixi ham asoslaydi. 2. Logistika atamasining mazmunini ochib breshi bo„yicha ko„pniga asarlar yaratilgan bo„lib, ularda logistika so„zining kelib chiqish tarixlari ham ochib berilgan. Shunga ko„ra, aytish mumkinki, Qadimgi Afinada maxsus amal – “logist” yoki ijtimoiy o„z-o„zini boshqarish amaldori bo„lgan (eramizgacha V asrda 30 ga yaqin). Logistlar har yil qura tashlash yo„li bilan belgilanganlar, ularning vazifasi vakolati tugagan boshqa amaldorlarning hisobotlarini tekshirish va bu hisobotlarni faxrli fuqoralar Kengashida tasdiqlashga topshirishdan iborat bo„lgan. Kengashning qarori yakuniy bo„lgan. 3. Shuningdek, logistikadan boshqa sohalarda, jumladan, harbiy sohada ham keng foydalanilgan. O„z navbatida, logistikaning mavjud imkoniyatlari bugungi kunda uning ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning barcha sohalarida keng va samarali foydalanish mumkinligini ko„rsatmoqda. Nazorat uchun savollar: 1. Logistika so„zining lug„aviy ma‟nosi nimani anglatadi? 2. Logistika so„zi qachondan qo„llanila boshlagan va uning tarixi haqida 135 nimalarni bilasiz? 3. Logistikaning turli sohalarda, turli maqsadlarda qo„llanilishi sabablari va maqsadlari haqida nimalarni bilasiz? 4. Logistika, sizningcha, qanday ma‟noni bildiradi va undan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin? 5. Logistika atamasi qachondan va nima maqsadda harbiy sohada qo„llanilgan? 6. Logistika bugungi kunda EIHlar rivojida qanday ahamiyat kasb etadi? Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling