Эркин иқтисодий ҳудудлар
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-bob. ERKIN IQTISODIY HUDUDLARDA LOGISTIKA INFRATUZILMASINI SHAKLLANTIRISH
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar:
1. Воловик Н.П. Международная практика создания специальных экономических зон. – М.: ИПЕИ, 2016. – 99 с. 2. Мотовиц Т.Г., Мотовиц Р.В. Свободные экономические зоны: становление и развитие. Монография. – Хабаровск: изд-во Тихоокеан. гос. ун- та, 2017. – 170 с. 132 3. Приходко С.В., Воловик Н.П. Особие экономические зоны. – М.: ИЕПП, 2007. – 268 с. 4. Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press” nashriyoti, 2013. – 176 b. 5. Рыбаков С.А. Особые экономические зоны в России. Налоговые льготы и преимущества. / С.А.Рыбаков, Н.А.Орлова. – М.: Вершина, 2006 – 248 с. 6. Фуршчик М.А., Шутова А.В. Особие экономические зоны: опыт и перспективы. – М.: Медиа Инфо Групп, 2014. – 216 с. 7. O„zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 apreldagi “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari to„g„risida”gi Qonuni. 8. Haydarov A. Hududlarning investitsion salohiyati va istiqbol yo„nalishlari. // “Moliya” ilmiy jurnali, 2011-yil, 5-6 son. 133 5-bob. ERKIN IQTISODIY HUDUDLARDA LOGISTIKA INFRATUZILMASINI SHAKLLANTIRISH 5.1. Logistika tushunchasi mazmuni va uning yuzaga kelishi va rivojlanishi Logistika – transport va tovar, axborot oqimini yo„lga qo„yadigan, optimallashshtiradigan va boshqaradigan soha. Logistika (yun. logistike – hisoblash, muhokama san‟ati) – 1) matematik mantiq tushunchasining sinonimi; 2) B. Rassel va uning maktabi vakillarining asarlarida bayon etilgan matematik mantiq taraqqiyotidagi bosqichning nomi. Nazariy matematikaga qarama-qarshi qo„yiladigan hisoblash va geometrik o„lchovlar “san‟ati” qadimiy matematikada “logistika” deb atalgan. G. V. Leybnits “logistika” va matematik mantiq terminlarini o„zi ishlab chiqqan xulosa chiqarishdagi hisobning sinonimi sifatida qo„llagan. Uning g„oyalari hozirgi zamon matematik mantiqda o„zining to„liq ifodasini topgan. “Logistika” tushunchasi logistik metod (formal mantiqni formallashtirilgan tillar nazariyasi yordamida bayon etish usuli), logistik tizim (formal tizim) va boshqa ma‟nolarni ham anglatadi. Qadimgi Afinada maxsus amal – “logist” yoki ijtimoiy o„z-o„zini boshqarish amaldori bo„lgan (eramizgacha V asrda 30 ga yaqin). Logistlar har yil qura tashlash yo„li bilan belgilanganlar, ularning vazifasi vakolati tugagan boshqa amaldorlarning hisobotlarini tekshirish va bu hisobotlarni faxrli fuqoralar Kengashida tasdiqlashga topshirishdan iborat bo„lgan. Kengashning qarori yakuniy bo„lgan. Qadimiy Rimda ham ba‟zi ma‟muriy va diniyi vazifalarni bajaruvchi amaldorlar logistlar deb atalganlar. Vizantiya imperatori Lev VI (866-912-yillar) davrida logistika armiyani ta‟minlash va uning ko„chishini boshqarish san‟ati sifatida ta‟riflangan. Nemis tadiqotchisi G.Pavellek ta‟kidlashicha, Vizantiya imperiyasida logistikaning belgilanishi “armiyaga maosh to„lash, uni kerakli tartibda qurolantirish va taqsimlash, uning ehtiyojlari haqida o„z vaqtida va o„liq darajada g„amxo„rlik qilish, ya‟ni shaxsiy qurolli kuchlar harakatlanishi va taqsimlanishiga rahbarlik qilishdan” iborat bo„lgan. “Logistika” so„zi barcha Yevropa tillarida mavjud, ammo, ulardan har xil manolarda foydalanilgan. “Logistika” atamasidan mashhur olimlar, faylasuflar, sarkardalar o„z asarlarida foydalanishgan. Buyuk nemis matematigi G.V.Leybnis (1646-1716) bu atamadan “Xulosalarni hisoblash” yoki matematik mantiq ma‟nosida foydalangan. XIX acrda bu atamadan kelib chiqishi shvetsariyalik bo„lgan taniqli harbiy nazariyachi va tarixchi Antuan-Anri Jomnin (1779-1869) o„z asarlarida foydalangan. 1813 yildan boshlab u Rossiyada Aleksandr I ning shtabida ishlagan., 1826 yilda infanteriya generali unvonini olgan. Nikolay I ning harbiy malahatchisi bo„lgan va Sank- Peterburgdagi harbiy akademiyaning asoschilaridan biri bo„lgan (1828). U shuningdek, shaxzoda Aleksandr II ning o„qituvchisi bo„lgan, haqiqatan ham uning uchun muallifning logistika bo„yicha eng muhim asari yozilgan va keyinchalik u ko„pgina tillarga tarjima qilingan. U logistikani o„z ichiga rejalashtirish, boshqarish, 134 ta‟minlash, qo„shishlarni joylashtirish joyishini belgilash, armiyaga transtport xizmatini ko„rsatish bilan bog„liq masalalarning keng doirasini oluvchi qo„shinlarni boshqarishning amaliy san‟ati sifatida belgilagan. 1884-yilda Amerika harbiy-dengiz floti instituti kemachilik zarurati uchun “logistika” tushunchasini kiritgan. 1904-yilda Jenevada Itelson, Laland va Kutyurlarning taklifi bo„yicha falsafa kongressi logistikani matematik mantiq sifatida belgilagan. Taktika, strategiya va razvedka bilan bir qatorda “logistika” atamasi bilan fuqarolik korxonalarining ta‟minot-sotish faoliyati belgilanishi mumkin. 1980 yilga kelib, xo„jalik boshqaruvini muvofiqlashtirish jismoniy taqsimlash, ya‟ni tijorat logistikasi usullarini o„zlashtirish va qo„llashni talab qilgan. Umuman olganda, logistika iqtisodiy faoliyatning ta‟minot, ishlab chiqarish, sotish, transport logistikasi kabi sohalarini birlashtiradi. Logistikaning asl maqsadi kam xarajat qilib, ko„p foyda olish va yetarli natijaga erishishdir. Bugungi kunda logistika ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan hamda tobora rivoj topib bormoqda. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling