5.2. Logistika tamoyillari, tizimi va logistika xizmatlarini
tashkil etishning ahamiyati
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyatli qo„llangan va
yetarli ijobiy natijalarga asos bo„lgan ilmiy-amaliy yo„nalishlar, vositalar va
usullargina iqtisodiyotni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish va tadbirkorlikni
rivojlantirishning murakkab qiyinchiliklariga barham berishga qodir. Shu bois,
so„nggi yarim asrdagi tadqiqotlar ko„rsatishicha, xorijiy bozor munosabatlari
muvozanatli tashkil etilishi va barqaror rivojlanishi logistik oqimlarning ilmiy-amaliy
asoslanganligiga bog„liq. Logistik oqimlarni tartibga solishda konsepsiya va logistik
tizimlardan foydalaniladi.
Logistika tizimi va konsepsiyalarning amaliyotda qo„llanish xususiyatlariga
alohida e‟tibor qaratish va ularning tashkiliy-boshqaruv xususiyatlarini izchil
o„rganish milliy tadbirkorligimizdagi muammolar yechimiga sezilarli ta‟sir
ko„rsatishi shubhasiz. Fikrimizcha, konsepsiyalar tarkibiga tizimlarning kiritilishi
tasniflash xususiyatlarini oydinlashtirishga yordam beradi (5.1-jadval).
Shu bois amaliyotda keng qo„llanilayotgan tizimlar quyidagi konsepsiyalarga
tartiblashtirildi: ehtiyojlar resurslarini rejalashtirish; “mayda” ishlab chiqarish va
uning talabga moslashishi.
Logistik tizimlar guruhlanishida, ko„pincha, logistik oqimlarning xususiyatlari
asos hisoblanadi. Ayni chog„da logistik oqimlarning tashkil etilishida makrologistik
yoki mikrologistik tizim, etaklovchi va itaruvchi tizim, berilgan resurslar asosida
oqimni belgilash tizimi yoki zarur natija uchun tegishli resurslarni jalb qilish tizimi
kabilar ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan.
5.1-jadval.
Logistik konsepsiyalar va tizimlar tafsiloti
Ko
n
sep
si
y
a
Do'stlaringiz bilan baham: |