Tayanch iboralar:
Logistika, logistika tizimi, logistik konsepsiya, logistik operatsiyalar, moddiy
resurs, ombor, zahira, logistik tsikl.
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:
1. Logistika tizimi logistika tamoyillari va okntseptsiyasi asosida faoliyat
ko„rsatadi. Logistika tizimini shakllantirish turli davlatlarda turlicha yondashuvlar va
mexanizmga asoslanadi. Bu esa logistika tizimining ishlash samaradorligida
namoyon bo„lishi bilan farqlanishlarni keltirib chiqaradi.
2. Logistika tizimi logistik konsepsiyalar asosida amal qilib, har bir konsepsiya
boshqasidan amal qilish sohasi va xususiyatlari bilan farqlanadi. Ularning yaxlit
holda namoyon bo„lishi umumiy logistik tizimni hosil qiladi. Logistik tizim birdaniga
shakllanadigan tizim emas, shu boisdan u vaqt o„tgan sari yangada takomillashib
kelayotgan tizim hisoblanadi.
3. Logistika tizimi logistika xizmatlarini samarali tashkil etish va amalga
oshirishga asoslangan bo„lib, uning samaradorligi logistika xizmatlarining sifati va
ahamiyati yanada ortib borishida namoyon bo„ladi. Shunga ko„ra, logistika xizmatlari
ishlab chiqarish, ulgurji va chakana savdo, omborxona va boshqa xo„jalik tizimlari
uchun birdek yuqori sifatda ko„rsatilishi bilan ahamiyatlidir.
Nazorat uchun savollar:
1. Logistika tizimi qanday shakllanadi?
2. Logistika tizimi nimalarni o„z ichiga oladi?
3. Logistika tizimi va logistika konsepsiyasi o„rtasida qanday bog„liqlik
mavjud?
4. “Logistika xizmatlari qanday xizmatlardan tashkil topgan va uni kimlar
amalga oshiradi?
5. Logistika xizmatlari qanday operatsiyalari bilan boshqa xizmatlardan ajralib
turadi va ularning ahamiyati nimalardan iborat?
6. Logistika xizmatlarini ko„rsatishning samaradorligini oshirishda nimalarni
e‟tiborga olish va qanday muammolarni hal etish lozim, deb hisoblaysiz?
5.3. Logistika infratuzilmasi va uning erkin iqtisodiy hududlarni
Do'stlaringiz bilan baham: |