Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

4.5-jadval. 
EIHlarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda qo„llaniladigan imtiyozlar
52
Imtiyoz turlari 
Mamlakat 
Soliq imtiyozlari: kredit uchun; mulk uchun; ishlab chiqarish va 
savdo kompaniyalari shartnomalari uchun; sotish uchun; 
investitsiya uchun 
AQSh 
Import qilinadigan dastgohlarni bojxona to„lovlaridan ozod etish 
Ispaniya 
Xomashyo va dastgohlarni bojxona to„lovlarsiz kiritish 
Indoneziya, 
Malayziya, 
Filippin, 
Janubiy 
Koreya 
Kapitalni subsidiyalash 
Ispaniya 
Korporatsiyalar daromadlarini soliqdan ozod etish 
Fransiya, 
Buyuk 
Britaniya 
Aksiyalarga qo„llaniladigan soliqlardan ozod etish 
Belgiya 
Investitsiya zayomlari 
Buyuk 
Brtaniya 
Mahalliy, mulk soliqlaridan ozod qilish 
Buyuk 
Brtaniya 
Boshqa turdagi mahalliy soliqlardan ozod etish 
Ispaniya, 
Fransiya 
Ish bilan bandlikni rag„batlantirish: ish o„rinlarini yaratish uchun 
kreditlar; band bo„lganlarning ba‟zi turlarini rag„batlantirish; 
ishchilarni mutaxassislikka qayta o„qitish; xizmatchilarning 
ta‟lim olishi 
AQSh 
Nihoyatda zarur xorijiy mutaxassislar daromad solig„idan ozod 
etiladi 
Belgiya 
Investitsion fondlarni qo„llab kuvvatlash (ishlab chiqarishni 
rivojlantirish uchun obligatsiyalarni chiqarish, imtiyozli kreditlar, 
kapital qiymatini oshirishga bo„lgan soliqni bekor kilish). 
AQSh 
Soliq ta‟tillari 3 yildan 5 yilga 
Indoneziya 
52
Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi 
holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press” nashriyoti, 2013. – B. 154. 


128 
Soliq ta‟tillari 8 yilgacha 
Malayziya 
Besh yillik soliq ta‟tillaridan so„ng darmad solig„i va mulk 
solig„ini 50% kamaytirish 
Janubiy 
Koreya 
Uchinchi mamlakatlarga eksport qilinayotgan tovarlar bojxona to„lovlaridan 
ozod bo„ladi va odatda ichki soliqka ham tortilmaydi, yani QQS, mahalliy soliqlar va 
mulk solig„idan ozod bo„ladi (agar mamlakat ichiga import qilinsa bu hamma soliqlar 
olinadi). 
Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqka tortish bo„yicha barcha boshqa qonunlar 
hamda atrof muhitni muxofaza qilish bo„yicha umumiy qoidalar, mehnat va soglikni 
muhofazasi, xo„jalik faoliyatini tashkil etish masalalari esa mamlakatning qolgan 
hududida qanday bo„lsa shundayligicha tadbiq qilinadi.
Savdo-ishlab chiqarish hududlaridagi imtiyozlar faqatgina tadbirkorlik 
faoliyatini ustirishga yordam berish maqsadida emas, balki kapital oqimini 
boshqarish va mamlakat hamda uning alohida hududlarini iqtisodiy rivojlantirishning 
ustuvorligidan kelib chikgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini 
ko„paytirishga qaratilgan.
Eksport-ishlab chiqarish hududlarida eng ko„p qo„llaniladigan imtiyozlar 
quyidagilardan iborat: 

eksport mahsulotini ishlab chiqarishda qo„llaniladigan xomashyo yarim tayyor 
mahsulotlar va tayyor maxsultlar import bojlaridan ozod etiladi;

eksport qilinayotgan mahsulotni realizatsiya qilishdan hamda mamlakat ichida 
mahsulot ishlab chiqarish uchun xarid qilingan tovarlar va xizmatlar bo„yicha 
to„lanadigan soliqlardan ozod qilinadi;

eksport-ishlab chiqarishida katnashayotgan korxonalarda soliq ta‟tili berish 
yoki foydadan to„lanadigan soliqdan qisman ozod etish.

komunal xizmatlar, idora xonalari, yer ijarasi bo„yicha to„lovlarga subsidiya 
berish va boshqalar. 
Import yo„nalishidagi ishlab chiqarish hududlarida imtiyozlar tizimi faqatgina 
eksportga qaratilgan hudulardagidan tubdan farq qiladi. Bu farqlar quyidagilar iborat:

hududdan mamlakat ichiga kiritilayotgan tovarlar uchun bojlar va kvotalarni 
bekor qilish; 

mamlakat ichiga yo„naltiriladigan tovarlar va xizmatlarni soliqlar orqali 
rag„batlantirish. Hududdan tashqaridagi korxonlar bilan aloqasini moliyaviy 
rag„batlantirish; 

mahalliy xomashyo va materiallardan ishlab chiqarishda foydalanishni 
ma‟muriy yul bilan majburan ta‟minlash. 
Texnik-tadbiq etish hududlarida (texnopolislar va texnoparklar)da sanoati 
rivojlangan mamlakatlar amalda shu mamlakatda barcha investorlar va ishlab 
chiqaruvchilarga qo„llaniladigan imtiyozlarni taklif etadi. Bundan tashqari venchur 
kompaniyalariga, masalan, AKShda imtiyozli asosda yordam taklif etiladi, yani 
ishlab chiqarish va idora binolarini ijaraga berish, maslaxat xizmatlarini ko„rsatish, 


129 
individual ixtirolarni texnologik ekspertizasini amalga oshirish, kichik biznes 
bo„yicha ma‟muriyatdan qarz olishga kumaklashish va boshqalar. 
Yangi industrial mamlakatlarning texnopaklarida, masalan, Malayziya, 
Singapur, Tayvanda eksport mahsuloti ishlab chiqaradigan korxonalarga eksport-
ishlab chiqarish hududlarida qo„llaniladigan imtiyozlar beriladi.
Kompleks turlari EIHlarda bojxona, soliq, moliyaviy va ma‟muriy 
imtiyozlarning standart majmuasi qo„llanilib, ular u yoki bu hududda bajarilayotgan 
ishlarning ko„lamiga va yunalishiga qarab turib bir qadar o„zgarishi mumkin.
Turli turdagi EIHlar uchun soliq va rag„batlantirishlarning optimal tizimini 
yaratish bir qadar murakkab masaladir. Hududning har bir turi uchun jahon tajribasi 
va mahalliy sharoitlardann kelib chiqqan holda imtiyoz va rag„batlantirishlarning 
alohida majmuasini yaratish lozim. Shu bilan birga EIH joylashgan mamlakatning 
davlat gaznasiga zarar etkazmaslik uchun imtiyozlar darajasi aniq belgilanishi lozim. 
Umuman olganda, imtiyozlarning qo„llanishi hisobiga ushbu regionning nisbiy 
afzalliklari yanada rivojlantirilishi kerak va aksincha, bu erda mavjud bo„lmagan 
rivojlanish omillarini kompensatsiya qilishi kerak emas. 
Alohida hududlarda amal qiladigan o„ziga xos imtiyozlar birikmasi va rag„batlar, 
transport infratuzilmasi rivojlanishini tezlashtirish yoki mahalliy xomashyoni qayta 
ishlab chiqib eksport qilishni yoki hududga investorlarning ma‟lum turini ( kichik 
yoki katta investorlarni) jalb qilish yoki yana boshqa xil kerakli masalalarni hal 
qilishga qaratilgan maxsus imtiyozlar bilan to„ldiriladi. 
Yuqorida qayd qilingan imtiyozlar turli xil kombinatsiyalarda ishlatilishi 
mumkin. Biroq, bularning barchasi shu hududda mavjud, amalda bo„lgan 
faoliyatlarga beriladigan nisbatan yengilliklarni amalga oshirish yo„li (instrumenti) 
sifatida xizmat qilishi kerak. Bu hududda mavjud bo„lmagan rivojlanish faktorini 
yaratishi kerak emas. Shuni ham unutmaslik kerakki, faqatgina soliq imtiyozlarini 
beribgina xorij kapitalini jalb qilib bo„lmaydi. Zamonaviy ko„lamlarda 
(masshtablarda) EIHning tarqalishida investitsion kafolat, infratuzilma sifati va ishchi 
kuchi malakasi, ichki bozorda arzon kredit olish imkoniyati va ma‟muriy 
jarayonlardagi oddiyliklar xorij kapitalani jalb qilishda ko„proq muhim omil sifatida 
qaralmoqda. Jahon tajribasi shuni ko„rsatadiki, xorij kapitalini jalb qilishdagi eng 
muhim omil – bu EIH tashkil qilinayotgan mamlakatdagi siyosiy barqarorlik 
hisoblanadi. 
EIHni tashkil qilish ma‟muriy jihatdan mashaqatli va anchagina moliyaviy 
mablag„ talab qiladi. Rossiya Fanlar Akademiyasi qoshidagi Sharqshunoslik 
institutining ma‟lumotiga ko„ra, 26 ta davlatlarda tekshiruv o„tkazilgan va undan 
ma‟lum bo„lishicha, davlatlar 1 AQSh dollari xorij kapitalini jalb qilish uchun 4 
AQSh dollariga teng miqdorda mablag„ sarflashgan. Xitoyda esa, o„tgan asrning 80 
yillarining oxiriga kelib 4 ta erkin iqtisodiy hududlarni tashkil qilishga ketgan 
qo„yilmalar (o„z mablag„lari) 22 mlrd. AQSh dollaridan oshgan bo„lib, chet el 
investitsiyasi esa faqatgina 4 mlrd. AQSh dollari tashkil qilgan
53
. Shuning uchun ham 
erkin iqtisodiy hududlarni tashkil qilish va ularni amaliyotda qo„llash bilan yoki 
hukumat tomonidan yaratilgan maxsus ma‟muriy tuzilma yoki davlat tashkilotlari 
53
 http://probib.narod.ru/ Predposilki i tseli sozdaniya SEZ, 2003. 


130 
shug„ullanadi. 
EIHlar dunyoning ko„pgina mamlakatlarida o„z samaradorligini ko„rsata oldi. 
Biroq, bir qancha mamlakatlarda EIHni tashkil qilishning va amalda qo„llashning 
uddasidan chiqa olmadilar yoki ular uzoq muddatgacha zararga ishlagan. Bularga 
mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy nobarqarorlik va tashkiliy masalalarning sustligi 
sabab bo„lgan. Siyosiy vaziyatning keskinlashuvi, siyosiy inqirozning harbiy 
bosqichga o„tishi, mamlakatdagi holatning yomonlashuvi xorij kapitalining kelishi va 
barqaror faoliyat yuritishiga to„sqinlik qiladi. Xorijiy investitsiyalar ushbu 
davlatlardan chiqib ketadi. Bunday holat Liberiya, Gvatemala va boshqa ayrim 
davlatlarda yuz bergan. Erkin iqtisodiy hududning faoliyat yuritishi uchun kerak 
bo„lgan iqtisodiy holatga kerakli moddiy sharoitlarning yo„qligini ham kiritish 
mumkin. Bunday holat Filipinda yuz bergan. U erda bunga erkin iqtisodiy hududni 
yaxshi rivojlanmagan infrastruktura va yetarli darajada ishchi kuchi bo„lmagan 
hududda tashkil qilinganligi sabab bo„lgan. EIHning rivojlanishida to„sqinlik 
qiladigan holatlar qatoriga har xil tashkiliy kelishmovchiliklar ham kiradi. Ularga 
xorij kapitalini ro„yxatga olish jarayonlarining murakkabliligi, malakali, sifatli 
reklamaning mavjud emasligi va boshqalar kiradi.
Rivojlangan (ishlab chiqarish rivojlangan) mamlakatdarda EIHlarni tashkil qilib, 
uni amaliyotda qo„llash natijasida bunday katta yutuqlarga erishganliklarining 
sababini, bir tarafdan ularning rivojlanishini boshlang„ich bosqichlarining yaxshi va 
puxta rejalashtirilganligi bo„lsa, ikkinchi tomondan hududlar bo„yicha boshqaruvning 
vaziyatga qarab moslashuvchanligida deb hisoblaydilar. Jahon xo„jaligidagi o„zgarib 
turuvchi vaziyatlar (ilmiy-tenika inqilobi, xalqaro korporatsiyalar o„rtasidagi o„zaro 
raqobatlashuv, xalqaro ayirboshlashda valyuta kurslarining o„zgarishi va boshqalar) 
EIHning rivojlanishiga o„z ta‟sirini o„tkazadi.
EIHlarni tashkil qilish ijtimoiy- iqtisodiy tomondan ham sezilarli darajada o„z 
afzalliklariga ega. EIHlar anchagina ishchi joylarini yaratadi, xalqaro savdo 
almashinuvini jonlantiradi, tashqi savdo darajasini oshiradi, va boshqa afzalliklar 
yaratdi. Ishlab chiqarish rivojlangan mamlakatlardagi EIHlar faoliyati faqatgina 
dunyo bozoriga emas, balki, ichki bozorga ham qaratilgan. 
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi EIHlar bir qator umumiy tomonlarga va 
rivojlanish davrlariga ega. Shunday qilib, bu davlatlarda ko„proq eksport-ishlab 
chiqarish hududlari tarqalgan. Yuqorida ko„rsatib o„tilgandek, eksport-ishlab 
chiqarish hududlarini tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi bir qancha iqtisodiy 
sabablarga ko„ra aniqlanadi. Masalan, sanoatni rivojlantirish va sanoat mahsulotlarini 
eksportga ishlab chiqarishga bo„lgan talab, mamlakatga xorij kapitalini, ilg„or ilm-fan 
va texnologiyalarni, zamonaviy informatsion texnikalarni jalb qilish.
Rivojlanayotgan davlatlardagi EIHlarda xo„jalik yuritishning o„ziga xos tizimi 
xorijiy tadbirkorlar uchun borgan sari erkinroq va imtiyozliroq bo„lib bormoqda. Bu 
holat hududlar o„rtasidagi xalqaro raqobatning kuchayishi, shundan kelib chiqqan 
holda, hududning boshqa shu kabi hududlarga nisbatan afzalliklarini ko„rsatishga 
bo„lgan urunishlar bilan bog„liqdir. 
EIHlarning ish jarayonida, ularning faoliyatining diversifikatsiyasi yuz beradi va 
har tomonlama rivojlanadi. Zamonaviy fan-texnika inqilobi birinchi darajaga shunday 


131 
EIHlarni qo„yadiki, ular yangi va yuqori texnologiyalarni yaratish bilan bog„liq 
bo„lgan, ishlab chiqarishning ko„p ilm talab qiladigan tarmoqlariga katta e‟tibor 
qaratadilar. 
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi EIHlarning qolgan territoriyalarga ta‟sir 
darajasi cheklangan. Bu xususiyat rivojlangan mamlakatlar uchun xos. U erda EIH 
qolgan territoriyalarga ta‟sir darajasi asosiy maqsad qilib belgilanmaydi.

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling