Erkin Vohidov she’rlarida undalmalarning qo`llanishi
Download 44 Kb.
|
Erkin Vohidov sheʼriyatining gʻoyaviy badiiy xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O jonim Farg`ona, oq oltinim, bog`im.
Bag`ishlov
Ey sen, latif do`st, bu senga Umrim kitobidir, Umrim kitobi ne, olis yo`l sarhisobidir. Bu yo`l ravon emas, uning Past-u- balandi ko`p, Jon rishtasidek misralar Yo`lning tanobidir. Bir shahr nomi Ibtido,Bir shahr Intiho, Jonimda ikki shahr aro Yo`l iztirobidir. Darhaqiqat, shoirning qaysi bir she’rini olmaylik she’r albatta kimgadir yoki kimlargadir, butn xalqqa nisbatan aytilayotgan, shoirning nutqi aynan o`sha obyektga qaratilayotgan bo`ladi. She’r ,aslida insonni biror nimga undash, unga tarbiya berish, uning estetik ruhiyatini ko`tarish maqsadida yoziladi. Shunday ekan, shoir asarlarining asosiy qismini falsafiy ruhda yozilgan she’rlar , ya’ni kimlargadir undash, murojaat etish qabilida yozilgan she’rlar tashkil etadi. Yuqoridagi she’r ham Ollohning buyuk mo`jizasi mbo`lgan insonlarga qarata aytilgan she’rdir. Biz shoir she’rlarini o`rganish, mutolaa qilish mobaynida shunga amin bo`ldikki, shoir juda ko`p o`rinlarda undalmalardan keng foydalangan. Ayniqsa, ularning ifoda ko`lami ham o`zgacha, ya’ni boshqa biror shoir yoki yozuvchinikiga o`xshamaydigan o`ziga xos. Shuning uchun biz she’rlar tarkibidagi undalmalarni o`rganishdan avval, ularning o`zida bir to`xtalib o`tamiz. Undalma – so`zlovchining nutqi qaratilgan, boshqa bir shaxs yoki predmetni ifodalagan so`z yoki so`z birikmasidir.1 Undalma bosh kelishikdagi ot yoki ot ma’nosidagi so`zlar orqali ifodalanib, gapning umumiy mazmunini to`ldiradi, gapning kimga qarashli ekanligini ko`rsatib turadi. Undalmalar dialogic nutqda, monologda , muallif nutqida, murojaat, shior, buyruq, chaqiriq, e`lonlarda ishlatiladi. Yoshing necha deb so`rmangiz, Yoronu ahli dil, Erkin Vatan yoshi mening Yoshim hisobidi2r. Undalma gapning bosh yoki ikkinchi darajali bo`laklari bilan moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv aloqasiga kirisha olmaydi. Ammo u gapning ayrim bo`laklari yoki butun gap mazmuniga aloqador bo`lib, gapning zarur qismlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham u ayrim gap bo`laklari va gapning umumiy mazmuni bilan o`ziga xos Grammatik aloqaga kirishadi. Ma’lum bir gapdan undalmaning chiqarilishi yoki hatto o`rnining o`zgartirilishi gapning umumiy mazmuniga ta’sir etadi, muallifning aytmoqchi bo`lgan fikri anglashilmay qoladi. Undalmaning ajratilgan izohlovchiga yaqin bo`lgan turida Grammatik aloqaga kirish xususiyati aniq ko`rinadi, chunki undalma ma’lum bir bo`lakning ma’nosini izohlaydi: Mayli, so`ng o`t chirmashsin tanga, Mayli, meni quchsin alanga. Faqat bo`lib Dankoning qalbi, Fazolardan nur sochay fanga, Ona – Vatan ! Bir o`g`ling kabi Fido etay jonimni sanga. (Kichik oy so`zi, 17-b) Misoldagi Ona – Vatan undalmasi sen olmoshining ma’nosini izohlaydi, aniqlashtiradi. Shu bilan birga, Ona – Vatan undalmasi butun gap mazmuni bilan ham aloqadadir. Bu xil sintaktik kategoriyaning asosiy vazifasi undalma bo`lsaham, unda izohlash xususiyati bor. Bunday undalmalarning ajratilgan bo`laklardan farqi quyidagicha: 1. Undalma chaqirish intonatsiyasi bilan talaffuz etiladi. Ajratilgan bo`laklar esa ajratilgan, sust intonatsiya bilan aytiladi. 2. Undalma nutq qarashli bo`lgan obyektni ifodalaydi, izohlar esa biror bo`lakni izohlaydi (undalma ba’zan izohlashi ham mumkin . Ammo uning undalmalik xususiyati birinchi o`rinda turadi). 3. Undalma doimo bosh kelishikda bo`ladi, izohlar izohlanmishning shakliga ko`ra, turlicha bo`lishi ham mumkin.
Undalmalar semantik va stilistik funksiyasiga ko`ra uch guruhga bo`linadi: 1) Nutq qaratilgan obyektni ifodalaydi. Nutq qaratilgan obyekt uchxil bo`lishi mumkin: a) shaxs, b) shaxs bo`lmgan jonli predmet, v) jonsiz predmet. a) Undalma shaxsni ifodalaganda, kishining nomi, familiyasi, taxallusi, qarindoshligi, yoshi, jinsi, kasbi, unvoni va boshqa xususiyatlarini ko`rsatish mumkin: Download 44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling