Eron XVI-XVIII asrlarda


Shaharlar. Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi


Download 29.01 Kb.
bet3/7
Sana04.02.2023
Hajmi29.01 Kb.
#1164718
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu. ERON XVI-XVIII ASRLARDA

Shaharlar. Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi. Abbos I davrida o`tkazilgan ma’muriy islohotlar jarayonida davlat poytaxti 1598 yili Qazvindan Isfahonga ko`chirildi. Shoh yangi poytaxtni yuksaltirish uchun hamma imkoniyatlarini ishga soldi. Isfahon ajoyib saroylar majmuidan iborat qilib qayta qurildi. Shoh saroyi va shoh machiti, ayniqsa, mahobatli va serhasham qilib qurilgan edi. Poytaxtda hunarmandchilik va savdoni jonlantirish maqsadida shoh Julfa shahridan mashhur savdogar va hunarmand arman oilalarini bu yerga ko`chirishni buyuradi. Julfadan ko`chirilgan 15 ming oiladan Isfahonga faqat 3 mingi yetib keladi xolos, qolganlari yo`lda vafot etadi. Shu tariqa Isfahonning yonginasida Yangi Julfa deb ataluvchi savdo markazi paydo bo`ldi. Umuman Isfahonda oltita yirik savdo-hunarmandchilik markazlari vujudga keldi. Shahar aholisi tez sur’atlar bilan o`sib, XVI asr boshlarida 500 – 600 ming kishiga yetdi. Shu paytda Isfahonda 162 ta machit, 49 ta madrasa, 1802 ta karvonsaroylar, markaziy yopiq bozor va 273 ta hammom mavjud edi. O`z davrining mashhur usta-hunarmandlari, mohir rassomlari shu yerda to`planishgan edi.
Hunarmandchilikning sohalari orasida, ayniqsa, to`qimachilik keng rivojlandi. Isfahon atrofida bozor uchun turli-tuman mato ishlab chiqaradigan 1460 ta mahalla ma’lum edi. Isfahondan tashqari SHeroz, Tabriz, Mashhad kabi boshqa shaharlarda ham shohi, baxmal, parcha kabi matolar ichki va tashqi bozor uchun ko`plab ishlab chiqariladi. Eronda to`qilgan zardo`zlik mahsulotlari, ayniqsa, Yevropa bozorlarida yuqori baholangan.
Ipak va zar iplardan do`ppi va belbog‘lar tikish, gilam to`qish ham keng tarqalgan edi. Ayniqsa Eron gilamlari mashhur bo`lib, o`sha paytdagi Yevropa monarxlarining saroylarini bezab turardi. XVI–XVIII asrlarda Eronda ishlab chiqarilgan badiiy san’at buyumlari – gilamlar, sopol va bronza buyumlari, qurollar pishiqligi va bezaklarining nafisligi bilan odamlarni hayratga solgan. Eronlik ustalar metallga ishlov berishda ham katta yutuqlarga erishadi. Ular tayyorlagan metall buyumlar – mushaklar, astronomiya asboblari, idishlar G‘arbiy Yevropa va Rossiya bozorlarida xaridorgir edi. Hunarmandlar ichki bozor uchun o`simliklardan olingan bo`yoqlar, teri buyumlari, oyna, sovun va boshqa xalq iste’mol buyumlarini ham ishlab chiqarardi.
Biroq qazilma boyliklardan foydalanish darajasi o`ta past bo`lib, xazinaga ulardan keladigan daromad umumiy daromadning bor-yo`g‘i 0,18 foizini tashkil qilardi, xolos.
Eron shaharlari o`z-o`zini boshqarish tizimiga ega emasdi. Ammo savdogarlarning uyushmalari va hunarmandlarning esnaf (sex)lari ichki avtonomiyaga ega edi. Esnaflar ustalarning malakasini belgilar, ishlab chiqarishning yo`nalishi va miqdorini o`rnatardi. Yakka tartibdagi hunarmandlar ham mavjud bo`lsa-da, hunarmandlar asosan korxonalarga birikkan bo`lib, ularda 70 tadan 80 tagacha ishchi ishlardi. Hunarmandchilikning mutaxassislashgan 32 ta tarmog‘i mavjud edi.
Abbos I davrida joriy qilingan yangi pul birligi «abbosiy» bir misqol (4,6 gramm) kumushdan tayyorlanib, iqtisodning rivojlanishida ijobiy rol o`ynadi.

Download 29.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling