Eron XVI-XVIII asrlarda


Tashqi savdo va tashqi aloqalar


Download 29.01 Kb.
bet4/7
Sana04.02.2023
Hajmi29.01 Kb.
#1164718
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu. ERON XVI-XVIII ASRLARDA

Tashqi savdo va tashqi aloqalar. Tashqi savdoda sezilarli o`sish bevosita qishloq xo`jaligidagi o`zgarishlar bilan bog‘liq. Ipak savdosi va boshqa ayrim tovarlar ustidan shoh monopoliyasining o`rnatilganligi xazinaga juda katta foyda keltirdi. Ayniqsa Eron tomonidan Kavkazortidagi ipakchilik tumanlari bosib olinganidan so`ng tashqi savdodan keladigan foyda davlat daromadining asosiy qismini tashkil qila boshladi.
Savdo kompaniyalari orasida shoh nomidan tashqi savdoda ishtirok etadigan armanlarning «Yangi Julfa» kompaniyasi alohida ajralib turardi. Eron savdogarlari Osiyodagi boshqa mamlakatlarga va Yevropaga mahsulot olib borishardi. Ayrim kompaniyalar, hatto Shvetsiya va Xitoyda ham o`z vakillik idoralariga ega edilar. Savdogarlar katta huquqlarga ega bo`lib, hukmdorlar tomonidan himoya qilinar, feodallar qatlami bilan qattiq bog‘langan edi. Safaviylar chet el savdo kompaniyalariga turli yengilliklar berib, ular bilan savdoni rivojlantirishdan ham juda katta manfaat ko`rardi.
Bu davrda Rossiya va Yevropaning boshqa davlatlari turklarga qarshi ittifoq tuzishdan manfaatdor bo`lganliklari uchun ham bir necha marotaba Eronga o`z elchilarini jo`natdilar, shuningdek, Safaviylar ham Yevropa davlatlari bilan turklarga qarshi birgalikda kurash olib borishga harakat qilardi. Abbos I Germaniya imperatori, Ispaniya va Portugaliya qirollari, Rim papasi va Fransiya, Gollandiya, Rossiya hukumatlari bilan o`zaro elchilar almashdi. Odatda, elchilar o`zlari bilan juda ko`p qimmatbaho sovg‘alar keltirishardi, bu ham o`ziga xos tashqi savdoning bir ko`rinishi edi.
Safaviylar davrida Moskva Rusi bilan doimiy aloqalar o`rnatildi. O`zaro elchilar almashuv XV asrdayoq boshlangan edi. XVI asrning 50-yillarida Povolje va Kaspiy bo`ylarini egallab olganidan so`ng Rus davlatining Eron va boshqa Osiyo davlatlari bilan savdo aloqalari sezilarli ravishda kengaydi. 1588 yildan 1676 yilga qadar 20 ta rus elchisi Eronga jo`natilgan bo`lsa, Erondan Rossiyaga 15 ta elchi yuborilgan. Eron savdogarlari Astraxanga kelib doimiy savdo qiladigan bo`lishdi. Usmoniylar imperiyasiga qarshi kurashdagi umumiy siyosiy manfaatdorlik ikkala davlat o`rtasida savdo-diplomatik aloqalarning rivojlanishiga olib keldi.

Download 29.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling