Ertak ustida ishlash metodikasi


Download 0.81 Mb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1519710
  1   2
Bog'liq
Shoxjahonnn

Sehrli-fantastik va hayotiy ertaklarning g`oyaviy – badiiy talqinlari

REJA

  • Kirish
  • Sehrli-fantastik ertak haqida umumiy ma'lumot va ertak ustida ishlash metodikasi
  • Hayotiy ertak ustida ishlashda asar qahramonlari harakterini o'rgatish usullari.
  • Ertak ustida ishlashda ko’rgazmali qurollar va didaktik o'yinlarning ahamiyati.
  • Xulosa.
  • Наг bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, bilimlarni o'rganish, ozlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu vazifani amalga oshirishning birdan-bir уо'li ta'lim tizimini tinmay takomillashtirib borish orqali yosh avlodni ilm-fan asoslari bilan chuqur qurollantirishdir. Zero, ilm olish yo'lidagi izlanish insonning e'tiqodi va dunyoqarashi, manaviy-axloqiy kamolot sari etaklaydi.
  • O'qish bolalarning nutq boyligini oshirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, mustaqil fikrlashga o'rgatishning muxim omilidir. Shuning uchun xam boshlang'ich ta'lim tizimida muhim o'quv predmeti ta'lim berish, kamol toptirish va tarbiyalash vositasi xisoblanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari o'qish darslarida she’r, xikoya, masal, rivoyat, ulug’ allomalarimiz xayoti va ijodi, maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar, ertaklar bilan tanishib boradilar.
  • Ertaklar xalq og'zaki ijodining qadimiy va keng tarqalgan janridan biridir.
  • Qadimgi kishilarning tasavvurlari natijasida paydo bo'lgan afsonalarning zaminida dastlabki ertaklar paydo bo'lgan. Dastlabki ertaklarda mifologik obrazlar ko'p uchragan bo'lishlari kerak.
  • Sehrli-fantastik ertaklar
  • Sehrli-fantastik ertaklar ming yillar davomida insoniyatning turli yozuv kuchlariga qarshi olib borgan kurashlari davomidagi xulosalari, ulardan kelib chiqadigan ehtiyojlarning o’ziga xos yechishi sifatida maydonga kelgan. Inson doimo hayoliy orzu-istaklar bilan yashaydi. Bunday hayoli orzu-istaklarni ro’yobini she’rli-fantastik ertaklarda ko’rish mumkin.
  • Bu ertaklarda uchadigan otlar, va gilamlar, so’ylaydigan jonzodlar, sehrgar kampirlar, uchadigan devlar, suv ostida, osmonda, yer ostda yashaydigan odamlar va boshqalar ishtirok etadilar.
  • Ur to’qmoq, Zumrad va Qimmat, Yoriltosh kabi ertaklar shular jumlasidandir.
  • Asrlar o'tishi bilan kishilar ongi o'qish, jamiyatdagi voqea xodisalar, odamlarning o'zaro muomala munosabatlari zaminida ertaklar tobora xayotga yaqinlashtirilgan. Keyinchalik aniq maqsad va yo'nalishlar zaminida ertaklar yaratilgan va ularni yaratishdan asosiy maqsad shunchaki qiziqarli voqealar bayoni emas, balki maslaxat va yo'nalishlar bera olish, ibrat va na'muna ko'rsatishga aylangan.
  • Ertaklarning ko'pida real xayot tasviri fantastik elementlar bilan qo'shilib ketadi. Ertakning o'tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi: undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qaxramonlar, ertakning g'oyaviy yo'nalishi unda ezgu kuchning doimiy g'alaba qilishi bolalarni o'ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan xikoya qilish shakli, bir xil so'z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, oxangdorligi, tilning ta'sirchanligi, ifodali vositalarning jonliligi bolalar uchun g'oyatda qiziqarlidir. Ertakda qatnashuvchilarning raxmdil, saxiy, adolatli xamda ularning aksi bo'lgan yovuz, baxil, ochko'z kabi timsollarga bo'linishi o'quvchilarni axloqiy jixatdan tarbiyalashga o'z ta'sirini o'tkazadi.
  • Ertak bolalarda personajlarning xatti-xarakatini muxokama qilib, baholash ko'nikmasini o'stiradi. Ertakda xalq o'z hayotini o'zi hikoya qiladi, shuning uchun o'quvchilar ertakni o'qish bilan ma'lum davrdagi xalq hayotini, o'ylari va orzu-istaklarini bilib oladilar.
  • Ertak orqali yuksak axloqiy tarbiya berish.
  • Ertak matni asosida o'quvchilar nutqini o'stirish.
  • Ertak orqali o'zbek xalqining milliy koloritini o'rgatish.
  • Ertak vositasida o'quvchilarda ijodkorlik xislatlarini tarkib toptirish.
  • Ertakdagi syujet orqali o'quvchilarning mantiqiy fikrlashini o'stirish.
  • O'quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash.
  • Ertakni ifodali o'qish.
  • Dastlabki taassurot bo'yicha suhbat.
  • Ertakni izoxli o'qish.
  • Ertak matnini tahlil qilish.
  • Ertak matniga reja tuzish.
  • Reja asosida ertakni qayta hikoyalash.
  • Umumlashtiruvchi suhbat.
  • Ertak ustida ishlashda quyidagi vazifa va tamoyillarga amal qilinadi:
  • Ertakni izoxli o'qish darsining qurilishi quyidagicha bo'lishi mumkin:
  • Har bir ertakda ikki-uch yoki undan ham ko'proq yetakchi o'brazlar ishtirok etadi. Ertaklarda turmush voqealari ham ajoyib va qiziqarli, kishilarni hayajonlantiradigan darajada aks ettiriladi.
  • Ertaklarda halq og'zaki ijodining asosiy xususiyatlari to’laligicha namoyon bo'ladi. O’tmishda ham, hozirgi zamonda ham ertaklar yozma adabiyot vakillari tomonidan kam yaratilgan. Demak, ularning deyarli barchasini og'zaki tarzda yaratilgan desak bo'ladi.
  • Ayrim ertaklarda inson mutlaqo ishtirok etmasligi ham mumkin. Ammo hayvonlar haqidagi ertaklarning aksaryatida insonning ishtirokini ko'ramiz. Hayvonlar xaqidagi ertaklarga ham boshqa turdagi ertaklar singari inson muammolari bilan bog'liq barcha masalalar ko'tarilib chiqishi mumkin. O'zining tarbiyaviy axamiyatiga ko'ra hayvonlar ishtirokidagi ertaklar boshqa turdagi ertaklardan kam emas. Ularda ham do'stlik, o'zaro xurmat va g'amxo’rlik, birodarlik kabi insoniy fazilatlar targ'ib etiladi.
  • Sehrli-fantastic ertaklar ming yillar davomida insoniyatning, turli yovuz kuchlarga qarshi olib borgan kurashlari davomidagi xulosalari, ulardan kelib chiqadigan ehtiyojlarining o'ziga xos yechimi sifatidagi maydonga kelgan. Inson doimo xayoliy orzu-istaklar bilan yashaydi. Bunday xayoliy orzu-istaklarni ro'yobini sehrli-fantastik ertaklarda ko'rish mumkin.
  • Sehrli-fantastic ertaklarning qaxramonlari bu toifa ertaklarning o'ziga xosligidagi asosiy belgilari bo'ladi. Ularda uchadigan otlar va gilamlar, so'ylaydigan jonzotlar, tutatqiga yetib keladigan ot, bo'ri, ayiq, sehrgar kampirlar, uchadigan devlar, suv ostida, osmonda, yer ostida yashaydigan odamlar va boshqalar ishtirok etadilar. Sehrli-fantastik ertaklarga quydagilarni misol qilish mumkin:
  • "Ur to'qmoq", "Zumrad va Qimmat", "Yoriltosh", hayotiy-mantiqiy ertaklarda sehrli voqea va buyumlar ishtirok etmaydilar. Bunday ertaklar jamiyat va yakka shaxslarning kundalik hayot va inson umri davomidagi ayrim voqealarni aks ettiradi. Shunga qaramasdan, ularda muhim masalalar ko'tarib chiqiladi. Xayotiy-maishiy ertak qahramonlari faol yashaydigan kishilar bo'lib, ular o'z aql-zakovatlari, bilimi va tajribalariga suyangan xolda katta muommolarni hal qiladilar, ulkan to'siqlarni yanchib o'tadilar.
  • Ijobiy qaxramonlar xushmuomala, muloyim, mexribon: shu bilan birga, dushmanga nisbatan keskin va jasoratli bo'ladilar. Salbiy qaxramonlar esa xammaga yoqmaydigan zamin, nodon, joxil, yalqov kishilar bo'ladi. Xullas, xalqimizning barcha orzu-umidlari hayotiy-maishiy ertaklarning mazmun va g'oyasi orqali ifodalangan bo'ladi.
  • "Uch og’ayni botirlar", "Kenja botir ," "Malikai Husnabod", "Oygul bilan Bahtiyor" kabi ko'plab ertaklar hayotiy-maishiy ertaklar hisoblanadi.
  • Ta'sirli o'qish o'quvchilarda xis tuyg’u uyg'otibgina qolmay, balki ularning asarda talqin etilayotgan asosiy g'oyani tushinib olishlariga, voqea-hodisalarni ko'z o'nglarida gavdalantirishlari, zavqlanishlariga ham imkon beradi.
  • Ertak tugagandan keyin suhbat o'tkazish, huddi shu ertakka o'xshash уoki unga mazmunan zid ertak aytib berishga, ertak qaxramonlariga o'xshash insonlarni misol qilib ko'rsatishga ruxsat etish mumkin. Chunki o'quvchilar ko'pincha xikoyani yoki ertakni logik tarzda emas balki obrazli nutq formasida qabul qiladilar.
  • Ertak mazmuni yuzasidan savol javoblar o'tkazish bolalarning fikr yuritishlarini ta'minlaydi. Asarni qayta o'qib, uni puxta o'rganishga undaydi. Bular faqat o'quvchilar uchungina emas o'qituvchi uchun ham foydalidir.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling