OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA
MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
OZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI
OZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI
KURS ISHI
MAVZU:TARKIBBANDNING JANR XUSUSIYATLARI
BAJARDI: 3-D GURUH TALABASI
ESANOVA SHAHNOZA
QABUL QILDI : NIZOMOV FARHOD
NAVOIY - 2020
TARKIBBANDNING JANR XUSUSIYATLARI
REJA:
TARKIBBAND POETIKASI
NAVOIYNING SAYYID HASAN ARDASHER XOTIRASIGA ATAB YOZGAN TARKIBBANDI TAHLILI
ALISHER NAVOIYNING IJODIDA TARKIBBANDNING ORNI
XULOSA
1. Ming yillik tarixga ega bolgan mumtoz adabiyotimizda badiiyat masalasi hamisha sher ahlini diqqat markazida bolib kelgan. U yoki bu ijodkor salohiyati haqida soz borganda, uning nimalarni tasvirlagani emas, asosan, qanday tasvirlaganiga etibor qaratilgan . Jumladan , adabiy asarlarda sheriy sanatlardan foydalanish mahorati hamma asarlarda sheriy badiiy sanatkorlikning asosiy qirralaridan biri sifatida baholangan.
Malumki, sheriy sanatlar badiiy asardan orin olgan goyalarning hayotiyroq, tasirchanroq ifodalanishiga , lirik va epik timsollarning yorqinroq gavdalantirilishiga, misralar , baytlar , bandlarning lafziy nazokati , musiqiyligi , jozibadorligini taminlashga xizmat qiladi. U yoki bu shoir ijodida, u yoki bu badiiy asarga baho berilar ekan, ijodkor ifodalayotgan goya oz aksini topgan ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-ahloqiy, marifiy-tarbiyaviy muammolar mohiyati va kolami, badiiy timsollar jilosi bilan bir vaqtda qollangan sheriy sanatlarning rang- barangligi, mantiqiy asoslanishi, asar mazmunini ochishdagi orni va ahamiyati masalalarga ham alohida diqqat qilingan.
Adabiyotimiz tarixi yana shundan dalolat beradiki, sheriy sanatlar shoir badiiy salohiyatini koz- koz qilish, uning xilma-xil sanatlaridan mohirona foydalanish usullarini namoyish etish emas, balki ijodkor badiiyati, badiiy tafakkur dahosining kolami, yuksak ijtimoiy-ahloqiy goyalarni jilolantirish sanatkorligi ifodasi bolib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |