Bahri urfon duri Sayyid Hasan, ulkim aflok
Yetti durji aro bir kormadi andin duri pok.
Yuqoridagi Alisher Navoiyning piri va dosti bolgan Sayyid Hasan Ardasher vafotiga bagishlab yozilgan tarkibbanddan korishimiz mumkinki, Navoiy bu nogahoniy olimdan qattiq iztirob chekayotganligi tarkibbandning dastlabki baytlaridan yaqqol seziladi. Navoiy bu baytlarda dunyo bogining har bir chamani jafo kochasi ekanligini, rostlar yani togrilar yaqin insonidan ayrilib, iztirob chekishlarini aytadi. Yana Sayyid Hasan Ardasherni alqab, ilm-u urfon duri, yeti javohirlar sandigi ham Sayyid Hasan kabi duri pokni uchratmaganini qalamga oladi.
Navoiy ozining tarbiyasiga va ijodiy kamolotiga tasir korsatgan kishilarni asarlasida ehtirom va minnatdorchilik bilan tilga olib otadi. Ular orasida Sayyid Hasan ozgacha mavqega
ega hisoblanadi. Navoiy Sayyid Hasan haqida Holoti Sayyid Hasan Ardasher nomli nasriy asarida ham u haqida juda qimmatli malumotlarni keltirib otgan. Bu asar osha zamonlarda keng tarqalgan manoqib janrida bitilgan. Manoqib favqulodda xislatli, zakiy va valiy kishilarning siyrati , holoti va tarjimai holini yorituvchi asar bolib, unda qahramonning xulq-atvori, ishi va sozi ozgalarga ibrat qilib korsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |