Zoli gardun kishiga mayli vafo aylamadi,
Kimda-kim kordi vafo, gayri jafo aylamadi.
Qaysi bir vasl kunin mehr ila qildi ravshan,
Kim yana hajr tuni birla qora aylamadi.
Qaysi davlat quyoshi chekti kamol avji uza,
Kim yana yer tubida maskan anga aylamadi.
Qaysi labtashnaga tutti qadahi sof nishot,
Kim, yana qismi aning durdi ano aylamadi.
Qaysi dilxastaga yetkurdi farogat noshe,
Kim, nasibi yana yuz neshi balo aylamadi.
Har dilozurdagakim novaki, zulm etti kushod
Garchi bor edi xato, lek xato aylamadi.
Chekti bu zulmin aning barcha xaloyiq, lekin
Chora bu dardga juz ahli fano aylamadi.
Xossa ul foniyi davronki, bolub vosili Haq,
Qoymadi kongli aro gayr xayolin mutlaq.
Alisher Navoiy Holoti Sayyid Hasan Ardasher asaridagi malumotlardan ham bizga malumki, Sayyid Hasan juda dono , ilm- marifatli, xudojoy inson, umrini Haq yoliga bagishlagan pir hisoblanadi. U doim boylik, mansabparastlik, hashamatlarga boy saroy hayotidan ozini yiroq tutgan, balki umrini ilm-u urfonga , Haqni anglashga bagishlagani bizga malum. Shuning uchun ham Navoiy Sayyid Hasanning namunali ahloqini tasvirlar ekan, bu fazilatlarni uning darveshligi, foniyligi bilan qoshib tariflaydi, aniqrogi, uning ahloqini darveshligidan keltirib chiqaradi. Yuqorida keltirib otilgan baytlarning oxirgi misralaridan ham malumki, uning niyati faqat Haqqa yetishish bolgan. Konglida shundan ozga xayol bolmaganligi yoziladi.
Navoiy uchun esa Sayyid Hasan - insoni komil timsoli, Holoti Sayyid Hasan Ardasher da u ana shunday inson siymosini yaratgan. Hayrat ul- abror va Mahbub ul-qulub asarlaridagi ahloqiy- falsafiy qarashlar bilan Holoti Sayyid Hasan Ardasher asarida ifodalangan fikrlar ham aksar ozaro oxshash. Shunday qilib, Navoiy nazarida komil inson xayoliy bir narsa emas, balki real hayotiy odamlar, biroq, shunisi borki, bunday odam tariqat sulukini qabul qilgan chinakam darvesh bolishi kerak. Boshqacha aytganda, ideal inson - bu kamida gozal ahloqli, zohiriy va botiniy ilmlarni egallagan foniy tabiat faqir kishi. Sayyid Hasan buning namunasi hisoblangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |