Qadriyatlar va asosiy maqsadlarni qayta ko`rib chiqish. Muvaffaqiyatsizliklar to`qchilik va xotirjamlikda hatto inson hayoliga ham kelmagan hayotiy qadriyatlarni ko`zdan kechirib chiqish imkonini beradi. Ustuvor maqsadlarni qayta ko`rib chiqish ko`pincha muvaffaqiyatsizliklarni yengib o`tishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`ladi.
O`zida sabrni tarbiyalash. Bolalik va yoshlik damlarida bir yo`la barchasini qo`lga kiritish mumkindek tuyuladi. Ammo ulg`aygan sayin vaqtni nazorat qilib bo`lmasligi tushunib yetiladi. Insonslar taym-menejmentga doir ko`nikmalari qanchalik kuchli bo`lmasin, vaqti-soati kelmagan ishlar ham bor. Fevralda gul o`smaydi, bola osonlikcha tug`ilmaydi, katta uy bir kunda qurib bitkazilmaydi. Inson qadrli narsaga ega bo`lmoqchi bo`lsa, kutib turishiga to`g`ri keladi. Buni tushunish va qabul qilish muhim. Inson hammasiga ega bo`lishi mumkin, shunchaki bittada emas.
O`zi haqida qayg`urish. Ko`pchilik o`zini aybdor his qilib, holdan toyguncha mehnat qilib, bu bosqichni o`tkazib yuboradi yoki keyinga qoldiradi. Murakkab damlarda omon qolish uchun o`zingiz haqingizda qayg`urishingiz zarur. Haddan tashqari charchash yoki klinik depressiya inson salomatligiga benihoya zarar ekanligini unutmaslik lozim. Shunday ekan, inson hech nimaga qaramay , o`zini xursand qilishi lozim.
Hayotda o`z xohishlarimizni anglash
Bizning mavzuimiz muvaffaqiyat qozonishga bag`ishlangan, avval savollarga javob bering:
1. Kim qanday yashaydi va nima uchun?
2. Nega maktabga borasiz?
3. Nega maktabda sizga turli xil fanlar o`qitilmoqda?
4. Kelajakda kim bo`lishni xohlaysiz?
5. Maqsadlaringiz nimadan iborat?
Javoblar qanchalik xilma-xil va qarama-qarshi bo`lmasin, siz ma'lumotsiz biror narsaga erisha olishingizning iloji yo`qligini tushunishingiz kerak. Siz endi yangi ma'lumotlarni olish va o`zlashtirish uchun yetuk yoshdasiz. Maktab bunda sizga yordam beradi.
Maqsadlarni belgilash inson faoliyatini amalga oshirish uchun zaruriy shart bo`lib, uning eng muhim xususiyati insonning hatti-harakatlarini tashkil etadigan, kelajakni belgilaydigan maqsadning mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |