Ёшлар хуқУҚий тарбияси


Tarbiyaning kuchi, xususiyatlari


Download 210 Kb.
bet2/9
Sana28.01.2023
Hajmi210 Kb.
#1135791
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
HUQUQIY DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATINI QURUSHDA HUQUQIY TA\'LIM TARBIYANING ROLI VA O’RNI

Tarbiyaning kuchi, xususiyatlari.
Tarbiya – keng qamrovli tushuncha bo’lib, uning uch xil talqini mavjud:
1. Bolani boqib, voyaga yetkazish.
2. Parvarish, qarov, tarbiyalab o’stirish.
3. Kishining olgan bilimlarini amaliyotda qo’llay olishga o’rgatish.
Masalan: odob va axloqqa o’rgatish – hunar tarbiyasi: shariat qoidalariga o’rgatish – shariatga asoslangan tarbiya va hokazo. Tarbiya ta’limsiz amalga oshmaydi. Ta’lim berishdan maqsad, uning ketidan tarbiya berishdir, ya’ni ta’lim orqali egallangan bilimlarni amaliyotda qo’llay olishga o’rgatish. Ta’lim va tarbiya tushunchalari o’zaro uzviy bog’liqdir.
Tarbiyalanganlik ulug’ ne’mat. Bu haqda ulug’ pedagoglar, sharq allomalari .
Qadimiy ajdodlarimiz insoniy mezon qilib olgan, har bir kishidan talab qilinuvchi bu ijobiy xislatlarni jamlab, ularni tartibga solib chiqsak, quyidagi ijtimoiy sifatlar tizimi gavdalanadi: birinchi o’rinda jasurlik, keyin – bilimdonlik, uddaburonlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, odamiylik, axloq va odoblilik, do’stlik, tejamkorlik va saramjonlik xislatlari turgan. Bunday xislatlarni shakllantirishda ham diniy, ham dunyoviy asarlar muhim o’rin egallagan.
Baqara surasining bilimga da’vat etuvchi 269 – oyatini olib ko’raylik:
«U o’zi istagan kishilarga hikmat (foydali bilim) beradi. Kimga hikmat berilgan bo’lsa, bas, muxaqqaki, unga ko’p yaxshilik berilibdi»
Ol-l Imron surasining 92- oyatini olsak:
«Suygan narsalaringizdan infoq – ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka, jannatga yetmagaysiz» .
Niso surasining 85 – oyatida:
« Kim ( odamlar orasida ) chiroyli – haq taraf olish bilan taraf olsa, o’ziga ham uning savobidan bir ulush tegur. Kim nohaq taraf olish bilan taraf olsa, o’zi uchun uning gunohidan bir ulush tegur».
SHu suraning 112 – oyatida esa:
“Kimki biron xato yoki gunohni qilib qo’yib, so’ng uni bir pok odamga tuhmat qilib otsa, muxaqqaki, u bo’hton ochiq gunohni o’z zimmasiga olibdi», - deyilgan. Ma’naviy merosimiz hisoblangan epik rivoyatlarda, jumladan, «Avesto», “Go’ro’g’li”, “Alpomish” dostonlari, Firdavsiyning «SHohnoma», Maxmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit-turk», va qator boshqa asarlarda ajdodlarimizning vatanni, xalqni sevish, or-nomus va do’stlariga sadoqat kabi sifatlariga ularning asosiy ijtimoiy xislatlari, deb qaralgan.
Zardushtiylik ta’limoti talablariga: o’g’rilik va birovning mulkiga xiyonat qilmaslik, ayollarga, ayniqsa homiladorlarga g’amxo’rlik qilish, yer sug’orish, daraxt ekish, o’z vaqtida uylanish va bolalarga g’amxo’rlik qilish kabi masalalar kiradi. «Avesto» da yana yer, suv va havo muqaddas hisoblanib, ularga hurmat va ehtiromda bo’lishga da’vat etilgan.
SHarq ilk jonlanish davri ( 9 – 11 asrlar ) allomalari Islom aqidalarida tarbiyalanib, ularni hayot da bir necha bor sinovlardan utkazib, xikmatli so’zlar orqali bizlarga yetkazishga harakat kilganlar. Jumladan, Abu Rayxon Beruniy: «Barcha illatlarning asosiy sababi bilimsizlikda», - degan ekanlar. Abu Ali ibn Sino: «Xaqiqatni bilish uchun bilimga ega bo’lishi kerak, lekin xar qanday bilim ham xaqiqatga olib kelavermaydi. O’z bilimining haqiqiyligini bilish uchun mantiqni bilish zarur», - deganlar. O’rta asrlar Markaziy Osiyo allomalari va 19 – asrdagi jadidlar harakati namoyondalari ham kishining insoniy sifatlariga alohida to’xtalib, komil inson siymosining asosiy belgilari ( xislatlari ) ni ko’rsatganlar. Bu davrda yashagan mutafakkir olim, shoir va donishmandlarning asarlarida, ijtimoiy taraqqiyot uchun muhim bo’lgan insoniy sifatlar – insonparvarlik, bilimga e’tiqod, xalq manfaatini himoya qilish, ma’naviyatni yuksaltirish, komil inson va yetuk jamoaga erishish kabi masalalar yoritilgan.

Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling