Ёшлар хуқУҚий тарбияси
JAMIYATIMIZDA HUQUQIY TARBIYA VA MADANIYATNI YUKSALTIRISH BO’YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR
Download 210 Kb.
|
HUQUQIY DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATINI QURUSHDA HUQUQIY TA\'LIM TARBIYANING ROLI VA O’RNI
2.JAMIYATIMIZDA HUQUQIY TARBIYA VA MADANIYATNI YUKSALTIRISH BO’YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR
2.1 Yoshlar huquqiy madaniyatini rivojlantirishdadavlat siyosatining tutgan o’rni 2016-yil 14 sentabrda qabul qilingan ,, Yoshlarga oid davlat siyosati’’ to’g’risidagi qonunida yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash,ularning huquqiy ongi vahuquqiy madaniyat darajasini yuksaltirish kabi asosiy vazifalar ham yuklatilgan bundan tashqari yoshlarning haq huquqlari ta’minlanishi uchun nafaqat davlat organlarining kafolati,balki yoshlarning huquqiy ongi va madaniyati ham kata ahamiyatga ega. Yuridik fanlar nomzodi , dotsentN. Soburovning fikricha ,, huquqiy ong- bu ijtimoiy shakllanishning biri bo’lib , kishilar huquqga qonunchilikka , huquq-targ’ibot va boshqa his tuyg’ularga nisbatan bo’lgan g’oyalar his –tuyg’ular yig’indisidir’ Yoshlarga huquqiy tarbiya berishdan asosiy maqsad har bir yosh huquqiy madaniyatni o`zlashtirib olishiga erishishdan iboratdir. Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida bir qancha qonun va qonun osti hujjatlar qabul qilindi Bular sirasiga ,,Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida’’gi Qonun ,O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ,,Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi’’,O’zbekiston Respulikasi Prezidentining ,,Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish hamda O’zbekiston yoshlar Ittifoqinifaoliyatini qo’llab –quvvatlash to’g’risidagi’’ hamda O’zbekiston Respublikasi Kanstitutsiyasini o’rganishni tashkil etish’’ to’g’risidagiFarmonlari,Vazirlar Mahkamasining ,,Yoshlarning huquqiy ta’limini takomillashtirish kompleks dasturi ‘’ Qarori kabilarni kiritish joiz.Bu qonun hujjatlarning ijrosi sifatida qator ishlar qilinmoqda . Masalan, Adliya vazirligi huzurida 2009-yil tashkil etilgan yosh huquqshunoslardan iborat,,Huquqiy targ’ibot guruhi ‘’ faoliyati e’tirofga loyiq. Ma’lumot o’rnida aytish lozimki, bu targ’ibot guruhi shu paytgacha 70 dan ortiq tumanlarga borib62 mingdan ortiq yoshlar bilan uchrashuvlar o’tkazdi,ularning huquqiy savodxonligini oshirishga kata xizmat qildi.,,Siz qonunni bilasizmi’’ ,HUquq bilimdonlari ‘’ kabi ko’rik tanlovlari, fan olimpiadalari ham huquqiy savodxonlikni oshirishga bo’lgan qiziqishni ortirmoqda. Yoshlarning huquqiy madaniyatini o`rganish borayotgan davrda uning qadriyatlarga munosabati shakllanadi, huquqqa ijobiy va salbiy munosabat vujudga keladi, faol yoki passiv ijtimoiy-huquqiy xulq-atvorga qaratilgan yo`l-yo`riqlar vujudga keladi. Nihoyat, huquqiy tarbiyaning samaradorligi tarbiya ob'ektining ahvoli to`g`risidagi bilimlarning chuqurligiga va darajalanganligiga muvofiq keladi. Tarbiya ob'ekti, shu o`rinda – yoshlarning ahvolini uning huquqiy madaniyati ko`rsatib beradi. Odatla yoshlikda yigit-qizlar o`z mehnat yo`llarini boshlaydilar, shuningdek oila quradilar. Ana shu hol ularning mehnat va oila huquqiga bo`lgan qiziqishida aks etadi. Yoshlar turli guruhlarining yosh xususiyatlari aniq namoyon bo`ladi. Ma'naviy va intellektual yetuklik darajasi oshib borgan sari kriminal adabiyotga, shu tufayli jinoyat huquqiga ham bo`lgan qiziqish kamayadi, buning o`rniga mehnat, fuqarolik va uy-joy huquqiga bo`lgan qiziqish oshib boradi. Yoshlarning huquqqa bo`lgan qiziqishining darajasini ularning ommaviy axborot vositalari (radio, televedenie, gazeta va jurnallar) tomonidan yoritilayotgan turli yuridik masalalarga qiziqishini o`rganish asosida aniqlash mumkin. Bu huquq haqidagi bilimlarni olish maqsadi va sabablari to`g`risida tasavvurga ega bo`lish imkonini beradi. Yoshlarning huquqiy axborotni foydalanishdan ko`zlagan asosiy maqsadi o`zlarining huquq va majburiyatlari to`g`risidagi bilimlarini kengaytirishdan iboratdir. Download 210 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling