Ёшлар хуқУҚий тарбияси


Download 210 Kb.
bet4/9
Sana28.01.2023
Hajmi210 Kb.
#1135791
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
HUQUQIY DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATINI QURUSHDA HUQUQIY TA\'LIM TARBIYANING ROLI VA O’RNI

birinchidan, ta’lim oluvchilarga o’zining va boshqa shaxslarning xatti-harakatlarini baholashda amaliy faoliyatda olingan huquqiy bilimlarni mustaqil tatbiq qilish ko’nikmalarini hosil qilish;
ikkinchidan, qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq faqat qonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirish yo’l-yo’riqlarini shakllantirish;
uchinchidan, har qanday huquqbuzarlikka nisbatan qat’iy murosasiz munosabatda bo’lish fazilatini tarbiyalash. Ana shundagina olingan huquqiy ta’lim har qanday sharoitda faqat qonunga asosan harakat qilishga qat’iy odatlanish tizimini yaratish, huquqbuzarlikka qarshi jadal kurash olib borishga xizmat qiladi.
Huquqiy ongni shakllantirish shaxsni umumiy tarbiyalash bilan birga uni huquqiy tarbiyalash jarayonlari bilan uzviy bog’liq ekan, bugungi kunda huquqiy ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga bo’lgan ehtiyoj ortib bormoqda.
A.Saidov, U.Tojixonov, O.Karimova, Z.Gafarov va boshqalar huquqiy ta’lim-tarbiyani barkamol insonni kamol toptirishda muhim vosita, deb hisoblaydilar. U.Tojixonov va A.Saidovning huquqiy tarbiya faqat huquqiy ta’limdan yoki xuquq fanlarini o’qitishdan iborat emas, degan fikrlarini10 ma’qullagan holda huquqiy ta’lim nazariyasi va amaliyoti haqida xabardor bo’lishini muhim, deb hisoblaymiz.
Huquqiy ta’lim beruvchining o’zi ham huquqiy bilimga ega bo’lib, huquqiy ta’lim orqali o’rgangan huquqiy tushuncha, tasavvur, huquqiy me’yoriy qoidalarni hayotga tatbiq eta olishi, huquqiy qoidalarni ahloqiy qoidalar tarzida o’zlashtirib olishi lozim. Masalan, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan “Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar”11, degan huquqiy qoida o’rgatilishi bilan birga unga rioya qilish va uning mazmun-mohiyatini tushunish har bir fuqaroning axloqiy fazilatlariga aylanib borsagina huquqiy ta’limning maqsadiga erishiladi. Bunda shaxs ushbu qoidaga Konstitutsiyada me’yor borligi uchun emas, balki uning huquqiy ongida ushbu fazilat shakllanganligi uchun rioya etadi.



Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling