Ёшлар хуқУҚий тарбияси
Aholining huquqiy madaniyatini shakllantirishda huquqiy tarbiyaning o’rni
Download 210 Kb.
|
HUQUQIY DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATINI QURUSHDA HUQUQIY TA\'LIM TARBIYANING ROLI VA O’RNI
1.2Aholining huquqiy madaniyatini shakllantirishda huquqiy tarbiyaning o’rni
Aholining huquqiy ongi jamiyatning huquqiy madaniyat darajasini belgilaydi. Huquqiy ongning shakllanishi esa to’g’ri tashkil etilgan huquqiy ta’lim va tarbiya berish tizimiga bog’liq. “CHunki ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zg madaartirmasdan turib esa ko’zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi. Ko’rib turganimizdek, bularning barchasi bir – biri bilan zanjir kabi chambarchas bog’liq masalalardir1. Huquqiy bilim berishni yo’lga qo’yish orqali huquqiy madaniyatning yuksalishiga erishiladi, boshqacha aytganda, tom ma’nodagi huquqiy ong shakllantiriladi. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi”da belgilanganidek, ijtimoiy ongni shakllantirishda huquqning o’rni; huquqiy tarbiya va aholining ijtimoiy faolligi; huquqiy ongga ta’sir etish shakllari va usullari; huquqiy ongning psixologik jihatlari; huquqiy ongdagi ijtimoiy buzilish va salbiy o’zgarishlar; aholining turli qatlam va ijtimoiy guruhlarining huquqiy madaniyati kabi muammolar mavjuddir2. Huquqiy madaniyat – umumiy madaniyatning tarkibiy qismi bo’lib, uning tarkibiga huquqiy ong, huquqiy faoliyat, huquqiy munosabatlar kiradi. Huquqiy madaniyat saviyasi ko’p hollarda huquqiy ong bilan belgilanib, ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida maydonga chiqarkan, huquqiy ong nisbatan mustaqil bo’lib, ijtimoiy hayotning barcha huquqiy hodisalarini aks ettiradi. Odamning ijtimoiy hayotni tushunishi, sezishi va atrofda sodir bo’layotgan o’zgarishlarga munosabati hamda qarashlari uning ongida aks etadi. SHu bois ham ong so’zi tilimizda aql so’ziga yaqin ma’noda qo’llanib kelinadi. Insonning fikrlash qobiliyati nazarda tutilganda, ong va aql atamalarining ma’nolari bir-biriga xos bo’lib, ong ham, aql ham odam miyasining mahsulidir. Huquqiy ong huquqiy-falsafiy tushunchadir. Zero, avvalambor, “Odamning ijtimoiy hayotni tushunishi, sezishi, unga munosabati uning ongida yuz beradi. Siyosiy ong, ijtimoiy ong iboralari ana shundan kelib chiqqandir. Voqelikning kishi miyasida uning butun ruhiy faoliyatini o’z ichiga olgan va, albatta, ma’lum maqsadga yo’nalgan holda aks etishi ongning zuhuridir. Ong, shuningdek, kishining ruhiy, siyosiy, falsafiy nuqtai nazarlari, diniy, badiiy qarashlarining ham majmui hisoblanadi. Ijtimoiy ong deganda ana shular nazarda tutiladi. Ongli kishi deyilganda ongga ega, aql-idrokli odam tushunilsa, ongli hayot iborasida esa, bir maqsadga yo’naltirilgan turmush ifodalanadi”3. Huquqiy ong falsafa, pedagogika va huquqshunoslik fanlari nuqtai nazaridan muayyan darajada o’rganilgan bo’lib, ushbu masalalarning ba’zi jihatlari E.Abzalov, A.Azizxo’jayev, H.Boboyev, Z.Gafarov, Z.Islomov, O.Karimova, I.Kudryavsev, Z.Madaliyeva, H.Odilqoriyev, A.Ostrovskiy, A.Saidov, E.Xalilov, O.Husanov, U.Tojixonov, A.Rafiqov, A.Hamroyev, SH.O’razayev, M.Fayziyevning4 ilmiy tadqiqotlarida va xorijlik olimlar, jumladan, ye.Lukasheva, ye.Pevsova, ye.Tatarinseva, I.Ryabko, I.Xil, N.YUrashevichlarning ilmiy ishlarida o’z aksini topgan5. Huquqiy ong masalasiga doir ilmiy ishlar tahlili shuni ko’rsatdiki, O’zbekiston Respublikasida 1991-2006 yillar mobaynida huquqiy ongga oid ilmiy ishlar6 juda kam himoya qilingan. Masalan, 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi; siyosiy-huquqiy ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo’yicha jami 80 dan ortiq dissertatsiyalar himoya qilingan bo’lsa, shulardan atigi bittasi (Z.Madaliyevaning “YOshlarda huquqiy ongni shakllantirish va yuksaltirish muammolari” mavzusidagi tadqiqoti)da huquqiy ong masalasi o’rganilgan bo’lib, qolgan 7 tasi (1 ta doktorlik – U.Tadjixanov va 6 ta nomzodlik ishlari – N.Vahabov, A.Hamrayev, E.Abzalov, D.Dehqonova, N.Saburov, R.Turdiboyeva)da huquqiy madaniyatni shakllantirish va uning muammolari tadqiq etilgan. Unda mualliflar huquqiy tarbiya orqali huquqiy madaniyatni shakllantirish mumkinligi haqida fikr yuritganlar. Huquqshunos olimlar H.Boboyev, Z.Islomov, A.Saidov huquqiy ong to’g’risidagi fikrlarni davlat va huquq nazariyasiga oid adabiyotlarda bayon etganlar7. Xususan, Z.Islomov ta’kidlaganidek, “huquqiy ong – bu inson o’zini qurshab turgan huquqiy olamni o’rganish, anglash qobiliyati sifatida tushuniladigan ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Moddiy olamning predmet va hodisalaridan farqli o’laroq, ong natijalari bir qator xususiyatlaridan ayrilgan o’ziga xos ajib ko’rinishdagi tafakkur ifodasi sanaladi. Bilimlar o’ziga xos shakllarda: sezgi, tasavvur, tushuncha, kategoriya, ob’ektiv qonuniyat va nazariyalar to’g’risidagi mulohazalar sifatida mavjud bo’ladi. SHunday qilib, ong insonning o’zini qurshab turgan olamni in’ikos etish (bilish) shaklini, shuningdek, insonning muayyan ijtimoiy va tabiiy hodisalar, jarayonlarni o’zgartirish, takomillashtirish, yangi moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish bo’yicha ushbu dunyoga nisbatan turli shakldagi baholash va takliflar ko’rinishida munosabat bildirishini o’zida aks ettiradi”8. Ushbu fikrni qo’llab-quvvatlagan holda ta’kidlash joizki, huquqiy borliqning o’zgarishi bilan huquqiy ong ham o’zgara boradi. Bu murakkab ruhiy sohada kechadigan ichki fikrlash jarayoni huquqiy borliqning ongdagi aksini tushunib yetish va huquq haqidagi bilimlarni shakllantirish bilan bog’langan. Demak, huquqiy ong ijtimoiy ongning to’liq xususiyatlariga ega. Huquqiy ong huquq tuzilishini, uning boshqa ijtimoiy hodisalar, jumladan, qonunchilik va undagi huquqiy normalar; yuridik amaliyot, ya’ni normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish bo’yicha vakolatli davlat organlari faoliyati; muayyan huquqiy munosabatlarda huquqiy normalarni amalga oshirish bo’yicha davlat idoralari, fuqarolar va boshqa shaxslarning faoliyati; qonunni buzishga qarshi kurashish bo’yicha davlat va jamiyat faoliyati kabilar bilan turli aloqa va munosabatlarni ifoda etadi. Ijtimoiy ongning har qanday shakli singari huquqiy ong ham o’zining ifoda predmetiga ega. Rus olimlaridan A.V.Malko, V.V.Kozarev, N.I.Matuzovning huquqiy ongning predmeti huquq hisoblanganligi uchun ham uni huquqshunoslik fani o’rganadi, degan fikrlarini qo’llab-quvvatlaymiz. Ular: “Huquqiy ong bu – odamlarning amal qilayotgan (yoki ular ko’nglidagi) huquq va boshqa huquqiy hodisalarga munosabatlarini ifodalovchi qarashlari, g’oyalari, tasavvurlari, shuningdek, his-tuyg’ulari, his-hayajonlarining yig’indisidir”9 - , deb ta’rif beradilar. Mamlakatimizda huquqiy davlat barpo etish jarayonida har bir fuqaro huquq asoslarini, uning amal qilish tamoyillarini, asosiy huquqiy norma va qoidalarini bilishi zarur, deb hisoblaymiz. Bu jarayon, ayniqsa, davlat tomonidan ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan huquqiy bilim berishning pirovard maqsadini tashkil etadi. Huquqiy ta’lim-tarbiyada quyidagi murakkab vazifalar mavjud: Download 210 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling