Eshmatov Islom 483-mashq
Download 46.5 Kb.
|
11-amaliy
488-mashq. Zarur o‘rinlarga vergul qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
1. – Bobojon kichik Vatan ham bo‘ladimi? – Bo‘ladi bolam bo‘ladi. Odamning yashaydigan uyi, hovli-joyi kichik Vatani. 2. Oq o‘rik, shotut, shaftoli va g‘aynolining sap-sariq yaproqlari hovli betini ko‘mib yotibdi. (I. Rahim) 3. Hayot abadiy, ammo u yosh avlod bilan barhayot. (R. Usmonov) 4. Yo‘q endi Mengliboyni hech kim yo‘ldan urolmaydi. (S. Ahmad)5. Ammo do‘stingdan, yaqin bir odamingdan, to‘satdan shunday gap eshitish menga albatta og‘ir. (P. Tursun) 6. Ha o‘z manfa-atini xalq manfaatidan yuqori qo‘yganlar doim adashadi. (Uyg‘un)7. Yoshing yigirma beshga qarab ketyapti – dedi onasi – xotin kishi o‘ttizga kirsa, o‘tin bo‘ladi. (O‘. Hoshimov) 8. Shaftolizorda sa’vaning, goh fig‘onli nolasi, goh shiddatkor chaqchaqi tinmaydi. (S. Ahmad) 9. Mansur Gavharning nozik ammo chayir qo‘lini mahkam qisdi. (O‘. Hoshimov)10. Bora-bora cho‘l sahroga aylandi odamlar va otlarning suvga ehtiyoji osha bordi. (M. Osim) 11. Aql va baxt birlashsa, insonning hayot yo‘li ravon bo‘ladi. (Gazetadan) 12. Afshonsoy tomonda qurbaqalar qurillar, dimoqqa archa, na’matakgul, yovshan, bo‘ztikan va yovvoyi piyoz hidi gup-gup urardi. (O. Yoqubov) 13. Tajribalardan ma’lum bo‘ldiki, kobraning zahari hatto rak o‘smasini ham o‘sishdan to‘xtata olar ekan. («Fan va turmush» jurnali-dan) 14. Oh bu yoqimli hid qayerdan keldi ekan. (X. To‘xtaboyev) Download 46.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling