Eshmatov Islom 483-mashq


Download 46.5 Kb.
bet9/10
Sana11.11.2021
Hajmi46.5 Kb.
#173424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11-amaliy

493-mashq. Gaplarni o‘qing. Qo‘shtirnoq belgisining qo‘llanish o‘rni va vazi­fasini izohlang.

1. Mirzo Ulug‘bek da’vogarga: “O‘sha daraxtdan uch-to‘rt barg olib kel, men uning vositasida haqiqatni aniqlayman”, – debdi. (“Yolg‘on­chi­ning izza bo‘lishi” rivoyatidan) 2. «Kosmetika» aslida grekcha so‘z bo‘lib, u «go‘zallashtirish» degan ma’noni anglatadi. («Saodat» jurna­li­dan) 3. Xo‘p, hozir ko‘ramiz.. «Yaxshi!».. «O‘rta».. «O‘rta».. Qani «a’lo»? Ruschadan nima uchun «yaxshi»? (A. Qahhor) 4. Birdan aya­majizning «ho‘kiz o‘ldirar» izg‘irini boshlandi. (S. Nurov) 5. Bashirjon tili so‘zga kelmay, «qiyomatli» ukasiga ancha vaqt ag‘rayib tur­di, niho­yat, zo‘rma-zo‘raki jilmaygandek bo‘ldi. (N. Aminov) 6. “Ta­fak­kur” jurnalini maroq bilan o‘qiyman. 7. “Yulduzli tunlar”da “Bobur­noma”­dan olingan parchalar ham uchraydi. 8. Anvarning tevaragida “xolis” maslahatgo‘ylar ham ko‘rinishib qoldilar. Ayniqsa bu “xolis”­lar­dan biri pochchasi edi. (A. Qodiriy) 9. Adabiyotshunos Ibrohim Haqqulning “Navoiyga qaytish” kitobi “Fan” nashriyotida chop etildi. 10. Ingliz tili bo‘yicha o‘tkazilgan olimpidaning viloyat bosqichida 8-“A” sinf o‘quvchisi Gulchiroy Safarova 1-o‘rinni egalladi. 11. “O‘zDEU avto” qo‘shma korxonasida 1996-yildan boshlab “Nek­siya”, “Damas” va “Tiko” yengil avtomobillari ishlab chi­qarila bosh­ladi. 12. Moskvadan uchib kelgan “Boing–767” samolyoti Toshkent ae­ro­portiga qo‘ndi. 13. “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin Yulduz” medali bilan 2005-yilgacha 55 kishi taqdirlangan. (“O‘zbekis­ton milliy ensiklopedi­yasi”dan)




Download 46.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling