491-mashq. Gaplarni o‘qing. Ko‘pnuqtaning qo‘llanish o‘rni va sababini aniqlang.
1. Kelimning shu yo‘sin yaxshi bo‘lishiga qaramasdan uning tabiatida harchand tirishilsa ham maqtab bo‘lmaydigan xususiyatlar bor: xasislikka o‘xshagan holat, tamagirlik kabi odat, ichiqoraliq kabi harakat va amsoli… (A. Qodiriy)
2. – Zaharni kim beradi?
Nima deyishga ham hayron tabib:
– Men… men… o‘zingiz o‘ylab ko‘ring-chi… Men darrov dori yuboray, darrov ichiring, tuzukmi? – dedi. (A. Qodiriy)
3. – Nahotki podshoh Bobur sen bo‘lsang?!
– Ha, men podshoh edim!
– Hozir-chi?
– Hozir… toj-u taxt da’vosidan voz kechdim. Endi faqat shoirona hayot kechirmoqchimen. (P. Qodirov)
4. Seni ham qayta ko‘rolmasmen deb o‘ylagan edim. Bosh omon bo‘lsa, ham-masi o‘tar ekan… (P. Qodirov)
Do'stlaringiz bilan baham: |