490-mashq. Gaplarni o‘qing. Nuqtali vergulning ishlatish sababini tushuntiring.
1. Bozorda hamma narsa bor: anjir, olma, o‘rik, nok; tesha, o‘roq, ketmon, belkurak; kosa, piyola, tovoq; tovuq, o‘rdak, kurka; shim, ko‘ylak, paypoq; qo‘y, echki, qoramol va hokazo. 2. Mayin yel cho‘qqilarni quchib yotgan qor nafasini olib keladi; muzlikdan sizib tushayotgan suv shildirab oqadi. (Y. Shamsharov) 3. Hozirgi asosiy vazifa quyidagilar: a) ariq-zovurlarni qazish va tozalash; b) yerlarni tekislash (balandliklarni surish yo‘li bilan); d) traktorlar ta’mirini tugallash; e) bahorgi ekish ishlarini uyushqoqlik bilan boshlab yuborish.
Do'stlaringiz bilan baham: |