Eshmatov Islom 483-mashq


Download 46.5 Kb.
bet5/10
Sana11.11.2021
Hajmi46.5 Kb.
#173424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11-amaliy

489-mashq. Gaplarni o‘qing. Tirening qo‘llanish o‘rni va sababini tushun­tiring.

1. Baykal – jahondagi eng chuqur chuchuk suvli ko‘l. (“Bolalar ensiklopedi-yasi”dan) 2. Millatni uyg‘otish – uyg‘onganlarning vazi­fasi. (Cho‘lpon) 3. Og‘riq tishning davosi – ombur. (Maqol) 4. Endigi muhim vazifa – o‘rim-yig‘imni g‘oyatda qisqa fursatda uyushqoqlik bilan o‘tkazish. (Gazetadan) 5. Vaqting ketdi – baxting ketdi. (Maqol) 6. Ichkilik, bezorilik, buzilish, odobsizlik – hammasi bekorchilikdan kelib chiqadi. (A. Muxtor) 7. Rejasiz ish – qolipsiz g‘isht. (Maqol) 8. Ko‘z qo‘rqoq – qo‘l botir. (Maqol) 9. Men – Po‘latova Madina, Buxoro davlat universitetining pedagogika fakultetida o‘qiyman.

10. – Buva, cho‘ponlik yomonmi? – dedi Karim sekin.

– Yo‘q, chirog‘im.

– Qorovulchilik-chi?

– Qorovulchilik ham yomon emas.

– Hisobchi bo‘lish-chi?

– Hisobchilik ham yaxshi.

– Ichida eng yaxshisi qaysi?

– Kasbning yomoni bo‘lmaydi, – dedi buvasi. (S. Anorboyev)




Download 46.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling