Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


Жиноят ишини адолатли ва қонуний ҳал этишда далилларга қўйилган талаблар нималардан иборат, далил манбаларининг тушунчаси ва турларини таҳлил қилинг


Download 0.85 Mb.
bet15/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

17.Жиноят ишини адолатли ва қонуний ҳал этишда далилларга қўйилган талаблар нималардан иборат, далил манбаларининг тушунчаси ва турларини таҳлил қилинг.
81-modda. Dalillarning turlari
Ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan-bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni surishtiruvchining, tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan har qanday haqiqiy ma’lumotlar jinoyat ishi bo‘yicha dalil hisoblanadi.
Bu ma’lumotlar guvohning, jabrlanuvchining, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ko‘rsatuvlari, ekspertning xulosasi, ashyoviy dalillar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadi.






18.Реабилитация учун асосларни таҳлил қилинг. Ҳар бир асос бўйича жиноят ишини тугатиш тартибини ўзгачалик хусусиятларини ёритиб беринг.
83-modda. Reabilitatsiya uchun asoslar
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi quyidagi hollarda aybsiz deb topiladi va reabilitatsiya etilishi lozim:
1) ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi o‘tkazilgan ish bo‘yicha jinoiy hodisa yuz bermagan bo‘lsa;
2) uning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 14-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi. 6. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, aqli noraso holatda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanganda jinoyat ishi jinoyat belgilari tarkibiga kiruvchi element — subyekt yo‘qligi tufayli tugatiladi (JPK 83-moddasi ikkinchi bandi)
3) uning sodir etilgan jinoyatga daxli bo‘lmasa.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 13-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 28-bandining uchinchi xatboshisi, 35-bandining ikkinchi xatboshisi.






19.Айблилик тўғрисидаги масалани ҳал қилмай туриб жиноят ишини тугатиш учун асосларни жиноят процессуал қонунчилигига асосланган ҳолда баён қилинг ҳамда мазкур тугатиш турларини Ўзбекистон Республикаси Жиноят-процессуал кодексининг 83-моддасида назарда тутилган реабилитация қилиш асослари билан таққосланг.
Quyidagi hollarda shaxsning jinoyat sodir etilishida aybliligi to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishi tugatilishi lozim, basharti:
1) shaxsni javobgarlikka tortish muddati o‘tgan bo‘lsa;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 64-moddasi.
2) e’lon qilingan amnistiya akti sodir etilgan jinoyat yoki shaxsga daxldor bo‘lsa;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 68-moddasi.
3) ayblanuvchi, sudlanuvchi vafot etgan bo‘lsa;
4) shaxsga nisbatan aynan shu ayblov bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘lsa;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 8-moddasining ikkinchi qismi.
5) shaxsga nisbatan aynan shu ayblov bo‘yicha ishni tugatish haqida sudning qonuniy kuchga kirgan ajrimi (qarori) yoki vakolatli mansabdor shaxsning jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoxud ishni tugatish haqida bekor qilinmagan qarori bo‘lsa;
6) ish faqat jabrlanuvchining shikoyati bilan qo‘zg‘atiladigan hollarda uning shikoyati bo‘lmasa, ushbu Kodeksning 325-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksining 325-moddasi.
7) shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan paytda jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmagan bo‘lsa;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
8) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida shaxsning o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi tufayli yoxud belgilangan muddat ichida yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanganligi va (yoki) jinoyat oqibatlari bartaraf etilganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilinishi nazarda tutilgan bo‘lsa.
(84-moddaning birinchi qismi 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 571-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, agar ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki vafot etgan ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari talab qilsa, ishni yuritish umumiy tartibda davom ettirilishi mumkin. Bunday hollarda hukm qilish uchun asoslar mavjud bo‘lsa, ayblov hukmi jazo tayinlanmasdan chiqariladi.
(84-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-277-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 69 va 76-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 15-bandining birinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining o‘z harakatlari ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan darajada buzilishi yuzaga kelgan shaxs to‘g‘risidagi jinoyat ishi ushbu Kodeksning 61-bobida belgilangan tartibda aybdorlik haqidagi masala hal qilinmasdan tugatiladi.
(84-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jabrlanuvchi Jinoyat kodeksining 661-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan yarashgan taqdirda jinoyat ishi ushbu Kodeksning 62-bobida belgilangan tartibda sud tomonidan ayblilik haqidagi masala hal qilinmasdan tugatilishi mumkin.
(84-modda O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuniga muvofiq to‘rtinchi qismi bilan to‘ldirilgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)







Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling