Estetika nazariyasi Reja: Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati


Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana19.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1364148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Estetika nazariyasi

Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi 
Tabiat haqida gap ketganda, “tabiatni asrash”, hatto “tabiatni qutqarish” degan so’zlarni tez-
tez eshitamiz. Xo’sh, tabiatni kimdan asrash va qutqarish kerak? Odamdan, jamiyatdan. Demak, 
odam, markschilar ta’riflaganidek, tabiatning bir qismi emas, uni odam bir-birini 
bo’ysundirganidek bo’ysundirishi, “olamni o’zgartirishi” mumkin emas. Aks holda oxir-oqibat 
insoniyat, hayvonot va nabotot dunyosi halokatga mahkum etilishi muqarrar. 
Keyingi bir asr mobaynida inson tafakkurining qudrati, fan-texnika taraqqiyoti jahonning 
deyarli barcha stivilizastiyalashgan mamlakatlarida landshaftning (er yuzi manzarasining) 
o’zgarishiga, buzilishiga olib keldi. Masalan, birgina suv omborlarini olib ko’raylik. Hozirgi 
paytda minglab kvadrat kilometr takrorlanmas landshaft suv ostida qolib ketdi. Vaholanki, 
landshaft hayvonlar, qushlar, o’simliklar, suv, tuproq kabi qit’aviy xazinalarning uyg`unligidir. 
Biz esa tabiatga bo’lgan xudbinlarcha munosabatimiz, unga qornimizni to’ydiradigan, hayotimizni 
farovon qiladigan vosita deb qarashimiz tufayli ana shu uyg`unlikni muntazam ravishda buzib 
kelmoqdamiz. 
Biz tabiatni nutqlarimizda, she’rlarimizda, maqolalarimizda “Ona-tabiat” deb ataymiz. 
Darhaqiqat, tobimiz qochsa, shifokorlar bizga bahavo, shaffof suvli tabiat qo’ynida joylashgan 
oromgohlarga borishni, kimsasiz daryo bo’ylaridagi butazorlar orasida chodir qurib, bir muddat 
tashvishlardan forig` yashashni tavsiya etadilar. Shahar shovqinlaridan, mehnatdan, axborotlar 
siquvidan charchaganimizda, jamoa bilan yoki oilaviy tarzda tabiat qo’yniga chiqib dam olamiz. 
Toliqsak, doim “onamiz” qo’yniga intilamiz, ona-tabiat bizni davolaydi, go’zalligi bilan 
hayratlantiradi, ruhlantiradi. Lekin bir-ikki kundan so’ng yana hammasini unutamiz, tag`in 
tabiatga bir xizmatkordek qaraymiz. Nega shunday? Chunki biz uni tushunmaymiz, uni 
bilmaymiz. Shu sababli biror bir odamning yaxshi yoki yomonligiga asl sabablar nimaligini, uning 
mohiyatini bilmaganimiz, tushunmaganimiz uchun “falonchining tabiati o’zi shunaqa”, yoki 
muayyan hayvon yoxud o’simlikning sir-sanoatidan bexabarligimiz tufayli uni “tabiatan o’zi 
shunday” deyish bilan muammoga nuqta qo’yamiz. Zero tabiat olamiy kubromi (katta olammi), 
olami sug`romi (kichik olammi), ya’ni odammi, u – sirli, uni lozim darajada tushunmaymiz va 
bilmaymiz. Har qancha ekologiyaga e’tibor qilmaylik, uni fan sifatida zo’r berib o’qitmaylik, 
baribir tabiatni tushunishimiz qiyin, zotan ekologiya tabiatni asrashni, qutqarishni, boyitishni 
targ`ib qiladi. Biroq ularning hammasiga faqat estetika yordamida, uning ekologiya bilan 


hamkorligida erishish mumkin. Chunki estetika insonga tabiatni sevishni, uning go’zalligiga 
beg`araz munosabatda bo’lishni o’rgatadi, ya’ni tabiatni faqat odamlar uchun yaratilgan deb emas, 
uni jamiyatdan tashqaridagi umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok etishni taqozo qiladi. 
Ha, tabiat go’zallik va ulug`vorlik manbai, lekin faqat inson uchungina shunday emas. Masalan, 
bulbul tunda, odamlar uxlaganda sayraydi, namozshomgul va ba’zi boshqa gullar faqat qorong`u 
tushayotgan paytdan boshlab ochiladi. Demak, hayvonlarni, o’tloqlarni, daraxtlarni, daryolarni, 
tog`larni faqat “biz uchun” deb emas, “biz uchun ham” deb tushunishimiz lozim. 
Texnikaning inson estetik manfaatlari va faoliyati bilan bog`liqligi. Dizayn estetikasi. Ko’rib 
o’tganimiz – tabiat estetikasi bizni hozir avvalgiga qaraganda olisdan o’rab turgan biologik 
muhitning hayotimizni go’zallashtirishdagi, umuman, estetiklashtirishdagi ahamiyatini tadqiq 
etsa, uni insonni “tabiiylashtirish” vositasi sifatida olib qarasa, texnika estetikasi, aksincha, 
bugungi kunda bizga eng yaqin bo’lgan noosferani – texnikaviy muhitni muntazam 
“insoniylashtirib” borish muammolarini o’rganadi. 
Inson doimiy ravishda ravnaq topib boradigan mavjudot, uzoq davom etgan insoniy 
taraqqiyotning mahsuli, ya’ni tosh asridagi va hozirgi odam, garchand ikkalasi ham odam deb 
atasakda, bir-biridan farq qiladi. Zamonaviy odam aqlan, axloqan nisbatan yuksak darajaga 
ko’tarilgan, jismonan esa – go’zallashgan. Texnikani ana shu go’zallashgan inson yaratgan. Shu 
o’rinda imom G`azzoliyning inson va uning ijodiga nisbatan aytgan: “Yaratilgan yaratganiga 
o’xshaydi”, degan so’zlarini yana bir bor eslaylik. Alloh insonni yaratib, uni o’ziga o’xshashini 
istasa, inson ham o’z ijodi mahsulining o’ziga o’xshash bo’lishini xohlaydi. Texnika inson 
ijodining mahsuli sifatida inson qanchalik nozik, qanchalik aqlli, qanchalik go’zal bo’lsa, shunga 
qarab o’zgarib boradi.
Estetik tarbiya – jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko’mak beruvchi muhim 
unsur bo’lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat
munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir. 
Hozirda estetik tarbiyaning ko’lami tobora kengaymoqda. Shunga ko’ra, u o’z oldiga talaygina 
muhim vazifalarni qo’ygan. Bular:-kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol 
o’zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish; 
-jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga 
ishonch tuyg’usini uyg’otish; 
- tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg’u bilan munosabatda bo’lishga va ularni 
ravnaq toptirish yo’lida astoydil faoliyat olib borish ko’nikmalarini hosil qilish;
- o’tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg’otish, milliy g’urur, milliy iftixor 
tuyg’ularini shakllantirish uchun zamin yaratish; 
- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun 
naf keltiradigan tomonlarini targ’ib qilishga undashdir. 
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga- san’at, information texnologiyalar, tabiat, 
mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling