qatiyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z xoliga, o’zi bo’larchilikka tashlab
qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g`rilgan va ulardan oziqlangan
ma’naviyatimizdan,
tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy
taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin”
1
,-degan fikrlari ma’naviy
tarbiyaning
jamiyatimiz uchun muhim zaruriyat va ahamiyatga aylangan ijtimoiy hodisa ekanligini ko’rsatadi.
Nafosat falsafasi va axloq falsafasi. Nafosat falsafasi qadim-qadimlardan buyon ko’pgina
fanlar bilan mustahkam aloqada rivojlanib kelgan. Shulardan biri bo’lgan falsafa haqida, ular
orasidagi bog`liqlik to’g`risida yuqorida aytib o’tdik. Nafosat falsafasi
uchun yana bir yaqin
aloqador, «qadrdon» fan axloq falsafasidir.
Nafosat falsafasi va ruhshunoslik.Ma’lumki, insonning ruhiy hayotini o’rganar ekan,
ruhshunoslik hissiyotlar masalasiga katta o’rin beradi. Go’zallikni, san’at asarini yaratish va idrok
etish ham ma’lum ma’noda hissiyotlar bilan bog`liq. Masalan, oddiy harsang tosh kishida alohida
bir hissiy taassurot uyg`otmaydi. Lekin toshga haykaltarosh qo’l urganidan so’ng, undan hayot
nafasi, insoniy hissiyotlar ufura boshlaydi. Gap bunda toshga odam qiyofasi berilganida emas,
balki shu qiyofaga bir lahzalik insoniy tuyg`ularning jamlanganidadir.
Boshqacharoq qilib
aytganda, ijodkor toshga o’zi tomoshabinga etkazishni maqsad qilib qo’ygan hissiyotlarning
suratini chizadi va oddiy toshni haqiqiy san’at asariga aylantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: