Estetika nazariyasi Reja: Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana19.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1364148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Estetika nazariyasi

Estetik mushohada.Odatda biz «mushohada» deganimizda «kuzatish» so’zining sinonimini 
tushunamiz. Aslida esa bunday emas: kuzatish, falsafiy qilib aytganda, bilish munosabatining 
tajribaviy asosi, u ob’ektga yo’naltirilgan bo’lib, qo’yilgan maqsad va ilmiy bilim mantiqi 
tomonidan boshqarib, tuzatilib boriladi, unga o’zgartirishlar kiritib turiladi, ya’ni u maqsad asosida 
ish ko’radigan fikriy faoliyat. Kuzatishda inson o’z diqqatini ob’ektga yo’naltirar ekan, uning 
qiziqishi hodisadan mohiyatga qarab boradi; unda bor narsaning borligini yoki yo’q narsaning 
yo’qligini tasdiqlash muhim. 
Estetikaning asosiy kategoriyalari bilishning muhim omili sifatida 
Har bir fan o’z maqomiga ko’ra muayyan tadqiqotning faoliyat sohasi bo’lib, bu faoliyat 
tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilishga qonun va kategoriyalar asosida 
olamni yangidan idrok etishga qaratilgan bo’ladi. Ma’lumki, dialektikaning biror-bir 
kategoriyasini voqelikdan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki, bu kategoriyalar (yaxlitlik, 


qism, zaruriyat, tasodif, mohiyat, sifat va h.k) insonni o’rab turgan olamda sodir bo’ladigan voqea-
hodisalar haqida aniq xulosalar chiqarishga, ularni to’g`ri tahlil etishga ko’mak beradi. Nafosat 
falsafasi o’zining kategoriyalariga ega. Bu kategoriyalar (go’zallik, hunuklik, ulug`vorlik, 
tubanlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k.) inson va tabiat, inson va jamiyat, inson va ijtimoiy borliq 
bilan doimo hamkorlikda vujudga keladi. 
Bugungi kun adabiyotlarida go’zallik – ulug`vorlik – fojiaviylik - kulgililik; estetik ideal - 
estetik did - estetik tuyg`u; san’at - badiiy obraz - ijodkorlik ko’rinishdagi tizim estetika fanining
kategoriyalar tasnifida kengroq qo’llanilmoqda. Mazkur kategoriyalar orasida go’zallik, 
ulug`vorlik, fojeaviylik, kulgililik boshqa mezoniy tushunchalarga nisbatan ko’lami va mazmuni 
jihatidan keng qamrovli ekanligi bilan ajralib turadi.
Quyida biz anashu kategoriyalarning falsafiy-estetik mohiyati haqida fikr bildiramiz. Dastlab 
go’zallik to’g`risida.
«Go’zallik»ning tugal ilmiy ta’rifi haqida biror-bir qat’iy fikr mavjud emas. Biroq, go’zallikning 
idrok etilishi, tabiatda namoyon bo’lishi, san’atda aks etishi hamda uning jamiyat rivojiga ta’siri 
haqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan g`oyalar, yaratilgan ta’limotlar o’zining salmog`i bilan 
ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy-jismoniy, axloqiy-estetik faoliyati, tabiat va undagi hodisalar, 
jamiyat va unda ro’y berayotgan ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy-iqtisodiy jarayonlar go’zallikka 
yondoshuvning tarixan tarkib topgan asosiy obektlaridir. 
Ulug`vorlik va tubanlik. Nafosat falsafasidagi yana bir muhim mezoniy tushuncha – bu 
ulug`vorlik tushunchasi hisoblanadi. Bu tushuncha ham go’zallik kategoriyasi kabi mutafakkirlar 
e’tiborini o’ziga jalb etib kelgan. Jumladan, ingliz nafosatshunosi E.Byork go’zallikni ulug`vorlik 
bilan qiyosiy o’rganib, bu ikki tushunchani bir-biriga qarama-qarshi tushunchalar sifatida tadqiq 
etadi. I.Kant esa bu borada aksincha yo’l tutadi, ya’ni go’zallik va ulug`vorlikni uyg`unlikda 
rivojlanuvchi tushunchalar deb hisoblaydi. Ulardan farqli o’laroq, Hegel, ulug`vorlikni 
go’zallikning bir ko’rinishi, ulug`vorlik – zohiriy go’zallikning botiniy go’zallikka aylanishi, deb 
tushuntiradi.
Ulug`vorlik - inson tafakkurida yuksak hayratlanish tuyg`ularini hosil qiluvchi narsa-
hodisalar majmuidir. Ulug`vorlikning ko’lami go’zallik ko’lami kabi cheksiz bщlib, u o’zida hajm, 
miqdor, ko’lam va ko’lamni mujassam etadi. Olmon faylasufi F. Shiller ulug`vorlik tushunchasini 
dramatiklashtiradi: u qayg`u va qo’rkuvni engish insonni qanchalik ulug`lashi va chiroy baxsh 
etishini ko’rsatib beradi. U ulug`vorlikni «axloqiy xavfsizlik» tushunchasi bilan qiyoslaydi va 
inson qo’rquv va dahshatga qarshi borishi uchun ham xavfdan xoli bo’lishi kerakligini aytadi. 
Jismoniy xavfsizlik bevosita shaxsning o’ziga tegishli bo’lib, insondagi qatiy ishonch bois 
xotirjam va xavfsiz bo’ladi. Biroq, dahshatli yo’qotishlar va yovuzliklar qarshisida insonning 
xotirjamligi yo’qoladi. Agar xavf insonning o’zigagina yaqinlashsa-yu, u o’zini hotirjam xis qilsa, 
demakki, uning vijdoni xavfdan xoli; unga hech qanday havf tahdid solmaydi. Shu bois Shiller 
axloqiy havfsizlikni din, e’tiqod va abadiylik bilan bog`laydi. Axloqiy xavfsizlikning zaminiy 
xususiyatini esa hayot va o’lim masalalari bilan izohlaydi, ulug`vorlik muhokamasi yuksak 
darajada madaniyatni talab qiladiki, bu muhokama go’zallik muhokamasidan ustuvorroqdir. 
Tubanlik. Nafosat falsafasi kategoriyalari orasida xunuklik singari kishilarda salbiy his-
tuyg`u paydo qiladigan boshqa tushunchalar ham mavjud. Tubanlik ana shunday tushuncha: uni 
xunuklik bilan aynanlashtirib bo’lmaydi. Chunki, xunuklik kishilarda engil noxushlik tuyg`usini 
paydo qilsa, tubanlik esa kuchli nafratlanish hissini uyg`otadi. Bir so’z bilan aytganda, tubanlik - 
insonda kuchli nafratlanish tuyg`ularini hosil qiluvchi estetik kategoriyadir.
Mazkur kategoriya ham estetik ham axloqiylik tabiatiga ega. Uning estetik tabiati san’atda 
in’ikos ettirishi va badiiy asar qahramonlarining dunyoqarashini aks ettirish orqali namoyon 
bo’ladi. Tubanlikning axloqiylik tabiati esa shaxs va jamiyatdagi axloqsiz qilmishlar hamda 
insoniylikka zid tamoyillarga asoslanadi. 
Fojeaviylik va kulgililik. Fojiaviylik Nafosat falsafasi kategoriyalari orasida ulug`vorlik 
bilan yaqin aloqador. Shu ma’noda lug`vorlikni fojiaviylikning davomi, desak mubolag`a 
bo’lmaydi. Shu bois nafosat falsafasiga doir adabiyotlarda fojiaviylik kategoriyasi ulug`vorlik 


kategoriyasi bilan qiyosiy o’rganiladi. Bundan tashqari, ulug`vorlikdagi daxo, buyuk, yuksak, 
oliyjanoblik kabi sifatlari ayni paytda fojiaviylik kategoriyasiga ham xos.
Fojiaviylik mezoniy tushunchasining estetikasidagi markaziy muammosi - insonning 
imkoniyatlarini har tomonlama kengaytirish (san’at, badiiy adabiyot, jamiyat va tabatga nisbatan 
munosabatda), qahramonlik, buyuklik tushunchalarining qat’iy va o’zgarmas chegaralarini buzib, 
uning mohiyatini bir-biriga yanada yaqinlashish, tashabbuskorlik va bunyodkorlikni 
rag`batlantirish, hayotda umidvorlik va unga muhabbat tuyg`ularini rivojlantirishdan iboratdir.
Fojeaviylik muammosi har doim falsafiy-estetik tafakkur sohiblarining e’tiborini jalb qilib 
kelgan. Deyarli barcha ulkan ijodkorlar yaratgan asarlarda fojeali ohanglar mavjudligini 
ko’rishimiz mumkin. Masalan, M. Shayxzoda, Ozod Sharofiddinov, Yahyo G`ulomov, G`aybulla 
Salomovning ilmiy, badiiy asarlarida jasoart, mardlik, qahramonlik va ma’naviy yuksaklikning 
ohanglarni xis etish mumkin. 
Kulgililik. Estetik tafakkur tarixida kulgililik kategoriyasiga bo’lgan munosabat ham o’ziga 
xos ahamiyatga ega. Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsizlarni kulgili odamlar, deydi. Arastu 
fikriga ko’ra, kulgi kishilarga ozor etkazmaydigan xunuklikni keltirib chiqaruvchi xolatdir. O’rta 
asrlarga kelib kulgililikka insonning Xudoga bo’lgan e’tiqodini susaytiruvchi vosita sifatida 
qaraldi.
Kulgililik boshqa nafosatli hodisalar singari faqat ob’ektiv xususiyatga ega bo’lmay, uning 
sub’ektiv tomonlarni ham mavjud. Uning sub’ektiv tomoni - keng ma’nodagi hazil (yumor) 
tuyg`usidir. (Moler hazil tuyg`usini insonni hayvondan ajratib turadigan xususiyati deb atagan 
edi.) Shu ma’noda hazil - insonlararo munosabatlarni tabiiy va erkin idrok etishi, turli beo’xshov 
ziddiyatlarni anglagan xolda ularga nisbatan oqilona kulgi bilan javob berish qobiliyatidir.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling